Oqsilning xossalari
Oqsil molekulasining fizik-kimyoviy xossalari uning yuqori molekulyar geteropolimer bo„lishidan kelib chiqadi. Oqsil
molekulasi faqat aminokislotalardan tuzilgan bo„lsa ham bu monomerlar bir xil emas, oqsil molekulasi tarkibida bir-
biridan farq qiladigan 20 xil aminokislota turli miqdorda va nisbatda uchraydi. Oqsil tarkibida
aminokislotalar bir necha marta takrorlanib keladi. Shu sababli tabiatda oqsillarning xillari cheksiz. Ichak tayoqchasi
bakteriyasining 3000 ga yaqin oqsil molekulalari mavjud bo„lsa, odam organizmida oqsillarning xillari 5 000 000 ga
yetadi.
Har bir tur oqsillari boshqa tur oqsillaridan ozmi-ko„pmi farq qiladi. Turlar bir-biridan qancha uzoq bo„lsa, ularning
oqsillari orasidagi farq ham shuncha uzoq bo„ladi. Oqsil molekulalari noqulay sharoitda, kislota, ishqor, tuzlar, yorug„lik,
mexanik ta‟sirlardan buziladi. Ko„p hujayralar tarkibida juda kam miqdorda uchraydigan oqsillarni ajratib olish, tozalash,
tekshirish, takomillashgan laboratoriya metodlari, asbob va apparatlarni talab qiladi. Bunda oqsillarni xromatografiya,
elektroforez, gellar orqali filtrlash, ultratsentrifugada differensial cho„ktirish, nishonlangan atomlardan, avtomatik
analizatorlardan foydalaniladi.
Shuning uchun oqsillarni va hujayradagi funksiyalarini o„rganish oqsillar kimyosining ajoyib texnik darajasidan ham
xabardor bo„lishni talab etadi.
Oqsil molekulasining, molekula massasining pastki chegarasi 6000 dalton, yuqorigi chegarasi 1000000 dalton va undan
ham katta. Oqsillar tarkibiga kiradigan aminokislotalarning o„rtacha molekula massasi taxminan 138 ga teng, ular o„zaro
peptid bog„I hosil qilganda bir molekula suv H2O ajralib ketganligi tufayli ularning molekulyar massasini 120 deb qabul
qilinsa bo„ladi. Molekulyar massasi 30000–50000 ga teng o„rtacha oqsil taxminan 300–400 aminokislota qoldig„idan
tuzilgan (300x120=36000), ko„pincha bitta polipeptid zanjiridan tashkil topgan bo„ladi.
Oqsil molekulalarining o„lchami ham juda katta. Juda kichik o„lchamlarni hujayra komponentlari, molekulalar, atomlar
orasida- gi bog„lar, masofalar, nur to„lqini uzunligini nanometrlar –10-9 m, 1 m ning milliarddan bir qismi; 1 mm 10 m3
ning milliondan bir qismi va 1 mkm 10-6 m ning mingdan bir qismi bilan ko„rsatish qabul qilingan. Bu o„lchamda
oqsillarni boshqa mayda obyektlar va molekulalar bilan taqqoslansa quyidagi qator kelib chiqadi: atom- ning kattaligi 0,1
nm, aminokislota 1 nm, oqsil molekulasi 5–10 nm, viruslar 10–100 nm, bakteriyalar hujayrasi
0,3–0,9 mkm, eritrotsitlar 10 mkm.
Oqsillar molekulasining tuzilish darajalari.
Har bir aminokislotaning uzunligi 3A0 (Angstrem) ekanligini nazarda tutsak, bir qancha
aminokislotalardan iborat oqsilning uzunligini tasavvur qilish mumkin. Bunday uzunlikka ega oqsil
molekulasi hujayraga qanday sig‘ishi mumkin?, degan savol tug‘ilishi mumkin.
Oqsil makromolekulasining strukturasida tuzilishining bir necha xillari farqlanadi. Bulardan birinchisi
oddiy peptid bog„lar yordamida o„zaro bog„langan aminokislotalar zanjiridir. Bu struktura oqsilning
birlamchi strukturasi
deyiladi. Oqsilning birlamchi strukturalari odatda o„zgarmas, irsiy belgilangan
bo„ladi. Hujayrada oqsillar birlamchi chiziq shaklda bo„lmay balki, o„ralgan, spiralsimon, globulyar,
ipsimon fibrillyar shakllarda bo„ladi. Oqsillarning to„rtta strukturasi mavjud. Ular birlamchi, ikkilamchi,
uchlamchi va to„rtlamchi strukturalardir
Do'stlaringiz bilan baham: |