Moduldagi ma’ruza mashg`ulotlaring tematik rejasi.
№
|
Mashg’ulot mavzusi
|
Soatlar hajmi
|
Egallanishi shart bo‘lgan kompetensiyalar
|
|
I semestr
|
|
|
|
Tibbiy kimyoga kirish. Biogen elementlar.
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
|
Eritmalar. Moddalar eruvchanligi.
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
|
Kislota-asosli muvozanat. Bufer eritmalar
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
|
Kompleks birikmalar
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
|
Termodinamika va kimyoviy termodinamika
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
|
Elektrolit eritmalarining elektro‘tkazuvchanligi
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
|
Elektrodagi jarayonlar. Potensiallar xosil bo‘lishi
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
|
Sirt hodisalarining fizik kimyosi.
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
|
Dispers sistemalarning fizik kimyosi
|
2
|
|
|
II semestr
|
|
|
10
|
Organik kimyoga kirish. Organik birikmalarning sinflanishi va umumiy xossalari
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
11
|
Poli- va geterofunksional va geteroxalqali birikmalar
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
12
|
Karbonsuvlar. Tuzilishi va funksiyalari
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
13
|
Aminokislotalar, peptidlar va oqsillar
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
14
|
Nuklein kislotalar tuzilishi va funksiyalari
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
15
|
Lipidlar tuzilishi va fuksiyalari
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
16
|
Fermentlarning tuzilishi, xususiyati va ta’sir etish mexanizmi.
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
17
|
Fermentlar faolligining boshqarilishi
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
18
|
Vitaminlar
|
2
|
UK 1-6
UKK 1-5
|
Jami:
|
36
|
|
3.1. Moduldagi ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari va mazmuni, tashkil etish bo‘yicha umumiy ko‘rsatma va tavsiyalar:
1-semestr
1-mavzu. Tibbiy kimyoga kirish. Kimyo va atrof muhit. Biogen elementlar.
Kimyo bizning hayotimizda. Kimyo va kimyoviy moddalar. Kimyo fanini o‘rganish jarayonining asosiy qoidalari, bosqichlari, zarur bo‘ladigan kimyoviy va matematik ko‘nikmalar. Kimyoviy birikma. Moddalarning tasniflanishi. Moddaning holati va xossalari. Atomning elektron tuzilishi va hossalarining davriy o‘zgarishi.
Sog‘liqni saqlash va atrof muhit muhofazasida kimyoning o‘rni. Biogen elementlar kimyosi. Organizmdagi kimyoviy elementlar, ularning miqdoriy tarkibi va vazifalari. Organizmda elementlar konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan yuzaga keluvchi endemik va kasb kasalliklari. Texnogen ofatlar. Zaharli elementlar. Biogen elementlarning sifat reaksiyalari.
2-mavzu. Eritmalar. Moddalar eruvchanligi.
Elektrolit va noelektrolit moddalar eritmalari. Eruvchanlik. Eruvchanlikka bosimning (Genri qonuni), harorat va begona moddalar mavjud bo‘lishining ta’siri (Sechenov qonuni). Eritmalarning xossalari. Biologik eritmalarning osmotik va onkotik bosimlari. Izotonik, gipotonik va gipertonik eritmalar. Eritrotsitlarda plazmoliz va gemoliz hodisalari. Raul qonunlari. Eritma ustidagi erituvchining to‘yingan bug‘ bosimining nisbiy pasayishi. Eritmaning qaynash haroratining ko‘tarilishi va muzlash haroratining pasayishi.
3-mavzu. Kislota-asosli muvozanat. Bufer sistemalar.
Kimyoviy reaksiyalar kinetikasi. Kislota-asosli kataliz. Kimyoviy muvozanat va uni baholash usullari (Km va Kd).
Arrenius, Brensted-Louri va Lyuislarning kislota va asos nazariyalari. Kislota va asos kuchi. Kislota-asosli muvozanat. Suvning ionlanishi. Vodorod ko‘rsatkichi. Kislota-asosli titrlash.
Bufer sistemalar. Bufer sistemalarning tasnifi. Bufer ta’siri mexanizmi. Bufer sig‘imi va bufer sig‘imiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Bufer eritmalarning rNini hisoblash uchun formulalar. Bufer eritmalarda kislota-asosli muvozanat. Organizmdagi bufer sistemalar: gidrokarbonatli, fosfatli, oqsilli, gemoglobinli va oksigemoglobinli bufer sistemalar. Organizmdagi bufer sistemalar sig‘imi. Qonning ishqoriy zaxirasi. Atsidoz va alkaloz.
4- mavzu. Kompleks birikmalar.
Vernerning kompleks birikmalar uchun koordinatsion nazariyasi. Kompleks birikmalarning olinishi. Kompleks birikmalarning tuzilishi, tasnifi va nomlanishi. Kompleks birikmalar molekulasida izomeriya. Molekulyar, ionli kompleks birikmalar. Kompleks birikmalar eritmalaridagi muvozanat. Kompleks birikmalarning barqarorligi. Kompleks birikmalarning barqarorlik va beqarorlik konstantalari. Kompleks birikmalarda kimyoviy bog‘ tabiati. Ichki kompleks birikmalarning olinishi. CHugaev nazariyasi. Xelatlar – organik ligandlarning kompleks birikmalari. Tetrapirrolli birikmalar va metallofermentlar, kompleks birikma tabiatli dorivor vositalar. Ekzogen va endogen komplekslar. Xelatoterapiya asoslari. Xelatoterapiyada antidotlar sifatida ishlatiladigan organik birikmalar. Xelatoterapiyada antidotlarni tanlashda xelatlarning tabiati, barqarorligi va raqobatlashish xususiyati asosiy omil sifatida. Kompleksonometriya – ionlarni kompleks birikmalar holatiga o‘tkazib miqdoriy aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |