INTERNET VA Internetni rivojlantirish
Internet
— katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro
bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan
qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global
informatsiya
infratuzilmasini
tashkil
etadi.
Qaydnomalar
tizimi
bilan
boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni
saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha
variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b.
koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika
mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana
boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA)
tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga
toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy
kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha
kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-
yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro
tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati
doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim,
akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual
ulushiga bogʻliq boʻldi.
Mobil internet
Zamonamiz kishisi o‘z hayotini mobil internetsiz tasavvur qila olmasa kerak. Bu
istagan vaqtda kerakli ma'lumot olishning eng oson va tezkor usulidir.
Ilk mobil internet 1998 yilda CSD-ulanish vositasida paydo bo‘lgan, lekin faqat
2000-yillardan keyingina tanila boshlagan. Bu CSD-ulanishning foydalanuvchiga
juda qimmatga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Keyinchalik mobil internetning yangi turi – WAP paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra,
foydalanuvchi faqat sarflagan trafigi uchungina pul to‘laydigan bo‘ldi. O‘shandan
buyon mobil internet odamlar orasida keng tarqalib, ommalasha boshladi.Undan
keyin GPRS va EDGE-ulanish turlari paydo bo‘ldi. Bular mobil chatlarda muloqot
qilish imkoni tufayli foydalanuvchilarning e'tirofiga sazovor bo‘ldi.Bugunga kelib,
3G va 4G ulanish turlari eng mashhur hisoblanadi. 4G ulanish tezligi bo‘yicha
yutadi, 3G esa hududiy tarqalish ko‘rsatkichlariga ko‘ra yetakchilik qiladi.
Kelgusida takomillashtirilgan 5G internetning tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |