Yechilishi: blastomerlarda xromosomalarning diploid to'plami bo'ladi. Uy sichqonining bitta blastomerida nechta xromosoma bo'lishini topib olamiz. Buning uchun jami xromosomalar sonini blastomerlar soniga bo'lamiz, ya’ni 1280/32=40 ta ekan. Demak uy sichqonining kariotipida 40 ta xromosoma bo'lar ekan. Uning jinsiy hujayralarida xromosomalarning gaploid to'plami 20 ta bo'ladi. 20 ta xromosomadan 19 tasi autosoma, bittasi jinsiy xromosoma hisoblanadi. Demak, sepmalozoidda 19+Y xromosoma bo'ladi.
4. Qora kalamushning tuxum hujayrasidagi autosoma xromosomalar soni 18 ga teng bo’lsa hamda embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida hosil bo'lgan hujayralarda jami xromosomalar 19456 taga yetgan bo'lsa, blastomerlar soni nechta ekanligini aniqlang.
A) 256 B) 512 C) 1024 D) 128
Do'stlaringiz bilan baham: |