Abu ali ibn sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/189
Sana29.01.2022
Hajmi3,26 Mb.
#417203
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   189
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish organizmdagi fiziologik jarayonlarni organish

mos 
yoki 
identik 
qismlariga tushadi va odamning tasavvurida bu ikki tasvir qo’shilib, bitta bo’lib qoladi. Bir 
ko’zni yon tomondan salgina bosib, nega shunday bo’lishiga bemalol ishonish mumkin: bir 
ko’z yon tomondan ozgina bosilganda to’r pardalardagi moslik bo’zilganligi uchun narsa 
ko’zga «ikkita» bo’lib ko’rina boshlaydi. Yaqindagi narsaga ko’zni konvergenstiya qilib 
qaralsa, uzoqroqdagi nuqtaning tasvirlari tegishli nuqtalarga xech biri tusholmaydi. Ular mos 
bo’lmagan, ya’ni boshqacha aytganda 
disparant 
nuqtalarga (lotincha disparatus – bo’lingan, 
yakkalangan so’zidan) tushadi, shu sababli tasvir ikkita bo’lib tuyuladi. Ikkita qalam to’rli 
masofada ko’z oldida ushlanib, yaqin ushlanganiga qaralsa, uzoqroq ushlangani ikkita bo’lib 
tuyuladi. Ayni vaqtda chap tasvirni chap ko’z, o’ng tasvirni o’ng ko’z idroq etadi. Bu xodisa 
bir nomli disparastiya 
deb ataladi. Uzoqdagi narsaga qaralsa, yaqindagi narsa «ikkita» bo’lib 
tuyuladi. Bu xolda o’ng tasvir chap ko’z bilan idroq etiladi va aksincha. Bu xodisa 
xar xil 
nomli disparastiya 
deb ataladi. 
Masofani bilishda, binobarin, chuqurlik, relefni ko’rishda disparastiya katta rol o’ynaydi. 
Bir nomli disparastiya bilan ko’riladigan xar qanday narsa to’g’risida odam o’zi ko’rib 
to’rgan narsaga nisbatan uzoqroq narsa degan taassurot oladi. Aksincha, xar xil nomli 
disparastiya ko’proq yakinroq degan taassurot beradi. 
Relef chuqurligini bilish uchun konvergenstiya bilan bir vaqtda qisqaradigan muskul 
tarangligining sezilishi xam axamiyatli, ammo masofani idroq qilishning asosiy sababi to’r 
pardadagi tasvirlarning disparastiya yo’li bilan ajralib ketishidir. 
Analitik qism: 
«Ko’rish analizatorining fiziologiyasi»videofilmini namoyishi. 
Ko’rish analizatori. 
Logik masalalar. 
1. Fazoda ko’r odamga orienterovka qilishda qaysi analizatorlar yordam beradi? 
2. Ko’rish analizatorini ta’sirlaganda impulslar bosh miyani qaysi bo’limlariga boradi? 
3. Ko’rish burchagi 1
0
dan kam bo’lganda odamning ko’zi nima uchun xar-xil, aloxida 
nuqtalarni farq qilmaydi? 
4. Binoqulyar ko’rishning axamiyati nimada? 
5. Nima uchun to’r parda periferiyasida ko’rish o’tkirligi kamroq? 
Vaziyat masalalar. 
1. Odam qorong’i xonadan yorug’ xonaga chiqdi. Unda qorachiq kengligi qanday 
o’zgaradi? Javobi: Yorug’likda qorachiq reflektor ravishda torayadi. Yorug’lik nurlari – 
resteptorlar to’r pardaning tayoqcha va kolbachalari, afferent tolalar – ko’ruv nervi, refleks 
markazi – Yakubovich yadrosi, postganglionar tolalar n. oculomotorius tarkibida boradi, bu 
nerv qorachiqni toraytiruvchi mushakni innervastiya qiladi. Refleks maqsadi to’r pardani 
kuchli ta’sirotdan ximoya qilish va adaptastion mexanizmdir. Klinik amaliyotda bu refleks 
miya ustuni markazlarining ta’sirlanuvchanligining ko’rsatgichi bo’lib xizmat qiladi. 


226 
2. Qorong’i yulduzli kechada, osmonni tomosha qila turib, xar doim ko’rish markazimizda 
kam miqdordagi yorug’ va yirik yulduzlarni ko’ramiz, periferiyada esa ko’p miqdordagi xar 
xil kattalik va yorug’likdagi yulduzlarni kuzatamiz. Bu xodisani tushuntiring? 
Javobi: To’r parda markazida joylashgan kolbachalar yorug’likga sezgirligi kam, ular faqat 
katta yulduzlardan chiqadigan kuchli yorug’likga ta’sirlanadi. Tayoqchalar to’r pardaning 
periferiyasida joylashib kuchsiz yorug’likga ham sezgir bo’ladi, shuning uchun to’r pardaning 
periferiyasi turli kattalik va yorug’likdagi yulduzlarni ko’rishni ta’minlaydi. 
3. Jismlar to’r pardaning sariq dog’iga proekstiyalansa, biz ularni aniq va ravshan ko’ra 
boshlaymiz. Yon tomonlama ko’riladigan jismlar yoyiq ko’rinadi. Bu xodisaga izoh bering? 
Javobi? Xar bir kolbacha aloxida bipolyar hujayra bilan kontaktda bo’ladi va po’stloqning 
ensa qismida xar bir ko’lbachaning vakili bo’ladi. Shuning uchun ko’ruv markazida jismlar 
aniq ko’rinadi. 80-100 ta tayoqcha faqat 1 ta bipolyar hujayra bilan kontaktda bo’ladi, shuning 
uchun to’r parda periferiyasida jismlar noaniq, yoyilgan xolda ko’rinadi. 
4. Talabaning ko’rish o’tkirligi normada. Bu qanday aniqlangan? Ko’rish o’tkirligi deb 
nimaga aytiladi va u nimaga bog’liq?
Javobi: Tekshiriluvchi 5 m masofadan Sivstev jadvalida oxiridan 2 – chi qatorni o’qiy oldi. 
Ko’z o’tkirligi deganda 2 ta maksimal yaqinlashtirilgan nuqtalarni ajratib ko’rish xususiyati 
tushuniladi. Ko’ruv burchagi bunda 1min (60 sek.) ni tashkil qiladi. Bu xolda 1 ta 
ta’sirlanmagan bilan ajratilgan nurlar turli kolbachalarda proekstiyalanadi. 
5. Bir ko’z olmasini yon tomonga sun’iy siljitganda, atrofdagi jismlar ikkilanadi. Bu nima 
bilan tushshuntiriladi? 
Javobi: Bunda jismdan nurlar to’r pardaning disparant nuqtalarida proekstiyalanadi. Bunda 
ta’sir po’stloq qismlariga tarqaladi, tasvirlarni ajralganligini ta’minlaydi, ikkala ko’zning to’r 
pardasidan olingan tasvirlar po’stloqda qo’shilmaydi, jismlarni ikkilanishi kuzatiladi. 
6. 55 yoshli kishi gazeta o’qimoqda, bunda u qo’llarini oldinga cho’zib, gazetani uzoqlashtirib 
o’qimoqda. Nega yaqin masofadan o’qishni iloji yo’q. Bu xolat qanday nomlanadi? 
Javobi: Akkomodastiyaning susayish jarayoni kuzatiladi, qarilikda uzoqdan ko’rish 
presbiopiya deyiladi, 5 m va undan uzoqdagi masofada jismlarni yoshlikdagidek yaxshi 
ko’radi, yaqindan esa yomon ko’radi. 
Bunda gavxarning yosh o’tishi bilan zichlashishi, Stinn boylamlarining elastikligini va 
kipriksimon mushaklarning qisqaruvchanligining kamayishi axamiyatlidir.
Amaliy qism. 
Amaliy ishlar 
1.
Ko’rish o’tkirligini aniqlash; 
2.
Ko’rish maydonini aniqlash; 
3.
Mariotta tajribasi; 
4.
Binoqulyar ko’rish; 
5.
“Boshqaruvchi ko’zni” aniqlashni; 
6.
“Ko’rish fiziologiyasi” videofilmi namoyishi; 
Uslubiy tavsiyanomalar. 
Ko’rish analizatorining to’zilishini o’rganing. Ko’rish fiziologiyasining asosiy savollarini 
muxoqama qiling. Xar qaysi ko’zning va binoqulyar ko’rishda o’tkirligini aniqlang. Ikkinchi 
ishda tekshiriluvchi ko’rish maydonida jismni siljishini emas, rangni ko’rish kerakligiga 
e’tiborini jalb eting. O’ng va chap ko’zning ko’rish maydonini chegarasini xar xil ranglar 
uchun aniqlang va standart bilan solishtiring. Mariotta tajribasida ko’r dog’ni diametrini 
quyidagi formuladan foydalanib aniqlang. 
d = b/a * D d – ko’r dog’ning diametri (mm) 
a – ko’zdan aylanagacha bo’lgan masofa (mm) 
b ko’zning tugun nuqtasidan to’r pardasigacha bo’lgan masofa (taxminan – 15mm), D 
aylananing diametri (mm) Nima uchun ko’r dog’ning to’r pardada bo’lishi ko’rishga xalaqit 
bermaydi va sezilmaydi, buning sabablarini tushuntiring. Sariq dog’ning to’zilishini, 
ahamiyatini va funkstiyalarini muxoqama qiling. Binoqulyar ko’rishning mexanizmlarini 
o’rganing. 
Amaliy ko’nikmalar: 
1. Amaliy mashg’ulot mavzusi: Ko’rish analizatori 


227 

Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish