Mutlaq qora jism - har qanday temperaturada oʻziga tushayotgan barcha nurlanishlarni (toʻlqin uzunligidan qatʼi nazar) yuta oladigan jism; yutish krbiliyati birga teng. Mutlaq qora jismj. nurlatgan yorugʻlikning spektral tarkibi va energiyasi faqat shu jism temperaturasi bilan aniqlanadi, ammo uning kimyoviy tarkibiga bogʻliq boʻlmaydi. M.k, j. tabiatda mavjud emas, uni
faqat sunʼiy yoʻl bilan hosil qilish mumkin. Buning uchun ichi kovak, no-shaffof jism biror aniqtragacha qizdiriladi. Teshik A dan jism kovagi S ga kirgan har qanday nur S ichki devordan koʻp marta kaytishi natijasida toʻliq yutiladi, orqaga qaytib chiqmaydi (rasmga q.). Yuqorida koʻrsatilgan tarzda biror temperaturagacha qizdirilgan jismning teshigidan chiqayotgan nurlanishni Mutlaq qora jismj.ning nurlanishi deyish mumkin. Mutlaq qora jismj. Qonunlari jismlarning xossalarini aniqlashga imkon beradi va muhim ilmiy va amaliy ahami-yatga ega. Mac,
Mutlaq qora jismj.ning Plank nurlanish qonuni energiya kvantlari haqidagi gʻoyani ilgari surdi. Bu esa, oʻz navbatida, kvant mexanikaga asos soldi.
Har qanday jism o‘ziga tushayotgan nurlanishning bir qismini yutsa qolgan qismini qaytaradi. Jismlarning bir -biridan farqi shundaki, ba’zi jismlar tushgan nurlanishning ko‘proq qismini yutsa, boshqa jismlar kamroq qismini yutadi. Shuning uchun birinchi xil jismlarni ikkinchilariga nisbatan qoraroq deyish mumkin bo‘ladi. Barcha real jismlarning nur yutish qobiliyati 1 dan kichik. Masalan, spektrning ko‘rinadigan qismi uchun alyuminiyning nur yutish qobiliyati 0.1, mis uchun 0.5, suv uchun 0.67 ga tengdir. Jism o‘ziga tushayotgan nurlanishning ko‘proq qismini qaytarsa, bunday jismlar qoraroq jismlar hisoblanadi. Bunday jismning nur yutish qobiliyatining qiymati birga yaqin bo‘ladi. Tushayotgan nurlanishning ko‘proq qismini qaytaradigan jism kul rang jismlar hisoblanadi, bunday jismlarning nur yutish qobiliyatining qiymati birdan kichik qiymatga teng (A<1). Tushayotgan nurlanishni to‘liq ravishda yutadigan jism qora jism hisoblanadi, bunday jismning to‘la nur yutish qobiliyatining qiymati birga teng (A=1). Tushayotgan nurlanishni to‘liq ravishda qaytaradigan jism oq jism deyiladi.
Nemis olimi G.R.Kirxgof umumiy termodinamika tasavvurlarga asoslanib, issiqlik nurlanishining spektrini tushuntirishni oddiylashtirish maqsadida ideallashtirilgan nazariy tushuncha “Absolyut qora jism” tushunchasini taklif qildi. Istalgan to‘lqin uzunlikda va temperaturada o‘ziga tushayotgan nurlanish energiyasini to‘liq yutadigan jism absolyut qora jism deyiladi. Bunday jismning nur yutish qobiliyati barcha alohida to‘lqin uzunliklar uchun bir xil bo‘lib, uning qiymati birga teng (A=1).
Lekin tabiatda absolyut qora jism ham, oq jism ham yo‘q. Tabiatda xossasi absolyut qora jism xossasiga yaqin bo‘lgan qora jism bu – qora kuyadir. Qora kuyaning ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik (=(0,40-0,75) mkm) sohasida nur yutish qobiliyati 0,99 ga yaqin. Lekin qora kuya infraqizil nurlarni kamroq yutadi. Absolyut qora jism issiqlik nurlanishini tarqatuvchi eng effektiv jismdir. Absolyut qora jism tushunchasining ishlatilishi issiqlik nurlanishining nurlanayotgan qattiq jismning xususiyatlariga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi. Boshqa jismlardan farq qilish uchun absolyut qora jismning nur yutish qobiliyati AT nur chiqarish qobiliyati ET bilan belgilanadi.
Amalda absolyut qora jismga ko‘z qorachig‘i, Marten pechlarining ichidagi olovni kuzatadigan tirqish misol bo‘ladi.
Klassik tasavvurlarga asosan kovak idish ichki devorlari materialining atomlari klassik ossillyatorlar to‘plami sifatida modellashtiriladi, ossillyatorlar kovak idish ichidagi (bo‘shlig‘ida) nurlanish bilan energiya almashadi. Muvozanat sharoitida idish ichidagi nurlanish turg‘un to‘lqinlar to‘plami sifatida qaraladi. U vaqtda absolyut qora jismning nurlanishi ossillyator tebranishi natijasi deb tushuniladi. Kovak idish ichidagi turg‘un to‘lqinlarning har biri tebranish modasi deyiladi. Modalar soni esa tebranishlarning erkinlik darajasi soniga teng bo‘lib, ular idish ichidagi nurlanishni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |