Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
 
2.5. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda geografiya ta’limi 
Mamlakatimiz  mustaqillikga  erishgach  respublika  xo‘jaligining  barcha 
sohalarida bo‘lganidek ta’limda ham tub islohatlar davri boshlandi. 
1992  yil  2  iyulda  ilk  bor  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi  Qonuni  qabul  qilindi.  Uning  3-moddasida  “Ta’lim  dasturlarini 
tanlashda  yagona  va  tabaqalashtirilgan  yondashuv”  zarurligi  ta’kidlangan.  Bu 
qonunga  asosan  mamlakatimizdagi  yangi  mazmundagi  o‘quv  dasturlar  va  rejalari 
ishlab  chiqildi.  Dasturlar  asosida  darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalari,  metodik 
adabiyotlar  yaratishga  kirishildi.  SSSR  tabiiy  va  iqtisodiy  geografiyasini  o‘rniga 
o‘z  respublikalarini,  shu  sohadagi  geografiya  kurslarini  atroflicha  o‘rganishga 
e’tibor  qaratildi.  Ta’lim  muassasalari  tomonidan  milliy  maktab  uchun  zarur 
bo‘lgan didaktik vositalar bilan ta’minlashga, o‘quv muassasalarini attestatsiya va 
ankereditatsiyadan  o‘tkazish  tizimi  kiritildi  va  amalga  oshirildi.  Asta-sekin  milliy 
ta’lim  tizimi  shakllana  boshladi.  Respublikamizning  yetakchi  geograf 
o‘qituvchilari, metodist olimlar tomonidan geografiya fanini o‘qitishga oid milliy 
ta’lim  konsepsiyasi  ishlab  chiqildi.  Milliy  maktablarda  geografiya  o‘qitish 
mazmunan  sezilarli  darajada  o‘zgardi.  Xorijiy  mamlakatlar  bilan  ta’lim  sohasi 
bo‘yicha  hamkorlik  yo‘lga  qo‘yildi.  Ulardagi  ilg‘or  pedagogik  texnologiyalar 
tanqidiy nuqtayi nazarda ko‘rib chiqildi va ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. 
Mamlakatimizda  tashkil  qilingan  «Ustoz»  jamg‘armasi  orqali  ko‘pgina 
geograflar xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, ularning tajribalarini o‘rganib qaytdilar va 
h.k. Amalga oshirilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o‘ziga xos milliy ta’lim 
tizimi  shakllanib,  uning  moddiy  ba’zasi  mustahkamlanib  bordi.  Mamlakatimizda 
yangi turdagi o‘quv muassasalari litsey, gimnaziya, kollejlar tashkil qilindi. Ularda 
ta’lim  tizimi  deyarli  yangidan  uyushtirildi.  O‘quvchilarni  tabaqalab  o‘qitish  joriy 


77 
 
etildi.  Ammo  bu  tadbirlarning  barchasi  mafkuraga  sodiq  xodimlarni  tayyorlashga 
da’vat etilgan sobiq ta’lim tizimini yangilash borasidagi dastlabki qadamlar edi. 
Mamlakatimiz  Oliy  Majlisi  IX  sessiyasi  tomonidan  1997-yil  29-avgustda 
qabul  qilingan  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»ga  muvofiq  ta’limning  maqsad, 
mazmun,  vazifalar,  boshqarishni  tashkil  etish  va  xalqimizning  milliy-madaniy 
an’analariga mos keladigan tamoman  yangicha «ta’limiy xizmat»ni shakllantirish 
yo‘lga  qo‘yilgan.  Bunday  ta’limning  metodologik  negizida  respublikamizning 
birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan  ilgari  surilgan  «Mamlakatimizning 
istiqlol  yo‘lidagi  birinchi  qadamlaridanoq,  buyuk  ma’naviyatimizni  tiklash  va 
yanada  yuksaltirish,  milliy  ta’lim-tarbiya  tizimini  takomillashtirish,  uning  milliy 
zaminini  mustahkamlash,  zamon  talablari  bilan  uyg‘unlashtirish  asosida  jahon 
andozalari darajasiga chiqarish» degan g‘oya yotadi. Uning pedagogik asosini esa, 
har  bir  shaxsning  qobiliyati  va  iste’dodini  rivojlantirish,  takomillashtirish  orqali 
jamiyatning  ta’limga  bo‘lgan  ehtiyojini  qondirish  tashkil  qiladi.  Ana  shunday 
konseptual  g‘oyalar  asosida  faoliyat  ko‘rsatuvchi  maktabni,  shaxs  va  jamiyatni 
rivojlantirishga,  ta’limning  milliy  va  mintaqaviy  xususiyatlarni  e’tiborga  olib 
demokratiya  hamda  insonparvarlik  tamoyillari  asosida  boshqarishga  undaydigan 
mexanizm  sifatida  boshqa  fanlar  qatori  geografiya  ta’limida  ham  tayanch  o‘quv 
tizimi  vujudga  keldi.  Bu  mexanizm  jamiyatning  geografiya  ta’limida  bo‘lgan 
ijtimoiy  buyurtmasi,  davlat  talabi  bilan  bolaning  shaxsiy  imkoniyati  mayli 
o‘rtasidagi  tafovutni  muvozanatlovchi  vositadir.  Yuqoridagi  g‘oya  va  fikrlar 
hamda konsepsiyalar asosida mamlakatimizda geografiya ta’limining mazmuni va 
tuzilishi quyidagi tizimda barpo etildi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish