2.
O‘zaro tenglik tamoyili.
Ushbu tamoyil ta’lim jarayonida pedagog va
ta’lim oluvchining o‘zaro tenglikka (teng huquqqa) egaligini ifodalaydi. Ular
o‘rtasidagi munosabati subyekt-subyekt xarakteriga ega. Bu holat o‘z-o‘zidan
modul ta’limi o‘qitish sharoitlarini talabaning individual psixologik xususiyatlariga
moslashtirishini anglatadi. Ya’ni pedagog bilimlarni uzatuvchi, talabalar faoliyatini
nazorat qiluvchi va baholovchigina emas, balki talabalarni yo‘naltiruvchi, zarur
o‘rinlarda maslahat beruvchi, faoliyatda xatolarga yo‘l qo‘yilsa to‘g‘rilovchi,
rag‘batlantiruvchi shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayonida pedagog
e’tiborini talabalar faoliyatini tanqid qilishga qaratmay, imkon qadar ularni
rag‘batlantirishga, barcha vaziyatlarda ham muvaffaqiyatga erishish uchun sharoit
yaratishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |