Abdusaitova maftuna sadriddin qizining bitiruv malakaviy ishi mavzu: ertak va topishmoqlar vositasida


Topishmoq janrining bolalar nutqi shakllanishida tutgan o’rni



Download 69,67 Kb.
bet8/8
Sana01.07.2022
Hajmi69,67 Kb.
#727715
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5188171891994531912

2.2. Topishmoq janrining bolalar nutqi shakllanishida tutgan o’rni.
Xalqimiz og`zaki ijodining kichik janrlaridan biri topishmoqlardir. Bu janr ko`proq bolalarni kuzatuvchanlikka, hayotni mukammalroq bilishga, sinchkovlikka o`rgatadi. Ammo topishmoqlar folklorda faqat yosh bolalargagina taalluqli deb hisoblash to`g`ri emas, chunki topishmoq aytish va topish musoba qalarida kattalar ham qiziqish bilan ishtirok etaveradilar. Hatto olima Z. Husainovaning ma`lumot berishicha, uzun qish kechalarida urchuq yigirgan va olacha to`qigan xotinlar, Samarqand atrofida boshqa qishloqlardan to`yga kelib xonadonlarga bo`lingan mehmonlar o`zaro chaldirmoq (tez aytish), jumboq, ya`ni topishmoq aytishishgan.
O`tgan zamonlarda topishmoqlarni qish faslida uzoq kechalarni zerikmay o`tkazish uchun aytganlar. Topishmoq aytgan odamning topishmog`iga javob topilsa, u musobaqada yutqazgan, topilmasa g`olib chiqqan hisoblangan. Har ikki holatda ham mag`lub bo`lgan taraf yo g`azal aytgan, yoki biron hayvonga taqlid qilib ovoz chiqargan, yo qo`shiq kuylagan, yoki biron jismoniy ish qilgan: suv olib kelgan, qor kuragan, eshik supurgan va hokazo. Ma`lumki, badiiy tasvir vositalari qatorida istiora san`ati ham muhim o`rin egallaydi. Istiora so`zi “ko`chim” ma`nosini beradi. Agar biz do`stga nisbatan: “Mening arslondek do`stim bor”, desak, o`xshatish san`atini qo`llagan bo`lamiz. Ammo -dek qo`shimchasini va “do`stim” so`zini qoldirib, “arslonim bor” - desak, istiora san`ati yaratiladi. Topishmoqlarda ana shu san`at yetakchilik qiladi. Chunki biron narsa ikkinchi bir narsaga istiora san`ati vositasida o`xshatiladi va eng muhim xususiyatlari haqida ma`lumot beriladi. Masalan: ―Yer tagida oltin (tilla) qoziq‖ topishmog`ini olaylik. Bu topishmoq matnida yashiringan narsaning uchta muhim belgisi qayd etilgan:
1. Yer ostida ekani.
2. Oltinning rangida, ya`ni sariq ekani.
3. Qoziqqa o`xshashligi.
Bu belgilar orqali biz topishmoqning javobi sabzi ekanini topamiz. Matndagi ―qoziq‖ so`zi esa istiora san`atiga misol bo`lib kelgan.
Topishmoqlar shakl jihatidan nasriy va she`riy bo`ladi:
1. Tomdan tuxum irg`itdim. (do`l) — nasriy topishmoq.
2. U yoqqa o`tdim, bildingmi?
Bu yoqqa o`tdim, bildingmi?
Oq quvrayning boshini,
Chertib o`tdim, bildingmi? (shamol) — she`riy topishmoq.
Topishmoqlar xalq orasida jumboq, topmacha, top-top, cho`pchak, matal, masala, ushuk atamalari bilan atab kelinadi. Ilmiy asarlarda ―topishmoq‖ termini ―top‖ buyruq fe`liga ―ish‖ harakat nomini hosil qiluvchi shakl va ―moq» qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil bo`lgan, deb ko`rsatiladi.
Natijada ―topishmoq‖ so`zi xalq og`zaki ijodidagi alohida janr nomini bildirgan. Keyingi paytlarda shevalardagi yuqorida ko`rsatilgan atamalar deyarli yo`qolgan. Asosan ―topishmoq‖ nomi saqlanib qolgan. Xalqimiz orasida ―Kichkina dekcha, ichi to`la mixcha‖ (anor), ―Qoziq ustida qor turmas‖ (tuxum), ―Otdan baland, itdan past‖ (egar) kabi mashhur topishmoqlar bor. Ammo ―Qoragina popish, devolga yopish‖ (kaltakesak), ―Qizil yulg`unning tagida Qizlargul opam yotibdi‖ (qirg`ovul) kabi u qadar keng ommalashmagan va topish anchayin mushkul bo`lgan topishmoqlar ham bor. Ba`zan bitta narsaga atab bir necha topishmoqlar yaratilgan:
1. Yer tagida xo`l gavron.
2. Yer tagida yog`li qamchi.
3. Ko`prik ostida yog`li hasip.
4. Uzun ichak, uchi tugunchak.
Bu topishmoqlarning hammasida topilishi lozim bo`lgan narsa ilondir. Matnlarni diqqat bilan o`qisak, ularning mohiyati jihatidan bir-biriga juda o`xshash ekani aniq sezilib turibdi. Shuningdek, bitta topishmoq matniga bir nechta narsa javob bo`lib kelishi ham mumkin. Masalan: ―Uzun terak ichi kovak‖ topishmog`ining javobi aslida qamish hisoblanadi, ammo bu topishmoqqa ba`zan kuva, ba`zan miltiq, ba`zan mo`ri javob sifatida qabul qilinaveradi: qamishning ichi kovakligi kuvaga, miltiqqa, mo`riga o`xshaydi. Lekin bari bir ―Uzun terak, ichi kovak‖ning haqiqiy javobi qamishligicha qoladi. Chunki kuva, miltiq, mo`rining ichi kovak bo`lgani bilan matndagi ―Uzun terak‖ so`zlariga u qadar mos kelmaydi.
Shunday qilib, topishmoqlar xalq og`zaki ijodining kichik janrlaridan biri bo`lib, mohiyat jihatidan millat vakillarining ziyrak, sinchkov, kuzatuvchan bo`lishlari uchun xizmat qilar ekan.
Topishmoqlar xalq hayotida ma`lum e`tiborga ega bo`lgan narsa-predmetlar nomini topishga bag`ishlanadi va ahamiyatli hisoblanadi. Badiiy jihatdan mukammallik halq topishmoqlarining fazilatlaridandir. Bugungi kun topishmoqlarida fan-texnika yangiliklari ham munosib o`ringa ega
Topishmoq. Barcha xalqlar og’zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o’ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi. Topishmoqlarni ba’zan «topmacha», «jumboq», «matal» deb atashgan. Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor:
1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham.
2. Shaklan she’riy, nasriy ko’rinishga ega.
3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qo’yiladi.
4. Mazmunida hayvonot, o’simlik, koinot, maiShiy hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topiShga da’vat etiladi.
5. Topilishi lozim bo’lgan narsa, ko’pincha, bitta, ba’zan ikki va undan ortiq miqdorga ega bo’ladi.
6.Topishmoqlarda qo’llangan asosiy badiiy san’at istiora (metafora) hisoblanadi.
Topishmoqlarda topilishi lozim bo’lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Topishmoq hammabop ommaviy janrdir. Ularda xalq hayotining barcha qirralari - turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o’rab olgan olam o’xshatishlar, taqqoslashlar, savollar vositasida ifodalanadi. Topishmoqda yashirin ma’no ko’pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog’i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o’simlikka qiyoslangan holda beriladi. Topishmoqni yechmoqchi bo’lgan kishi unda keltirilgan ko’chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uni hayotdagi belgilarga to’g’ri kelishiga qarab javobni topadi. Topishmoq, avvalo, aqlni chiniqtiradigan, ayniqsa, bolalarni yoshlikdan mantiqiy fikrlashga undaydigan tarbiya vositasi bo’lsa, ayni paytda ko’ngilochar o’yin ham hisoblanadi. Topishmoqni aytilgan vaqtda yecha olmagan kishi «jazolanadi». Topishmoqning javobi uchun «shahar» yoki «qishloq» beradi.
Topishmoqlar kishining tasavvuri va tafakkurini o’stiradi, ayniqsa, bolalarni topag’on bo’lishga, hozirjavoblikka o’rgatadi. Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda to’qiladi. Ular o’zida yashiringan predmetlar miqdoriga qarab bir va bir necha misrali bo’lishi mumkin. Topishmoqlarda narsalarning sifati, belgilari, o’xshashligi, mayda unsurlari batafsil ta’rif qilinadigan bo’lsa, ular ikki, uch, to’rt va undan ko’p misralarda ifodalanadi. Bulardan tashqari qochiriqlar, ramziy obrazlar, mubolag’ali so’zlar ko’paygan sari topishmoqlar hajmi oshib boradi. Topishmoqlarda o’xshatish, sifatlash, mubolag’a, kichraytirish, metafora, jonlantirish kabi badiiy tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi.
Topishmoqlar tuzilishiga ko’ra bir yoki bir necha predmetli bo’lishi mumkin. Masalan, «Qoziq ustida qor turmas» (tuxum). Ushbu topishmoqda bir predmet -tuxum o’zining rangiga ko’ra qorga, shakli jihatidan o’tkir uchli narsa «qoziq» ustida turolmaydigan suyri (ellips)ga o’xshatilyapti. «0’zi bir qarich, soqoli qirq qarich» (igna) topishmogi ham bir predmetli bo’lib, ignani anglatadi. Undan o’tkazilgan uzun ip soqolga o’xshatilyapti. Topishmoqlarning bir necha predmet yashiringan turlari ham bo’ladi. Masalan, «Bir daraxtda o’n ikki shox, har shoxda o’ttiz yaproq - bir yog’i qora, bir yog’i oq» topishmog’ining javobi yil (daraxt), o’n ikki oy (shox), o’ttiz kun (o’ttiz yaproq), o’ttiz kecha va kunduz (bir yog’i qora, bir yog’i oq).
Topishmoq shunday ajoyib janrki, unda g’ayritabiiy tuyulgan narsa aslida siz bilan biz kundalik hayotda ko’rib-bilib turgan narsa bo’lib chiqadi. «Teg desa tegmaydi, tegma desa tegadi» (lab) yoki
«Chin qushim, chinni qushim,
Chin tepaga qo’ndi qushim,
Tumshug’ini yerga berib,
Xalqqa salom berdi qushim». (Choynak)
Topishmoqlar xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari, jumladan, doston va ertaklar ichida ham uchraydi. Ular doston va ertaklar mazmunini boyitib, ularning qiziqarliligini, o’qishliligini ta’minlaydi. Agar esingizda bo’lsa, doston yoki ertak qahramonlari bir-birlarining aqli va farosatini topishmoqlar orqali sinaydilar. Bu hodisa ko’proq ertaklarda uchraydi. Topishmoq qatnashadigan ertaklar ikki xilda bo’ladi: Birinchisi, topishmoqli ertak bo’lib, bunda topishmoq ertak ichida keladi. Ikkinchisi, ertak-topishmoq hisoblanib, undagi asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo’ladi.
Topishmoqlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib, ular olam va odam bilan bog’liq barcha narsa va hodisalami qamrab oladi. Masalan, tabiat hodisalari, yil fasli va mavsumlar, hayvonot dunyosi, odam, uning a’zolari va xislatlari, mehnat va o’quv qurollari, cholg’u asboblari, turar joy, uy-xo’jalik asboblari, qurolyarog’lar haqida bo’liShi mumkin. Bundan tashqari topishmoqlar o’zining yaratilish davriga ko’ra an’anaviy topishmoqlar va yangi, zamonaviy topishmoqlar sifatida bir-biridan farqlanadi. An’anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etgan bo’lsa, zamonaviy topishmoqlarda kundalik turmushimizdagi o’zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o’z ifodasini topgan. Masalan: Bir parcha patir, Olamga tatir. (Oy); Zar gilam, zar-zar gilam, Ko’taray desam, og’ir gilam. (Yer); Teg desam, tegmaydi, Tegma desam, tegadi. Kel, kel desam, kelmaydi. Kelma desam, keladi. (Lab);, Yer tagida oltin qoziq.(Sabzi) Maqol va topishmoqlar, o’zlarining o’xshash va farqli jihatlaridan qat’i nazar, inson tarbiyasiga xizmat qiladi.

2-bob bo`yicha xulosalar

1.
2.
3.

Umumiy Xulosalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

ILOVALAR



1D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.: «Barkamol fayz media», 2018, – 7-b.

2 D.R. Babayeva. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. (Darslik). – T.: «Barkamol fayz media», 2018, – 11-b.


Download 69,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish