III. Transkripsiya jarayoni.
1) DNK molekulasida oqsil to'g'risidagi axborot joylashgan. Bu axborot DNK molekulasidan i-RNK lar yordamida ko‘chirib olinadi. DNK dagi oqsil to'g'risidagi axborotni i-RNK ga ko‘chirib o‘tilgandek yozilishiga transkripsiya deyiladi;
2) transkripsiya jarayoni yadroda kechadi;
3) DNK zanjirlarining biridan RNK molekulasi sintezlangani uchun, i-RNK nukleotidlarining ketma-ketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos (komplementar) bo'ladi;
4) transkripsiyada DNK zanjiridagi adenin qarshisida i-RNK da uratsil, timin qarshisida esa adenin sintezlanadi. Guanin va sitozin komplementarligi esa o’zgarmaydi;
5) DNK molekulasi ma’lum bir fragmentidan sintezlangan i- RNK ning uzunligi shu DNK fragmenti uzunligiga teng bo'ladi;
6) teskari transkripsiya - bu bir zanjirli RNK molekulasidan qo'sh zanjirli DNK molekulasining sintezlanishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |