105
Analiz va sintez bir-biriga chambarchas bog’liq. Organizmga ayrim-ayrim ikki
ta`sirlovchi ta`sir etganda analiz va sintezning eng oddiy formalarini kuramiz. Bir
kancha komponentlarni uz ichiga oluvchi kompleks ta`sirotlarni
analiz qilishga
asoslanib, miya pustlogidagi analitik-sintetik faoliyatining murakkabrok formalari
tugrisida fikr yuritish mumkin.
SHu maksadda muayyan tartib bilan ketma-ket keluvchi bir necha signal shartli
ta`sirlovchi sifatida kullaniladi; shu signallarning uzi esa shartsiz ta`sirot bilan
mustaxkamlanmay, boshqa tartibda kullaniladi. Ta`sirotlar differentsiallanadigan
bo’lsa, bu, katta yarim sharlar pustlogi signallarning xar birini aloxida emas, ularning
fakat yigindisinigina emas, balki kullanish tartibini, izchilligini xam idrok
etayotganligini ko’rsatadi.
Analiz va sintezning murakkab formalarining tekshirish uchun A.G.Ivanov-
Smolenskiy To`rtta: A+B+V+G tovushning ketma-ket kullanilishiga
doir mustaxkam
shartli refleks vujudga keltirgan. Sungra tovushlarning yukoridagi tartibini ularning
boshqa (A+V+B+G) tartibidan fark qilishga (differentsiallashga) 5 oy urinib
kurishgan. Itning bu murakkab ta`sirovchilarni tula fark qilishiga muvaffaq bo’lmadi.
Bunday vazifaga itning kurbi etmaydi. Differentsiallanadigan kombinatsiya o’rta xisob
bilan 7-marta kullanilganda odam bunday vazifani bemalol uddalaydi.
Kupgina hayvonlarda analizning oddiy formalari nisbatan yaxshirok rivojlangan.
Masalan, itning xid bilishi xammaga ma`lum, it xidlarni odamga nisbatan bekiyos
anikrok va yaxshirok ajratadi. Xuddi shuningdek, it tovush ta`sirotlarini xam yuksak
darajada differentsiallaydi. Bir tovush shartsiz ta`sirot bilan mustaxkamlansa-yu,
ikkinchi tovush mustaxkamlanmasa, it 1/8 ton kadar fark kiluvchi ikki tovushni bir-
biridan ajratganigi kuzatish mumkin. Odam kulogi
sezmaydigan balandlikdagi
tovushlarni it kulogi eshitadi.
SHunday qilib, ayrim kullanilgan ta`sirotlarni fark qilish, ya`ni kortikal analizning
kuyi formasi odamga nisbatan hayvonda yaxshirok rivojlangan bo’lishi mumkin.
Ammo ta`sirotlarni analiz va sintez qilishning oliy formalari xiyla yuksak
rivojlanganligi bilan odam hayvondan oldinda turadi. F.Engel’sning ta`biri bilan
aytganda, «burgut odamga qaraganda ancha uzokni kuradi, lekin odamning kuzi
buyumlarda burgut kuziga qaraganda ancha kup narsani ajratadi».
Odamdagi katta yarim sharlar pustlogining sintetik faoliyat jarayonlarida shartli va
shartsiz ta`sirlovchilarning pustlok vakilligi xujayralari o’rtasida vaqtincha
alokalargina emas, indifferent ta`sirotlar yigindisini idrok etishda katnashuvi nerv
xujayralarining gruppalari o’rtasida vujudga keladigan vaqtincha alokalar xam muxim
rol’ uynaydi. Masalan, biron kuy tovushlari eshitilganda eshituv analizatorining
pustlokdagi tegishli xujayralari periferiyadan keluvchi ta`sirotlar bilan muayyan
tartibda kuzgoladi va shu xujayralar o’rtasida vaqtincha alokalar vujudga keladi.
Kuyni esda koldirish – eshituv analizatorida vaqtincha alokalarning
vujudga kelishi
demakdir. Boshlangich bir necha notaning jaranglashi butun kuyni esga tushirish
uchun kifoya qilishi vaqtincha alokalar vujudga kelishidan guvoxlik beradi. Biron
surat yoki narsani kuzdan kechirganda kuz tur pardasidan va kuz muskullaridan
afferent impul’slar kuruv analizatori bilan proprioretseptiv analizatorning pustlokdagi
xujayralariga muayyan tartib bilan boradi, shu tufayli mazkur xujayralar o’rtasida
vaqtincha alokalar vujudga keladi. Natijada kuruv obrazi iz koldiradi.
Ta`sirlovchi kancha murakkab bo’lsa, ya`ni kancha kup komponentlardan tuzilgan
bo’lsa, miya pustlogining idrok etuvchi xujayralari o’rtasida ushancha kup vaqtincha
alokalar vujudga kelishi kerak.
Ta`sirotlarni analiz va sintez qilish uchun fiziologik jarayonlari – oliy formalari
odamda xodisa va tushunchalarni logik analiz va sintez qilishning sifat jixatdan uziga
xos jarayonlari vujudga kelishi uchun asos xisoblanadi.
Katta yarim sharlar pustlogining ishlashidagi sistemalilik. Miya pustlogidagi
sintetik faoliyatning murakkab formalari
dinamik stereotip,
yoki
sistemalilik
tushunchalari bilan ifodalanadigan xodisalarida yakkol kurinadi.
106
It ustidagi tajribada kuch jixatdan xar xil shartli reflekslarni
vujudga keltiradigan
xar xil shartli ta`sirlovchilar kun sayin kat`iyan muayyan tartibda kullanilsa,
hayvonning katta yarim sharlar pustlogida ta`sirotlarning butun shu sistemasiga
kursatiladigan reaktsiyalarning muayyan stereotipi vujudga keladi. Kandaydir
tajribada shartli ta`sirlovchilardan fakat birontasini takror ta`sir ettirib, bunga ishonish
mumkin. SHartli ta`sirlovchi kuchli, kuchsiz yoki tormozlovchi ta`sirlovchi urnida
kullanilishiga karab, effekti kuch jixatidan xar xil bo`ladi. Miya pustlogi signalga
muayyan andaza bilan, xosil bulgan dinamik stereotipga yarasha reaktsiya ko’rsatadi.
SHartli signal yakka ta`sirlovchi sifatida emas, balki muayyan signallar sistemasining
avvalgi va keyingi ta`sirotlar bilan boglangan bir elementi sifatida idrok etiladi.
Miya pustlogining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga shartli refleks yuli bilan
kuchishi. Organizm yashaydigan tabiiy sharoitda ta`sirotlarni miya pustlogida analiz
va sintez qilish jarayonlarida miya pustlogining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga
shartli refleks yuli bilan kuchishi muxim rol’ uynashini e.A. Asratyan aniklandi.
Buning
moxiyati shundan iboratki, shartli ta`sirlovchining effekti shu ta`sirlovchi
kullanilayotgan sharoitga muayyan darajada bog’liq bo’iib kolishi mumkin.
Masalan, tovush chiqaruvchan biron agent, masalan, minutiga 120 marta
tebranadigan metronomni jaranglatish bilan birga ertalab hayvonga ovqat berilsa,
kunduzi esa oyogiga elektr toki bilan ta`sir etilsa, bunday ta`sirlovchi shartsiz ta`sirot
bilan bir necha marta mustaxkamlangach, kun vaqtiga (ertalabki yoki kunduziga)
karab xar xil signal axamiyatining kasb etadi – ertalab ovqatlanish shartli reaktsiyasini,
kunduzi esa ximoyalanish reaktsiyasini vujudga keltiradi. Kun vaqti shartli reaktsiya
xarakterini belgilab beruvchi, miya pustlogini bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga
kuchiruvchi omil bo’iib chiqadi.
Eksperiment sharoiti yoki eksperimentatorning
uziga alokador turli-tuman
ta`sirlovchilar shunday kuchiruvchi omillar (pereklyuchatellar) bula olishi
tajribalardan ma`lum. Pereklyuchatellar kanday bo’lmasin ruy-rost effektni yuzaga
chikarmaydi, ular miya pustlogining xolatini fakat spetsifik ravishda uzgartiradi: ba`zi
vaqtincha
alokalarni
tormozlaydi
va
boshqa
vaqtincha
alokalarning
ko`zgaluvchanligini oshiradi. Tadkikotning turli sharoitida bir ta`sirlovchining uzi
(masalan, gudok tovushi) gox shartli signal bo’iib, gox tormozlovchi signal bo’iib
ta`sir etishi mumkin. Miya pustlogi bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga kucha olgani
uchun organizm muttasil uzgaruvchi tashqi muxitga mukammalrok moslashadi.
Odamning oliy nerv faoliyatida miya pustlogining bir faoliyatdan ikkinchi
faoliyatga kuchishi ayniksa katta axamiyatga egadir. Odam uyida, ishxonasida,
mexmondorchilikda, teatrda, yulda va boshqa joylarda ekanligiga karab, bir xil
ta`sirlovchilarga (bir
suzning uziga, bir narsaning uziga) turlicha reaktsiya kursatish
misollari kundalik xayotda son-sanoksiz.
Ma`ruzani ta`minlanishi
Ko`rgazmali materiallarni ta`minlash uchun mul’timedia texnikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: