Abu Ali ibn



Download 249,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana24.01.2022
Hajmi249,84 Kb.
#408230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abu Ali ibn Sino

Mexanika

 

Ibn Sino to„plangan (yoki qayd qilingan) kuch nazariyasiga katta  xissa qo„shgan. 



Bu - o„rta asr harakat nazariyasi bo„lib, tana sarf qilgan harakat (keyinroq impetus 

nomini olgan)  shunday  kuchki,  u  tashqi  manbalardan  to„plangan.  Uning  fikricha, 

“harakatga keltiruvchi kuch” (inson qo„li, tarang tortilgan kamon ipi, palaqmon va 

boshqalar)  harakatlanayotgan  tanaga  ba‟zi  “intilish”  haqida  xabar  beradi,  go„yo 

olov suvga issiqlik uzatgani kabi. Harakatga keltiruvchi kuch o„rnida, shuningdek, 

og„irlik ham bo„lishi mumkin. 

“Intilish”  uch  xil  bo„ladi:  ruhiy  (tirik  jonzotlarda),  tabiiy  va  g„ayritabiiy.  “Tabiiy 

intilish” og„irlik va tana tushishi natijasida yuzaga keladi, ya‟ni Arastu ta‟limotiga 

ko„ra  tananing  tabiiy  harakat  holatida.  Bunday  holatda  “intilish”  harakatsiz  tana 

holatida harakatga qarshilik ko„rsatgan holda bo„lishi ham mumkin. “G„ayritabiiy 

intilish” filoponovsk harakatlanayotgan kuch analogi bo„lib, u tashlangan tananing 

“harakatga  keltiruvchi  kuch”iga  xabar  beradi.  Bo„shliqda  “g„ayritabiiy  intilish” 

o„zgarmaganda edi, tana betinim harakatni amalga oshira olgan bo„lar edi. Bunda 

olim  inersiya  tushunchasini  oldindan  ko„rganligini  payqash  mumkin,  lekin 

Avitsenna  bo„shliq  tushunchasiga  ishonmagan.  Ibn  Sino  “G„ayritabiiy  intilish”ga 

miqdoriy baho berishga uringan: uning fikriga  ko„ra, u  vazn hamda tana harakati 

tezligiga teng. 



Ehtimol,  Ibn  Sinoning  lotin  tilidagi  sarflangan  kuch  haqidagi  g„oyalari  G„arbda 

mashhur bo„lib, Buridanning impetus nazariyasi rivojiga zamin bo„lgandur. 



Falsafa

 

Ibn Sino metafizika fani tushunchasida Arastu izidan borgan. Al Farobiydan keyin 



u  mavjudlik  va  mavjud  emaslik  o„rtasidagi  farqni  boshqalarga  nisbatan  hamda 

mavjudlik  va  mavjud  emaslik  o„rtasidagi  farqni  o„ziga  nisbatan  ko„rsatadi.  Ibn 

Sino Yaratganning abadiy ekanligini ta‟kidlaydi. Abadiylik tushunchasini Ibn Sino 

emanatsiyaning  nooplatonik  tushunchasi  yordamida  tushuntirib,  shu  orqali  u 

boshlang„ich  yagonalikdan  ko„plik  jonzotlar  dunyosiga  o„tishni  mantiqiy  yoritib 

bergan. Biroq, koinotga bir kishi kelib chiqishining yakuniy natijasi sifatida emas, 

balki  barcha  ixtiyoriy  mavjudodning  zarur  elementi  sifatida  qarab,  nooplatonik 

tushunchadan  farqli  ravishda,  emanatsiya  jarayonini  samoviy  osmon  olami  bilan 

chegaralab  qo„ydi.  Koinot  uch  olamga  bo„lingan:  moddiy  dunyo,  yaralmagan 

abadiy  qiyofa  dunyosi  va  dunyoning  barcha  xilma-xilliklarini  o„zida  jalb  qilgan 

dunyo.  Inson  tanasi  va  qalb  birligi  tirik  jonni  hosil  qiladi;  falsafiy  fikrlovchi 

insonga  aqlli  qalbni  qabul  qilishga  moyil  tana  asos  bo„ladi.  Mutloq  haqiqatga 

fikrlash  jarayonining  eng  yuqori  nuqtasida  hozir  bo„luvchi  ichki  hissiyot  orqali 

erishiladi. 

Ibn  Sinoning  tasavvuf  asarlar  doirasiga  “Qushlar  haqida  kitob”,  “Sevgi  haqida 

kitob”,  “Duo  mohiyati  haqida  kitob”,  “Ziyoratchilik  mohiyati  haqida  kitob”, 

“O„limdan  qo„rqishdan  halos  bo„lish  haqidagi  kitob”,  “Qismat  kitobi”  kabilar 

kiradi. 


Tanqid

 

Avitsennaning  falsafiy  qarashlariga  doir  g„oyalari  tarafdorlari  hamda  unga 



qarshilar  o„rtasida  o„tkir  kurash  olib  borilgan.  Toki,  uning  falsafasi  insonni 

Xudodan uzoqlashtirishini aytib ayblashgan. Shunga qaramay, ko„pchilik so„fiylar 

Avitsennaning falsafiy uslubiga taqlid qilishgan. 



Muhammad  al-G„azaliy  o„zining  mashhur  “Faylasuflarni  rad  qilish”  kitobida  Ibn 

Sino  falsafasini  raddiya  qilishga  harakat  qilgan.  Boshlang„ich  va  adabiylik 

ta‟limotiga  qarshi  chiqqan,  zero,  al  G„azaliyning  fikriga  ko„ra,  bu  -  islom 

monoteizmiga qarshi chiqib, dualizmga olib keladi. Al G„azaliy, shuningdek, Xudo 

dunyoni  ixtiyorsiz  ravishda,  tabiiy  zaruriyat  sababli  yaratadi,  deya  yuritiluvchi 

emanatsiya  nuqtai  nazarini  ham  rad  etadi.  Shu  bilan  birga,  u  Ibn  Sinoning  tana 

qayta tirilishining imkonsizligi va besababligi haqidagi nazariyasiga qo„shilmagan. 

Keyingroq XII asrning mutafakkirlaridan Muhammad Shahristoniy o„zining “Kitab 

al  Musaraa”  asarida  hamda  Fahruddin  Roziylar  al  G„azaliy  yo„lidan  ketishgan. 

Sharqiy  peripatetizm  g„oyasini  himoya  qilib,  XII  asrda  ibn  Rushd  o„zining 

“Raddiyatlarni  rad  etish”  kitobini  taqdim  qiladi.  Natijada,  Ibn  Sino  g„oyalarini 

Nasr ad-Din at-Tusiy himoya qilib chiqadi. 




Download 249,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish