226
2. Qorong’i yulduzli kechada, osmonni tomosha qila turib, xar doim ko’rish
markazimizda
kam miqdordagi yorug’ va yirik yulduzlarni ko’ramiz, periferiyada esa ko’p miqdordagi xar
xil kattalik va yorug’likdagi yulduzlarni kuzatamiz. Bu xodisani tushuntiring?
Javobi: To’r parda markazida joylashgan kolbachalar yorug’likga sezgirligi kam, ular faqat
katta yulduzlardan chiqadigan kuchli yorug’likga ta’sirlanadi. Tayoqchalar to’r pardaning
periferiyasida joylashib kuchsiz yorug’likga ham sezgir bo’ladi, shuning uchun to’r pardaning
periferiyasi turli kattalik va yorug’likdagi yulduzlarni ko’rishni ta’minlaydi.
3. Jismlar to’r pardaning sariq dog’iga proekstiyalansa, biz ularni aniq va ravshan ko’ra
boshlaymiz. Yon tomonlama ko’riladigan jismlar yoyiq ko’rinadi. Bu xodisaga izoh bering?
Javobi? Xar bir kolbacha aloxida bipolyar hujayra bilan kontaktda bo’ladi va po’stloqning
ensa qismida xar bir ko’lbachaning vakili bo’ladi. Shuning uchun ko’ruv markazida jismlar
aniq ko’rinadi. 80-100 ta tayoqcha faqat 1 ta bipolyar hujayra bilan kontaktda bo’ladi,
shuning
uchun to’r parda periferiyasida jismlar noaniq, yoyilgan xolda ko’rinadi.
4. Talabaning ko’rish o’tkirligi normada. Bu qanday aniqlangan? Ko’rish o’tkirligi deb
nimaga aytiladi va u nimaga bog’liq?
Javobi: Tekshiriluvchi 5 m masofadan Sivstev jadvalida oxiridan 2 – chi qatorni o’qiy oldi.
Ko’z o’tkirligi deganda 2 ta maksimal yaqinlashtirilgan nuqtalarni ajratib ko’rish xususiyati
tushuniladi. Ko’ruv burchagi bunda 1min (60 sek.) ni tashkil qiladi. Bu xolda 1 ta
ta’sirlanmagan bilan ajratilgan nurlar turli kolbachalarda proekstiyalanadi.
5. Bir ko’z olmasini yon tomonga sun’iy siljitganda, atrofdagi jismlar ikkilanadi. Bu nima
bilan tushshuntiriladi?
Javobi: Bunda jismdan nurlar to’r pardaning disparant nuqtalarida proekstiyalanadi. Bunda
ta’sir po’stloq qismlariga tarqaladi, tasvirlarni ajralganligini ta’minlaydi, ikkala ko’zning to’r
pardasidan olingan tasvirlar po’stloqda qo’shilmaydi, jismlarni ikkilanishi kuzatiladi.
6. 55 yoshli kishi gazeta o’qimoqda, bunda u qo’llarini oldinga cho’zib, gazetani uzoqlashtirib
o’qimoqda. Nega yaqin masofadan o’qishni iloji yo’q. Bu xolat qanday nomlanadi?
Javobi: Akkomodastiyaning
susayish jarayoni kuzatiladi, qarilikda uzoqdan ko’rish
presbiopiya deyiladi, 5 m va undan uzoqdagi masofada jismlarni yoshlikdagidek yaxshi
ko’radi, yaqindan esa yomon ko’radi.
Bunda gavxarning yosh o’tishi bilan zichlashishi, Stinn boylamlarining elastikligini va
kipriksimon mushaklarning qisqaruvchanligining kamayishi axamiyatlidir.
Amaliy qism.
Amaliy ishlar
1.
Ko’rish o’tkirligini aniqlash;
2.
Ko’rish maydonini aniqlash;
3.
Mariotta
tajribasi;
4.
Binoqulyar ko’rish;
5.
“Boshqaruvchi ko’zni” aniqlashni;
6.
“Ko’rish fiziologiyasi” videofilmi namoyishi;
Uslubiy tavsiyanomalar.
Ko’rish analizatorining to’zilishini o’rganing. Ko’rish fiziologiyasining asosiy savollarini
muxoqama qiling. Xar qaysi ko’zning va binoqulyar ko’rishda o’tkirligini aniqlang. Ikkinchi
ishda tekshiriluvchi ko’rish maydonida jismni siljishini emas, rangni ko’rish kerakligiga
e’tiborini jalb eting. O’ng va chap ko’zning ko’rish maydonini
chegarasini xar xil ranglar
uchun aniqlang va standart bilan solishtiring. Mariotta tajribasida ko’r dog’ni diametrini
quyidagi formuladan foydalanib aniqlang.
d = b/a * D d – ko’r dog’ning diametri (mm)
a – ko’zdan aylanagacha bo’lgan masofa (mm)
b ko’zning tugun nuqtasidan to’r pardasigacha bo’lgan masofa (taxminan – 15mm), D
aylananing diametri (mm) Nima uchun ko’r dog’ning to’r pardada bo’lishi ko’rishga xalaqit
bermaydi va sezilmaydi, buning sabablarini tushuntiring. Sariq dog’ning to’zilishini,
ahamiyatini va funkstiyalarini muxoqama qiling. Binoqulyar ko’rishning mexanizmlarini
o’rganing.
Amaliy ko’nikmalar:
1. Amaliy mashg’ulot mavzusi: Ko’rish analizatori