Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy aʼzo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi boʻylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini taʼminlaydi.
Yurak yetishmovchiligi — miokard qisqarish qobiliyatining zaiflashuvi va katta yoki kichik qon aylanishi doirasida dimlanish hodisalari tomonidan chaqirilgan o’tkir yoki surunkali holat. Tinch holatda yoki biroz faollikda hansirash, tez charchash, shishlar, tirnoqlar va lab-burun uchburchagi sianozi (ko’karishlari) bilan namoyon bo’ladi.
O’tkir yurak yetishmovchiligi o’pka shishi va shokning rivojlanishi bilan xavfli, surunkali yurak yetishmovchiligi esa a’zolarning gipoksiyasi rivojlanishiga olib keladi. Yurak yetishmovchiligi — inson o’limining eng ko’p uchraydigan sabablaridan biridir.
TASHXIS
Yurak yetishmovchiligida yurakning qisqaruvchi (nasos) funktsiyasining pasayishi organizmning gemodinamik talablari va yurakning bu ehtiyojni qondira olishi orasidagi muvozanat buzilishiga olib keladi.
Yurak ritmining buzilishi va yurak mushagining shikastlanishi ham kasallikni keltirib chiqarishi mumkin.
YURAK MUSHAKLARINI RIVOJLANISHI
YURAK MUSHAKLARINING O`TKIR RIVOVOJLANUVCHI NEKROZI BO`LIB, KORONAR QON AYLANISHINI ABSOLYUT YOKI NISBIY YETISHMOVCHILIGI BILAN KECHADI.
DAVOMI
_ o`pka arteriyasida ll ton aksenti ( kichik qon aylanish doirasida gipertenziya belgisi, o`ng qorincha yetishmovchiligi qo`shilganda aksent yo`qoladi yoki susayadi);
-o`pka arteriyasida ll tonning ikkiga bo`linishi yoki ajralishi kuzatiladi, uch haqli ritm -,,bedana ritmi “ paydo bo`ladi;
-yurak uchida mitral klapan ochilishining qo`shimcha toni, u qalinlashgan klapanning ochilishi vaqtida to`satdan taranglashuviga bog`liq;nu ll tondan keyin namoyon boladi;
KLINIK KO`RINISHI
Yurakning chap yoki o`ng qorincha yetishmovchiligi ustunligiga bog`liq.
1) Surunkali chap qorincha yetish movchili-o`pka vena dimlanishi bilan ifodalanadi.
2) Surunkali o`ng qorincha yetishmovchiligi - asosan katta qon aylanish doirasi venalarida dimlanish rivojlanishi bilan ifodalanadi.
DAVOMI
3) Yurakning surunkali total yetishmovchiligi - katta va kichik qon aylanish doirasi tomirlarida dimlash belgilari bilan ifodalanadi.Ko`pincha oyoqda trofik va yotoq yaralari rivojlanadi.
DAVOSI
O`tkir yurak yetishmovchiligini tiklashga va etiologik omillarni bartaraf qilishga qaratiladi. yurak astmasi xurujini to`xtatish maqsadida 1 foizli morfin gidroxlorid eritmasidan 1ml yoki 2 foizli promedol eritmasidan 1 ml yuboriladi(nafas markazi qo`zg`aluvchanligini kamaytiradi).