Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari
Maktab, ijtimoiy institut sifatida butun jamiyatning holatini aks ettiradi. U
siyosatdan alohida, g‘oyalarlardan alohida yashay olmaydi, hech qanday falsafani
targ‘ib qilmay yashay olmaydi.
Shunday qilib, har qanday umumpedagogik umumta’lim texnologiyasi
ma’lum falsafiy poydevorga asoslanadi. Falsafiy konsepsiyalar pedagogik
texnologiyalarni metodologik ta’minlash tarkibiga kiruvchi eng umumiy tartibga
soluvchi sifatida ishtirok etadi. Falsafiy asosi ta’limning yakuniy maqsadida ancha
aniq ko‘rinadi (misol uchun, diniy tarbiyalash, texnokratik, insonparvarlik
pedagogik va shu kabi). Falsafiy nuqtayi nazarlar ta’lim mazmunida, o‘quv fanlari
mazmunida ancha aniq kuzatiladi. Ammo ko‘pincha ularning g‘oyaviylik
yo‘nalishlarida birlik bo‘lmaydi, yagona umumiy falsafiy asoslar yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy ta’lim mazmuni ana shunday ziddiyatlar
bilan farq qiladi. Ta’limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash
qiyinroq. Bir xil metodlar g‘oyalari bo‘yicha, umuman qarama-qarshi texnologiya-
larda qo‘llanilishi mumkin. Shuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy
asosga moslanishi mumkin (misol uchun: o‘yin).
Zamonaviy jamiyatshunoslikda u yoki bu darajada ta’lim jarayonida mavjud
bo‘lgan falsafiy yo‘nalishlar, maktab, oqimlarning ko‘p turlari mavjud.
Umumpedagogik texnologiyalarda asosiy falsafiy muammolar
Pedagogik texnologiyalar konsepsiyalarida eng aniq ko‘rinadigan bir necha
bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko‘rsatamiz: materializm va idealizm;
dialektika va metafizika; sseptizm va tabiiy muvofiqlik; insonparvarlik va
antiinsonparvarlik; antroposofiya va teosofiya; pragmatizm va ekzistensializm.
Materializm. Ta’lim ma’lumotlari milliy zahiralarida – O‘zbekistonning -
o‘quv metodik adabiyotlarda eng avval dialektik materializm falsafiy yo‘nalishlar
aks ettirilgan. Maktab ta’lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet
davrida bema’ni hisoblangan. An’anaviy ta’lim tizimi aynan ana shu falsafaga
asoslangan. Shu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama
rivojlanish (ma’naviy, g‘oyaviy, intellektual, estetik, jismoniy) masalasini samarali
hal etuvchi dunyoqarash muammolariga bir qator alternativ yondoshishlar mavjud.
Insonparvarlik. Insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti,
rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi
dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash
mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa jamiyatdagi munosabatlar
istalgan qoidalari deb hisoblaydi. Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya,
pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiat muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv
ekzistensilizm kabi yo‘nalishlar qo‘shiladi.
183
Teosofiya diniy yo‘nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya
insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega,
yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha
to‘g‘ri shakllantiradi. Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan
hech qanday bog‘liqligi yo‘q, u moddiy emas, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga
qaratilgan dunyoqarashga qat’iy mo‘ljallangan maqsadni ko‘zlaydi, u hayot
maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi savollarga javob beradi. Pedotsentrizm
falsafasi antroposofiyaga yaqin.
Pedotsentrizm. U falsafiy tarbiyaning bir yo‘nalishi bo‘lib, u bolaning
qiziqishlari
va
talablarini
birinchi o‘ringa qo‘yishdan kelib chiqadi.
Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb
biladi.
Ekzistensializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o‘zidan nima qilsa, ana
shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistensializm vakillari ekzistensiya
ma’nosini, uning ma’naviy mohiyatini negativ xususiyatli hissiyot va
kayfiyatlardan (qo‘rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar,
neaekzistensialistlar esa ko‘tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va
umid hissi kabi fazilatlar bilan ekzistensiyani boyitib, ba’zi gumanistik g‘oyalarni
asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning
ma’naviy tanlovi ongli va aniq bo‘ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim
sharti bo‘lib ishtirok etadi.
Pragmatizm konsepsiyasi (unga neopozitivizm, neofreydizm falsafiy oqimlari
ham qo‘shiladi) shaxsning intellektual va ma’naviy sifatlari uning noyob tabiatida
mavjud bo‘ladi va ularning namoyon bo‘lishi eng avval insonning individual
tajribasi bilan bog‘liq bo‘lishidan kelib chiqadi. Shundan kelib chiqqan holda
pragmatizm vakillari ta’lim vazifalarini shaxsning ma’lum ma’naviy sifatlari,
prinsiplari, yo‘nalishlari qadriyatlarini shakllantirishda emas, balki unga tabiat
tomonidan berilgan qobiliyatlari, sifatlari va uning individual tajribasini o‘zini
amalga oshirish asosiy sharti sifatida oshirib borishdagina deb hisoblaydilar.
Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab,
tarbiyaning pragmatik konsepsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar
qo‘yish, ijtimoiy g‘oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti
faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar.
Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va
uni insonparvarlik yo‘nalishi qarama-qarshiliklarini murosaga keltiradi.
Insonparvarlik yo‘nalishiga alternativ deb ssientistik –texnokratikkonsepsiyasi
hisoblanadi. Ratsionalizm, ochiq-oydin insonparvarlikka qarshi nazariya (Irqiy,
millatchilik va boshqalar). Ssientizm dunyoqarash yo‘nalishi sifatida insoniy
jamiyat madaniyati tizimida fan va texnikaning rolini absolyutizatsiyalashda o‘zini
namoyon etadi. Paradigma sifatida qaraladigan umuman ilmiy bilim namunalari
tabiiy va aniq fanlarga xos bo‘lgan bilimlar qurish uslubi va umumiy metodlari
absolyutlashtiriladi. Ssientik ko‘rsatmalar aniq va texnik fanlarga tashqi taqlid
qilishda ifoda etiladi: matematik belgilarni sun’iy qo‘llashda, sxemalashtirishda,
nazariylashtirishda, texnologiyalashtirish va texnikalashtirishda. Sseptizmga
184
qarama-qarshi prirodosoobraznost, prirodosoobrazis hisoblanadi: inson tabiiy qobi-
liyatlarini hisobga olishga chaqiruvchi, ularga tayanish hamda insonning tabiat
bilan birligini, ularning o‘zaro aloqalari mosligi va uyg‘unligini targ‘ib qiluvchi
dunyoqarash, falsafiy konsepsiyalarga qarab shaxsning rivojlanishi va tashkil
topishi asosiy prinsiplarini tashkil qiladi. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi
o‘qitish nazariyasida keyingi paytlarda yanada kengroq tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |