90
Maktabgacha ta’lim dekloratsiyasi qabul qilinganidan bir yil o‘tib 1918 yilda
Moskva davlat universitetida maktabgacha ta’lim fakulteti ochildi. Maktabgacha
ta’lim muassasalari ikki yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni aqliy, jismoniy
va shaxsiy rivojlanishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim Rossiyada majburiy
ta’lim hisoblanmaydi. Ko‘pgina ota-onalar farzandlarini o‘zlari mustaqil
tarbiyalashadi. Rossiya Federatsiyasida umumiy ta’lim maktabi uch bosqichga
bo‘linadi: boshlang‘ich maktab – 4 yil; asosiy maktab – 5 yil; yuqori maktab – 2
yil, yani, 10-11 sinflar. Kasbiy-texnik ta’lim 2–turga bo‘linadi: gimnaziya; litsey.
O’rta ixtisoslashtirilgan ta’lim 3 turga bo‘linadi: kollejlar; texnikumlar;
uchilishelar. Kollej va texnikumlarda o‘qish tartibi quyidagicha: O‘quvchilar 9-
sinfdan qabul qilinsa – 3 yil 10 oy o‘qishadi; o‘quvchilar 11 –sinfdan qabul qilinsa
– 2 yil 10 oy o‘qishadi. Oliy ta’lim tizimi 2-turga bo‘linidi: bakalavriyat va
magistratura. Davlat ta’sarufidagi oliy ta’lim muassasalari (607 ta); Nodavlat
ta’lim muassasalari (358 ta); Oliy o‘quv yurtlarida 4,7 mln talaba o‘qiydi. Hozirgi
kunda talabalar soni yanada ko‘payib bormoqda.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: Ad’yunktura
– Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlar aspiranturasi; Ordinatura – Rossiya
Federatsiyasi tibbiyot sohasidagi oliy ta’limdan keyingi yo‘nalish; Internatura
Rossiya Federatsiyasi tibbiyot sohasidagi mustaqil tadqiqotchilarni tayyorlaydi;
Assistentura-stajirovka – Rossiya Federatsiyasi pedagogika yo‘nalishidagi oliy
ta’limdan keyingi yo‘nalish; Doktorantura – Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv
yurtlarida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va doktorlik ishini himoya qilishga
tayyorlaydi. Rossiya Federatsiyasi ta’lim tizimida geografiya alohida o‘rin
egallaydi. Mamlakatning barcha subyektlarida “Geografiya jamiyati”ning roli
beqiyos. Ayniqsa, Moskva, Sankt-Peterburg, Arxangelsk, Astraxon, Volgograd
Voronej, Novosibirsk, Perm, Saratov, Tomsk, Vladivostok kabi shaharlarda
geografiya jamiyatining filialllari geografiya ta’limining rivojiga munosib ta’sir
ko‘rsatadi. Rossiyada geografiya ta’limi rivojlanishining ilmiy asoslariga mashhur
rus pedagogi K.D.Ushiniskiy tomonidan asos solingan. Ayniqsa, 1884-yilda
Moskva davlat universitetida geografiya kafedrasining ochilishi, unga rahbarlik
qilgan D.N.Anuchenning geografiya ta’limidagi xizmatlari beqiyosdir. Hozirgi
kunda Rossiya va O’zbekiston maktablarida geografiya o‘quv kurslarining
mazmuni va mohiyati bilan taqqoslash natijalari shuni ko‘rsatadiki, Rossiya
geografiya ta’limi va O’zbekistondagi geografiya ta’limi tuzilishida muayyan
tarzdagi xususiyatlar mavjud. (Jadval 4).
Do'stlaringiz bilan baham: