1946—1990-yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy
hayoti
Xalq xo‘jaligining tiklanishi. Ma’muriyatchilikning kuchayishi, ziyolilarni
qatag‘on qilishning yangi bosqichi . O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
Inqirozli holatning vujudga kelishi . Madaniy va ma’naviy hayot «Qayta qurish»
siyosati va uning barbod bo‘lishi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga
kiritish tomon yo‘l tutishi.
Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati
Mustaqillik – o’zbek xalqining azaliy orzu-intilishi.O’zbekistonning davlat
mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi. O’zbekiston davlat
suverenitetining e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII
chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida 1991 yil 31 avgustda “O’zbekiston
Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi qonunning qabul
qilinishi. 1 sentyabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni. O’zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligining 1991 yil 29 dekabrda bo’lib o’tgan umumxalq
referendumida ma’qullanishi, Mustaqillik davlat ramzlarining qabul qilinishi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, uning yakunlari. Islom Karimov –
O’zbekistonning umumxalq tomonidan muqobillik asosida saylangan birinchi
Prezidenti. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li.
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasining qabul qilinishi, uning asosiy
tamoyillari. Mustaqil O’zbekiston Davlati tarkibida suveren Qoraqalpog’iston
Respublikasi.
O’zbekistonda
ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikni
ta’minlash
choralarining amalga oshirilishi. Siyosiy, iqtisodiy islohotlar. XXI asr arafasi va
uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni
chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi ustuvor yo’nalishlar.
O’zbekistonning ma’naviy-ma’rifiy va madaniy taraqqiyoti.
O’zbekiston va Jahon hamjamiyati
Jahon XXI asr bo’sag’asida. Xalqaro vaziyat va kuchlar nisbatining tubdan
o’zgarishi. O’zbekistonning jo’g’rofiy-siyosiy imkoniyatlari. Uning Markaziy
Osiyo mamlakatlari orasida tutgan o’rni. Tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat
asoslarining ishlab chiqilishi. Tashqi siyosat tamoyillari. O’zbekiston davlat
mustaqilligining jahonning nufuzli davlatlari tomonidan tan olinishi.
O’zbekistonning Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi. O’zbekiston
Respublikasining BMT, EHHT, Qo’shilmaslik harakatiga a’zo bo’lishi va ular
bilan ko’p tomonlama hamkorlikning yo’lga qo’yilishi. O’zbekistonning Yevropa
Ittifoqi bilan hamkorligi.
ADABIYOTLAR:
1. Sagdullayev A.S., Kostetskiy V.A. Qadimgi dunyo tarixi. 6-sinf T., 2013
2. Muhammadjonov A. O’zbekiston tarixi. 7-sinf. T., 2013
3. Usmonov Q. , Jo’raev U., Norqulov N. O’zbekiston tarixi. 8-sinf. T.,
2014
4. Tillaboyev S., Zamonov A., O’zbekiston tarixi. 9-sinf. T., 2014
5. Usmonov Q., Sodiqov M., O’zbekiston tarixi akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari uchun darslik.