II. RNK molekulasining tuzilishi.
1) RNK, asosan, sitoplazmada joylashgan bo'lib, bir zanjirlidir;
2) monomerlari nukleotidlar bo'lib, ular o’zaro fosfodiefir bog'lari orqali bog'lanadi;
3) nukleotidlarning tarkibida fosfor kislotasi, monosaxaridlardan riboza va azot asoslari (adenin, guanin, sitozin, uratsil) bo'ladi;
4) RNK tarkibida nukleotidlar soni DNK tarkibidagi nukleotidlar sonidan ikki baravar kam bo'ladi;
5) RNK ning uch xil turi farqlanadi: transport (t-RNK), informatsion (axborot) - (i-RNK) va ribosomal (r-RNK). Ularning barchasi oqsil sintezida qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |