Matematik modellashtirish fanining ahamiyati.
Kompyu-terning ixtiro qilinishi matematik modellashtirishning ahamiyati keskin oshirib yubordi. Mavhum, olisda joylashgan obyektlar, juda kichik hajmdagi obyektlarni o’rganishda modellashtirishning ahamiyati katta. Ilk bor matematik modellashtirish ijtimoiy fanlardan iqtisodiy fanlarga tatbiq etilgan. Aynan o’sha vaqtda psixologiya biologiyaning ba’zi metodlarini o’zlashtirib oldi, o’z navbatida, biologiya bu metodlarni matematik fizika va kimyadan olgan edi. Politologiya bu ikki ilmiy fan izidan borib, 50-60 yillar davomida asta-sekin miqdoriy metodika tomoniga o’tdi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy xulq modelidan foydalanish nuqtai nazarida u faqat iqtisodiyotdan ortda qolmoqda. Bu hayratlanarli bo’lib ko’rinishi mumkin, ammo siyosiy jarayonlar, haqiqatan ham, matematik qayta ishlovga yon bosuvchi qator husisiyatlarga ega.
Matematik modellar politaloglarga siyosiy jarayonlar xususiyatlarini osonlik bilan o’rganishga yordam beradi. Matematik modelning bir necha tenglamalarida ko’pincha axborotning ulkan hajmi jamlangan bo’lishi mumkin. Ko’p vaziyatlarda siyosiy jarayonlarning kompyuteridagi imitatsiyasini qilishga imkoniyat bor. Matematik vositalardan foydalanib, politolog mantiq, statistika, fizika, iqtisodiyot va fanning boshqa tarmoqlarida ishlab chiqilgan ko’pgina metodlardan foydalanishi va ularni siyosiy xulqni o’rganishda qo’llashi mumkin va nihoyat, matematik modellar shakliga ko’ra, aniq va eksplisit bo’lib, voqealar o’rtasidagi taxmin qilingan aloqalarga tegishli noaniqlikka yo’l qo’ymaydi.
56. Matematik modellashtirishning harbiy sohada tutgan o`rni.
Ikkinchi jahon urushi davrida Angliya harbiylari tomonidan Shimoliy Atlantikani shturm qilishda S.Blyejyet usulini qo’llagan bo’lib, bu mashhur «Blacked’s Circus» opyerasiyasi dyebnomlanib, unda matematik, fizik, biolog, geodyez, astrologik hamda harbiylar ishtirok qilganlar. Matematika boshlang’ich tushunchalari, faqatgina ijtimoiy jarayonlarda emas, balki,mojaroli holatlar, o’zaro kelishmovchiliklar, kelishuv, ijtimoiy fikrlarni aniqlashda ham muhim ahamiyatga egadir. Matematik modellarni ishlab chiqish va tahlil qilib, matematik usullarga tadbiq qilinmoqda. Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o’tkazish haqiqiy obyektga tajribada tadbiq etish mumkin bo’lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda o’tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy obyekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda aniq emasligini ham hisobga olish kerak. Lekin shunday misollarni keltirish mumkinki, kompyuterda o’tkazilgan hisoblash tajribasi o’rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo’lib xizmat qiladi. Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish yo’li bilan yadroviy urushning iqlimga ta’siri oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin.
Kompyuter yadro qurolli urushda mutlaq g’olib bo’lmasligini ko’rsatadi.
Kompyuterli tajriba Yer yuzida bunday urush oqibatida salbiy ekologik o’zgarishlar, ya’ni haroratning keskin o’zgarishi, atmosferaning changlanishi,qutblardagi muzliklarning erishi ro’y berishi, hatto, Yer o’z o’qidan chiqib ketishi mumkinligini ko’rsatdi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |