Abituriyent 25 ball maksimum (biologiya)


V. Oqsil molekulasi polipeptid zanjirining tuzilishi



Download 94,92 Kb.
bet9/21
Sana30.12.2021
Hajmi94,92 Kb.
#91847
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
BALL MAKSIMUM

V. Oqsil molekulasi polipeptid zanjirining tuzilishi.

1) polipeptid zanjirda aminokislotalar o'zaro peptid bog’ orqali birikadi;

2) peptid bog'lar soni aminokislotalar sonidan bitta kam bo'ladi. Masalan, zanjirda 60 ta aminokislota bo'lsa, peptid bog'lar soni 59 ta bo'ladi;

3) har bir aminokislotaning o'rtacha massasi 120 Da (Dalton) deb qabul qilingan;

4) bitta aminokislotani 3 ta nukleotiddan iborat tripletli kod ifodalaydi;

Masalalar tahlili.

a) Nukleotidlar sonini topish:

1. Nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar o'zaro fosfodiefir bog'lari orqali bog'lanadi. i-RNK molekulasida 289 ta fosfodiefir bog' bo'lsa, ushbu i-RNK sinteziga asos bo'lgan DNK fragmenti qo'sh zanjiridagi nukleotidlar sonini aniqlang.



Yechilishi: i-RNK dagi 289 ta fosfodiefir bog' 290 ta nukleotid o'rtasida joylashsa, i-RNK da 290 nukleotid bo'ladi. DNK molekulasida nukleotidlar soni RNK nukleotidlari sonidan ikki barobar ortiqligi ma’lum. Shuning uchun 290 ni ikkiga ko‘paytirib olamiz. Javob DNK fragmentida nukleotidlar soni 580 ta bo'ladi.

2. Nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar o'zaro 1 fosfodiefir bog'lari orqali bog'lanadi. DNK molekulasida 598 ta fosfodiefir bog'i bo'lsa hamda adenin umumiy nukleotidlar sonining 20% ini tashkil qilsa, guanin va timin sonini toping.



Yechilishi: fosfodiefir bog'lar soni orqali nukleotidlar sonini topamiz: 598 ta fosfodiefir bog' 599 ta nukleotid o'rtasida joylashadi. Umumiy nukleotidlar soni 599 ta bo'lsa, uning 20 % ini adenin tashkil etar ekan. Adeninlar sonini topamiz. 599x20/100=120 ta. DNK molekulasida adeninlar soni timinlar soniga teng bo'ladi. Demak, timinlar soni ham 120 ta bo'ladi Endi qolgan nukleotidlar soni topiladi. 599-120-120=359 ta guanin va sitozinlarning umumiy soni. Ularning soni ham DNK molekulasida o'zaro teng bo'lgani uchun 359/2=180 tadan ekan.

3. Hujayradagi i-RNK molekulasida 80 ta uratsil nukleotidi mavjud. Shu i-RNK zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molckulasining bitta zanjirida sitozin nukleotidlari soni i-RNK dagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko'p, guanin nukleotidlari soni 2 marta kam. DNK ning shu bitta zanjiridagi timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari yig'indisining yarmiga teng bo'lsa, DNK qo'sh zanjiridagi T nukleotidining sonini toping.



Yechilishi: i-RNK da 80 ta uratsil borligi ma'lum bo’lsa, demak, shu i-RNK molekulasidan teskari transkripsiya asosida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida ham 80 ta adenin nukleotidi borligi ma’lum bo'ladi. Chunki i-RNK dagi uratsilga komplementarlik asosida DNK da adenin sintezlanadi. Shu DNK zanjiridagi sitozin nukleotidlari soni uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko’p bo'lsa, 80x3= 240 ta bo'ladi. Guaninlar soni esa 2 marta kam, demak, 80/2=40 ta bo’ladi. Timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari yig’indisining yarmiga teng, ya’ni 240+40=280/2=140 ta ekan. Yuqoridagilardan DNK molekulasining bitta zanjiridagi nukleotidlar soni kelib chiqdi. Endi shu zanjirga komplementarlik asosida ikkinchi zanjirdagi nukleotidlar sonini topamiz. Birinchi zanjirda 80 ta adenin bo’lsa, shunga komplementar ikkinchi zanjirda 80 ta timin bo’ladi; birinchi zanjirda 240 ta sitozin bo'lsa, ikkinchi zanjirda unga komplementar bo’lgan 240 ta guanin bo'ladi; birinchi zanjirda 40 ta guanin bo’lsa, ikkinchi zanjirda 40 ta sitozin bo’ladi; birinchi zanjirda 140 ta timin bo’lsa, ikkinchi zanjirda unga komplementar bo’lgan 140 ta adenin bo'ladi. Endi ikkala zanjirdagi o'xshash nukleotidlar sonini qo'shamiz. Timin 140+80=220; sitozin 240+40=280; guanin 40+240=280; adenin 80+140=220 ta bo'lar ekan. Demak, DNK qo’sh zanjirida adenin nukleotidlari soni 220 ta ekan.

4. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 73,1 nm ga teng. DNK molekulasidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng bo'lsa, ushbu fragmentda nechta nukleotid bor?



Yechilish: berilgan DNK uzunligini qo'shni nukleotidlar orasidagi masofaga bo'lib, nukleotidlar sonini topamiz. 73,1/0,34=215 ta nukleotid. Bu bitta zanjirdagi nukleotidlar soni bo'lib, DNK qo'sh zanjirli bo'lgani uchun uni ikkiga ko'paytirib olamiz: 215x2=430 ta umumiy nukleotidlar soni;


Download 94,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish