Abstrakt modelga misol keltiring?


Ikki biologik populyasiyaning o’zaro ta’sirida ularning miqdorining o’zgarishi modelida muvozanat holat qanday hollarda ro’y beradi



Download 3,92 Mb.
bet9/34
Sana06.07.2022
Hajmi3,92 Mb.
#750547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
1-95-javoblar

Ikki biologik populyasiyaning o’zaro ta’sirida ularning miqdorining o’zgarishi modelida muvozanat holat qanday hollarda ro’y beradi
Populyasiya evolyasiyasi modeli. Ekologiyada, biologiyada tirik organizmlarning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini o’rganiladi. Ko’payish yoki turli sabablarga ko’ra nobud bo’lish bilan bog’liq bo’lgan populyasiyalarning ba’zi differensial modellarini keltiramiz. Vaqtning bir birligida populyasiyada tug’ilishlar sonini A, nobud bo’ladiganlari sonini V desak, yetarli asos bilan populyasiya soni x ning vaqtga bog’liq o’zgarish tezligini

formula bilan berish mumkin. Endi masala Ava B x ni ga bog’liqligini tavsiflashdan iborat.
a) Eng sodda hol, populyasiyalar evololyusiyasi masalasida agar populyasiya ajratilgan, ozuqa resurslari chegaralanmagan, ko’payish tezligi balog’atdagi jonzotlar mikdoriga proporsional deb hisoblansa A=ax, B=bx dan iborat, bu yerda a va b – vaqtning bir birligida tug’ilish va nobud bo’lish koeffisentlari. (2) ni hisobga olinsa, (1) ni

ko’rinishda yozish mumkin. Bu tenglamaning yechimi

Bu yerda
boshlang’ich momentdagi populyasiya soni k=a-b (1) tenglamani 1802 yil Maltus birinchi bo’lib o’rgandi. Maltusning bu modeli kamchiligi shundan iboratki, bu tenglama populyasiyalarning juda tor sinfi uchun o’rinli bo’ladi. Maltus esa uni butun tabiat uchun, hatto kishilar jamiyati uchun ham universal qonun deb hisoblagan.
Ikki davlat o’rtasidagi qurollanish poygasi modeli.
Qurollanish poygasi. Siyosiy xulqning matematik modellari namunalari (Richardson modeli).
Birinchi jahon urushi ishtirokchisi, ingliz meteorologi Lyuis F.Richardson qurollanish poygasi sabablarini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratdi. Uning nisbatan oddiy modeli, bor-yo‘g‘i uch omil harakatini hisobga olgan. Ularning birinchisi shundan iboratki, X davlat raqib Y davlat tomonidan harbiy tahdidni his qiladi. Y davlatda qurol-yaroq miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, X davlat unga bo‘layotgan tahdidga javoban shuncha ko‘p qurolga ega bo‘lishni istaydi. Ammo ayni vaqtning o‘zida X davlat eng muhim ijtimoiy vazifalarni bajarishga majbur, o‘zining iqtisodiyotini harbiy ishlab chiqarishga yo‘naltira olmaydi. Binobarin, X davlat qancha ko‘p qurol-yaroqqa ega bo‘lsa, harajatlar ko‘pligidan u shunchalik kam qo‘shimcha qurol-yaroqni qo‘lga kirita oladi. Va nihoyat, Richardsonning mulohazasi bo‘yicha, qurollanishning umumiy darajasiga ta’sir qiluvchi eski xafagarchiliklar mavjud. X davlat uchun qo‘llanadigan mantiq Y davlatga nisbatan ham amalda bo‘ladi va ular uchun o‘xshash tenglama tuziladi. Matematik nuqtai nazardan bu mulohazalar ikki tenglamaga olib keladi:
Xt+1= kYt – aXt + g
Yt+1= mXt – bYt + b
Tenglamalar a’zolaridan Xt va Yt t vaqt momentidagi qurol-yaroq darajasi miqdorini bildiradi, Xt+1 va Yt+1 t+1 vaqt momentidagi qurol-yaroq darajasi miqdorini ifoda etadi. k, t, a va b ijobiy miqdor hisoblanadi, g va h koeffitsientlari X va Y davlatlarning bir-biriga nisbatan qanchalik dushmanona yoki do‘stona kayfiyatda bo‘lishiga bog‘liq holda ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Tahdid hajmi kYt va mXt hadlarida aks etadi, chunki bu miqdor qanchalik ko‘p bo‘lsa, raqib tomonda qurol-yaroq miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Xarajatlar miqdori aXt va bYt hadlarida aks etgan, chunki bu hadlar hisobida keyingi yilda qurollanish darajasi pasayadi. Nihoyat, d va h konstantlar ushbu model doirasida o‘zgarmas hisoblanadigan o‘tgan zamondagi xafagarchiliklar miqdorini aks ettiradi.
Richardson modelining ajoyibligi uning avtonomligida kuzati­ladi: agar sizga X va Y davlatlarning ma’lum bir yildagi qurollanish darajasi va koeffitsientlar qiymati ma’lum bo‘lsa, bu model yordamida har qanday keyingi yildagi qurollanish darajasi miqdorini oldindan aytishingiz mumkin. Bu modelga qobiliyat, nazariyaga kelajakni bashorat qilish imkoniyatini beradi. Model umuman qisqa muddatli muddatlar uchun samaralidir va muhimi shundaki, undan boshqa hech qanday avtonom model yaxshi ishlamaydi.
Richardson modeli zamonda ba’zi jarayonlar rivojini model­lashtiruvchi k’opgina dinamik modellar guruhidan atigi biri. Yaqin vaqtlargacha politologiyada o‘rganilgan ko‘pgina dinamik modellar tizimli, “to‘g‘ri” jarayonlarni aks ettirgan. So‘nggi o‘n yilliklarda Richardson modeliga ko‘ra murakkab hisoblangan talay ishlar “xaotik (betartib) model” bo‘yicha qilingan xaotik model tasodifiy komponentlarga ega emas, ammo vaqt munosabatlarida tasodifday ko‘rinadigan xulqlarni generatsiya qiladi. Dinamik xaos doimiy siyosiy jarayonning oliy darajadagi nostandart, “noto‘g‘ri” xulqini, masalan, fuqarolik urushi yoki parlament nobarqarorligining vujudga kelishini izohlashga xizmat qiladi.



Download 3,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish