Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Geografiya o‘qitishda masofaviy ta’lim metodi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
8.9. Geografiya o‘qitishda masofaviy ta’lim metodi 
 
Masofaviy ta’lim mohiyati.
 Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion 
texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim  jarayonida ularning imkoniyatlaridan 
foydalanish  uchun  qulay  sharoitni  vujudga  keltirdi.  Ayni  paytda  yetakchi  xorijiy 


225 
 
mamlakatlar  masofadan  o‘qitish  borasida  boy  tajriba  to‘plagan.  O‘zbekiston 
sharoitida  mustaqillik  yillarida  ta’limning  bu  turini  qo‘llashga  jiddiy  e’tibor 
qaratilmoqda. 
Manbalarda  “masofaviy  ta’lim”  tushunchasiga  berilgan  ta’riflarga  tayangan 
holda atamani quyidagicha ta’riflash mumkin: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Masofaviy  ta’lim  texnologiyasi  1969-yilda  Angliya  premer-ministri 
G.Vilson  tashabbusiga  ko‘ra  shakllantirilgan  deb  hisoblanadi.  Ammo  masofadan 
o‘qitish  ancha  oldinroq,  ya’ni  birinchi  barqaror,  muntazam  pochta  aloqasining 
shakllanish  davrida  yuzaga  kelgan.  1858-yildan  boshlab  London  universitetida 
barcha  xohlovchilarga  ularning  mustaqil  bilim  olishlari,  barcha  ixtisosliklar  va 
barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 
1938-yildan  buyon  Sirtqi  ta’lim  bo‘yicha  Xalqaro  Kengash  nomi  bilan  mashhur 
xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘tgan  asrning  90-yillari  o‘rtalarida  Angliyada  40  ga  yaqin  ana  shunday 
turdagi ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularga har yili 65 ming kishi 
o‘qish  uchun  ariza  berishgan.  Yangi  pedagogik  texnologiya  ta’lim  oluvchilarga 
qulay vaqtda o‘qishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. 
Ochiq  universitetlardagi  o‘qish  harajatlari  an’anaviy  institutlarda  o‘qitishga 
qaraganda  8-10  marta  arzon.  Masalan,  Angliyada  turg‘un  o‘qishga  3000, 
masofaviy  o‘qitish  orqali  bilim  olishga  esa  atigi  300  funt  sterling  to‘lanadi. 
Binolarga  xizmat  ko‘rsatish,  jihozlar  va  laboratoriya  uchun  harajatlar,  o‘qituvchi, 
ma’muriyatlar  va  xizmat  ko‘rsatuvchi  xodimlar  shtati  qisqaradi.  Ta’lim 
oluvchilarga  filiallar  tarmog‘i,  telestudiya  va  kompyuter  tarmog‘i  orqali 
maslahatlar  beriladi. Angliyada o‘quvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta  kursni o‘z 
ichiga qamrab oladi, ularning ko‘plari fanlararo bog‘lanish xususiyatiga ega. 
AQShda  shunga  o‘xshash  o‘qitish  tizimi  o‘tgan  asrning  60-yillarning 
o‘rtalarida  qo‘llanila  boshlagan.  O‘sha  paytlarda  yaqin  joylashgan  korporatsiya 
ishchilari  uchun  o‘quv  kurslarini  ba’zi  muhandislik  kollejlari  televidenie  orqali 
taqdim  etgan.  1948  yildan  boshlab,  masofaviy  ta’lim  dasturlari  Milliy  texnologik 
universitet  ta’limiga  moslashtirilgan.  Ko‘p  yillar  davomida  “Edent”  ta’lim 
tarmog‘idan foydalanib kelingan. Individual kompyuterlar orqali barcha darajadagi 
ta’lim  muassasalari  tarmog‘iga  ulanish  imkoniyati  mavjud.  Bugungi  kunda 
AQShda  masofadan  o‘qitish  dasturi  bo‘yicha  bir  milliondan  ortiq  talaba  ta’lim 
oladi.  Ular  o‘quv  kurslarini  Ommaviy  teleeshittirish  tizimi  orqali  qabul  qiladilar. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish