TIB QONUNLARI
Tib qonunlari (“Kitob al-Qonun fi-t-tib”) – Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid asari. “T. q.” oʻz davridagi tabobatning mufassal ensiklopediyasi boʻlib, unda inson sogʻligi va kasalliklariga oid boʻlgan barcha masalalar mantiqiy tartibda toʻla bayon etilgan.
Oldinlari tabobat, asosan, hunar hisolanar va u bilan shugʻullanuvchilar nazariy masalalarga unchalik ahamiyat bermay uni amalda qoʻllash bilan cheklanar edilar. Ibn Sino esa tabobatni ilm darajasiga koʻtardi va yunon, rim, hind, Yaqin va Oʻrta Sharq tabiblarining tajriba va fikrlariga tayanib “T. k.”da uning ham nazariy, ham amaliy masalalarini chuqur ishlab chiqdi.
Ibn Sino “T. q.”ning 1-kitobini Goʻrgoda, qolganlarini esa Ray va Hamadonda yashagan vaqtida yozgan (1015-1024).
Ibn Sino “T. q.”ni yozishda yunon tabilaridan Gippokrat, Dioskorid, Galen, Orbaziy, Pavel, Hindiston tabiblaridan Charka asarlarining arab tiliga tarjimasidan; Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlaridan yetishib chiqqan Abu Jurayj, Masih Dimashqiy, Ibn Mosavvayh, Sobur ibn Sahn, Sahorbuxt, Abu Bakr Roziy, Abu Sahl Masihiy kabi olimlarning tibbiy asarlaridan manba sifatida foydalangan. «T. qoʻshing har bir kitobi, oʻz navbatida, qismlarga (fan), boʻlimlarga (jumla), maqsadlarga (maqola) va paragraflarga (fasl) boʻlingan.
1- kitobda tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari, tabobat ilmining taʼrifi, uning vazifalari, xilt va mizoj haqidagi taʼlimot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining “oddiy” aʼzolari – suyak, togʻay, asab, arteriya, vena, pay, bogʻlam va mushaklar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi.
Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, koʻrinishlari, turlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sogʻlikni saqlash haqidagi taʼlimot yoritiladi. Surgi qilish, qayt qildirish va qon olish masalalariga ayrim boblar ajratilgan.
2- kitobda oʻsha davrda oʻsimlik, hayvon va maʼdanlardan olinadigan 800 dan ortiq dori-darmonlar taʼrifi, ularning davoli xususiyatlari va qoʻllanish usullari bayon qilingan. Muallif Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq hamda Oʻrta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan dori-darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, Oʻrta dengiz atrofi va boshqa(lar) joylardan keltiriladigan koʻplab dori va moddalarni ham koʻrsatib oʻtadi. Ibn Sino tavsiya qilgan koʻpgina dorilar farmakopeyada Hoz. ham qoʻllanadi.
3- kitobda odam tanasining boshidan tvonigacha boʻlgan aʼzolarida yuz beradigan “xususiy” yoki “mahalliy” kasalliklar haqida maʼlumot beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bagʻishlangan. Unda bosh miya (shu jumladan, asab kasalliklari va ruhiy kasalliklar), koʻz, quloq, burun, ogʻiz boʻshligʻi, til, milk, lab, tomoq, oʻpka, yurak, koʻkrak, qiziloʻngach va meʼda kasalliklari, soʻngra jigar, oʻt pufagi, taloq, ichak, orqa chiqaruv yoʻli, buyrak, qovuq, erkak va ayollarning jinsiy aʼzolari kasalliklari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
4- kitob kishi aʼzolaridan birontasiga xos boʻlmagan “umumiy” kasalliklarga bagʻishlangan. Bunday kasalliklarga turli isitmlar (kasallik davridagi buhronlar), shishlar (shu jumladan, rak), toshmalar, yara-chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, asablarning jarohatlanishi, bosh sulgi, koʻkrak qafasi, umurtqa va qoʻl-oyoqlarning shikastlanishi kiritilgan.
Shuningdek, mazkur asarda uzoq choʻziladigan va oʻta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida soʻz boradi; zaharlar va zaharlanish haqidagi taʼlimot (toksikologiya)ning asosiy masalalari ham bayon qilinadi. Kitobning maxsus boʻlimi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz-andoz vositalariga bagʻishlangan. Jumladan, Ibn Sino soyani toʻkilishdan yozmaydigan hamda haddan tashqari semirib yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalarni ham tavsiya qiladi.
5-kitob farmakopeya boʻlib, unda murakkab tarkibli dori-darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari yoritilgan. Uning birinchi qismida turli taryoklar (ziddi-zahalar), maʼjunlar, habdori, kulcha dori (tabletka), elaki dori, sharbatlar, kaynatmalar, sharob, marham va h. k. tavsifi berilsa, ikkinchi qismda muayyan aʼzolar – bosh, koʻz, quloq, tish, tomoq, koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻi aʼzolari, boʻgʻimlar va turli teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan hamda sinalgan dori-darmonlar keltiriladi.
11-a. ning boshlarida yozib tugatildi “T. q.”ning koʻp sonli qoʻlyozma nusxalari tarqalib, tib ilmi boʻyicha eng mukammal asarga aylanadi. U Sharqda naqadar mashhur ekanligini jahonning turli kutubxonalarida saqlanayotgan qoʻlyozmalarning koʻpligidan ham bilsa boʻladi. Eron olimi Yahyo Mahdavining “Fihrist-i nusxahoi musannafot-i Ibn Sino” nomli kitobining oʻzida “T. q.”ning 130 nusxasi keltirilgan. Oʻz FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik in-tida ham “T. K.”ning 3 qoʻlyozmasi saqlanadi. Shulardan eng kadimiysi 1308-y. da koʻchirilgan toʻliq nusxdir.
Sharqda koʻp olimlar, xususan, Muhammad Ilokiy Faxriddin Roziy, Muhammad Nachivoniy, Ibn Nafis, Qutbiddin Sheroziy, Mahmud Chagminiy, Abdulloh Oqsaroiy, Sadriddin Kozaruniy, Abdurahmon Misriy, Hakim Ali Jiloniy, Isʼhoqxon Ibn Ismoixon, Hakim Shifoiyxon va boshqa(lar) “T. k.”ga sharhlar yozdilar, uni kiskartirib “Qonuncha” nomi bilan kichik qoʻllanmalar turdilar.
“T. k.”ning arabcha matni birinchi marta 1593-y. Rimda, keyinchalik Qohira (1873, 1877, 1879), Tehron (1889), Laknav (1906) va Lohuda (1905) xam chop etildi, “Qonun” koʻp oʻtmay Gʻarb mamlakatlarida ham shuhrat topdi. 1130-y. tarjimonlar guruhi tashkil qilinadi va kremonalik Gerard (1114-1187-y.) “T. k.”ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi, biroq bu ishni keyin 13-a. da yashagan Gerard oxiriga yetkazadi. Umuman “T. k.” lotin tilida 40-martadan ortiq toʻla holda nashr etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoksizdir.
19-a. ga kelib Yevropada “T. k.”ga boʻlgan qiziqish orta boshladi va uning ayrim qismlari nemis, fransuz, ingliz tillariga tarjima qilindi. Asarni Hoz. zamon tillariga tarjima qilishni Oʻzbekiston sharqshunoslari oʻz zimmalariga oldilar, ular “T. q.” ning 5 kitobini arabchadan oʻzbek va rus tillariga tarjima qilib, 1954—61 y. lari Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar.
“T. k.”ni arabchadan oʻzbek tiliga tarjima qilishda sharqshunos olimlardan A. Rasulev, S. Mirzayev, U. Karimov, A. Murodov, A. Qyumov, A. Oʻrinboyev va Q. Munirov qatnashgan. Ruscha tarjimasida M. A. Salye, U. Karimov, Yu. N. Zavadovskiy, P. G. Bulgakov, S. Mirzayev va A. Rasulevlar ishtirok etishgan.
1980-y. da Ibn Sino tavalludining shasiy hisobda 1000-yilligi munosabati bilan “T. q.”ning qayta ishlangan oʻzbek va rus tillaridagi U. Karimov tomonidan tayyorlangan toʻliq nashri 1979-1983-y. larda chop etildi. Shundan soʻng “T. q.” oʻzbek va rus tillarida muxtasar shaklda (3 jildli va 1 jildli) yana 4-marta, rus tilida toʻliq stereotip shaklda yana 2-marta (10-jildli) nashr boʻldi.
Bu tarjimalar asosida zamonaviy tibbiyot va dorishunoslikning turli sohalariga oid ilmiy maqola va kitoblar nashr etish hozir ham davom etmoqda.
“T. q.” kitobi koʻp asrlar davomida tibbyotdan asosiy dastur boʻlib kelgan, hozir ham bir qancha dorilfununlarda oʻrganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |