Abduraxmonov eralining


II. 1. O. Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanidagi voqelik va qahramon ichki ruhiyat



Download 421 Kb.
bet11/14
Sana08.02.2022
Hajmi421 Kb.
#437490
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
o\'zbek adabiyotida tarixiy romanlar

II. 1. O. Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanidagi voqelik va qahramon ichki ruhiyati
Odil Yoqubovning romanchiligi zamonaviy o’zbek nasrining badiiy tasvir imkoniyatlarini, ko’rku salobatini ko’rsatishi bilan xarakterlidir. “Ulug’bek xazinasi” romanida yozuvchi asar qahramonlari boshdan kechirgan voqealarni ko’rsatishni emas, balki ularning ichki dunyosini ochish asnosida Ulug’bek davrining badiiy manzarasini chizishga e’tibor beradi. Ma’lumki, hayotga faol aralashgan kishilar kishilar hamisha ziddiyatlar qurshovida bo’lishadi. Hukmdorlar o’z mavqelariga ko’ra jamiyat ishlariga faol aralashishga majburlar. Har bir inson o’z hayotidagi burilish davrlarida, kuchli qarshiliklarga duch kelganda turli – tuman o’ylarni boshidan kechiradi. Romanda bosh qahramon ana shunday o’ylar og’ushida ko’rsatiladi. Asarda Ulug’bek ham adolat va insof jilovini mahkam ushlashga uringan podshoh, ham tengsiz olim sifatida ko’rsatiladi. Yozuvchi ulug’ olim va adolatli shohning hayotini boshdan-oxir tasvirlashni maqsad qilmaydi. Ulug’bek hayotining og’ir va fojeali damlarga to’la so’nggi pallasini ko’rsatish mobaynida u muloqot va faoliyatda bo’lgan ko’plab kishilarning tabiatini aks ettirgan.
Adib romanda o’z otasiga qarshi bosh ko’targan Abdullatif ruhiy olamini ochishga, tuyg’ular tizimini ko’rsatishga e’tibor beradi. Yozuvchi Abdullatif tabiatidagi padarkushlik ildizini uning mutaasib kimsalar ta’sirida tarbiyangani va Ulug’bekni islom diniga qarshi, deb o’ylaganida ko’radi. Bu holat Ulug’bek Abdullatifga:”Menga hech narsa kerak emas. Bu toju taxt, saltanat, shon-shuhrat – bari o’zingga buyurgay, faqirga yolg’iz rasadxonani in’om etsang bas! Azmim qolgan umrimni “Ziji Ko’ragoniy”ni tugatib, mutolaa ila kun kechirmoqdir”, - deganida, bo’lajak padarkush o’g’ilning samimiy jazavaga tushib: “Tag’in rasadxona! Tag’in “Ziji Ko’ragoniy”! mudarris dastorini o’ragan murtadlarni qanotingiz ostiga olib, din peshvolarini oyoq osti qilmishsiz! Bul uchun haq taoloning qahriga, payg’ambar alayhissalomning qarg’ishiga uchrab, taxtu tojdan, saltanatdan ayrilmishsiz. Ammo istig’for aytmoqni tilamay, tavba-tazarru qilmoqni istamay, tag’in rasadxonani o’ylaydirsiz!.. Ey parvardigori olam! Gunohi azimga botgan bu osiy bandangni o’zing avf etgaysan…”, - deganida aks etadi.
Asarda Abdullatif taxt yo’lida hech narsadan qaytmaydigan qonxo’r sifatida ko’rsatilmaydi. Yozuvchi uni o’qimishli, sinchkov, iste’dodli, ammo o’zini otasi tomonidan qadrlanmagan o’g’il deb biladigan sershubha shaxs tarzida tasvirlaydi. Bu holat uning Ulug’bekka aytgan: “Balli, sizday padarga! Sizning yaxshiligingizni bilurmiz. Tarnob jangida jonbozlik ko’rsatgan kim? Men! Ammo muzaffar yorlig’i kimning nomiga bitildi?... Ixtiyoriddin qal’asidagi bobom Amir Temurdan qolgan tillalarimni tortib olgan kim? Yana siz, valine’mat padarim! Ne chora? Mute farzand indamay bosh egdik va lekin bas! Sohibqiron oltinlarini qayga yashirdingiz, soyaboni marhamat?” – so’zlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Muallif Abdulatifning xatti-harakatlari sababini anglashga, uning sa’jiyasidagi ko’zdan yashirin jihatlarni ochishga e’tibor qaratgan.
Romanda Ali Qushchining sadoqati, Mavlono Muhiddinning sotqinligi, shayx Nizomiddin Xomushning insofsizligi, tuzukkina shoir Abdullatifning taxt ilinjida o’zgalar qo’lida qo’g’irchoq bo’lgani ishonarli tasvir etilgan. Yozuvchi har bir qahramon xarakter xususiyatlari, tabiatidagi o’zgarishlarni badiiy dalilashga erishadi. Asarda Ali Qushchi shohga shogird bo’lgani uchungina emas, balki ilm-fanning odamlar hayotidagi ahamiyatini yushungani, ilm durdonalari mutaasiblar qo’lida qolsa, millat rivoji orqaga surilishini bilgani sababli ham xatarli bo’lsa-da Ulug’bekning yo’lidan yurishi asosli ko’rsatilgan.
Yozuvchi ijod jarayonining mahsuli bo’lgan qaharamonning qaysi jihatini ko’rsatmasin, avvalambor, muallif nutqi yetakchiligida uning qiyofasini to’lig’icha kitobxonga namoyish qilishga urinadi. Masalan, O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanida turli tabaqa, turli xarakter, turli e’tiqod, turli aft-bashara-yu, rang-ro’yga ega qahramonlar ishtirok etadi.
Yozuvchi ana shu qahramonlarning har birini o’zgacha xususiyatlar bilan ko’rsatish, milliy qiyofalarini alohida yoritish uchun portret usullaridan unumli foydalanadi.
Portret – faqatgina qahramonlarning asarda chizilgan tashqi qiyofasi tasviri emas, balki badiiy asarda qahramonlarning ichki va tashqi ruhiy holatlaridagi asosiy detallarni, ya’ni imo-ishoralari, o’zlarini tutishlari, xatti-harakatlari, kiyinishlari, urf-odatlari, aft-angorlari, qaysi milliy qiyofaga mansubliklari, so’z vositasida muallif nutqida, ba’zida esa bir qahramonning boshqa qahramonga nigohi orqali beriladi. Xoh muallif, xoh qahramon nutqida obrazning portreti chizib berilmasin, yozuvchining maqsadi bitta, u ham bo’lsa, qahramonining ichki qiyofasidagi o’zgarishlarni tashqi qiyofasi bilan uyg’unlashtirib, mukammal tip yaratib berishdir.
“Ustod, ko’zlari yarim yumuq, boshini egib, xayolga tolib o’tirardi. Uning cho’zinchoq qoramag’iz yuzi so’lg’in, keng peshonasi va qiyg’ir burnining ikki yonidagi ajinlari quyuqlashgan, zotan, butun vujudida, katta yalpoq kaftlarini tizzasiga horg’ingina tashlab o’tirishida chuqur iztirob, izhor etish qiyin bo’lgan teran bir mung bor edi” (11 bet). Ushbu tasvir orqali Ulug’bekning qiyofasi kitobxon ko’z o’ngida namoyon bo’ladi hamda muallif mazkur asarning qahramoni sifatida uning portretini “Ulug’bek” qiyofasi tarzida emas, balki qahramoniga bo’lgan hurmatini ochiq bayon qilib “ustod” deya tasvirlaydi.
Ustodning fojiali holatini, o’z pushtikamaridan bo’lgan zurriyodining qilmishlaridan aziyat chekishini shu qadar “rassomlardek” mohirona chizib ko’rsatadiki, oxir-oqibatda ko’z o’ngimizda jahldor, cho’rtkesar hukmdor emas, ilojsizlikdan, yalpoq kaftlarini tizzasiga horg’ingina tashlab o’tirgan Ota qiyofasi namoyon bo’ladi.
Yozuvchi Ulug’bekning portretini, o’sha paytdagi dramatik holatini yanada yaqqolroq ko’rsatish maqsadida muallif yetakchiligida uning qiyofasidagi hech bir belgini, detalni nazardan qochirmaydi. “Ulugbekning cho’zinchoq qoramag’iz yuzi so’lg’in, keng peshonasi va qiyg’ir burning ikki yonidagi ajinlari quyuqlashgan” – ushbu tasvirning o’zigina qahramonning kayfiyatini, ichki olamini ochib beryapti.
Ayniqsa, o’z o’g’li bilan jangga hozirlik ko’rayotgan Otaning qiyofasini, ichki dardini uning portret tasviri orqali anglab olish mumkin. “Chinakam so’z ustasi hamisha tashqi ko’rinish orqali qahramonlarning ma’naviy –ruhiy olamiga kirishga intialdi. Shuning uchun ham portret tushunchasi ikki ma’noni (tor ma’noda) va qahramonlarning butun individual-psixologik qiyofasi (keng ma’noda)ni ifodalaydi10
“hamma sukut saqlardi. Mirzo Ulug’bek uyqusizlikdan qizargan ko’zlari bilan amir va sarkardalariga bir-bir tikildi. Mana, uning suyangan tog’lari! Hammasining ustida avrasi movut savsar va tulki po’stin, qimmatbaho kimhob to’n, boshlarida la’l va inju qadalgan qunduz telpak, tilladan jilo berilgan uchli dubulg’a, bellarida kumush va oltin kamar, dastalari fil suyagidan yasalibdur qadalgan qilich va xanjar… Bularning hammasi Ulug’bek davrida arkoni harb va arkoni davlat bo’lishdi, yuksak rutbalar olishdi. Lekin bu kun boshiga mushkul tushganida qay biriga ishonadi? Qay biriga suyanadi – buni onhazratlarinig o’zi ham bilmaydi”… (58- bet).
Bu yerda endi shoh, olim Ulug’bekning davrida obro’-e’tiborga, oltin javohirlaru yuksak martabalarga erishgan amirlarning qiyofasi…
Yozuvchi ularning portretini muallif nutqida, tasvirida bermaydi, balki Ulug’bekning jangda mag’lub, tushkun qiyofasini yanada bo’rttirib ko’rsatish maqsadida uning uyqusizlikdan qizargan ko’zlari nigohi bilan tasvirlaydi.
Mana, Ulug’bekning ishongan tog’lari, lekin boshiga mushkul tushib, o’z pushtikamaridan bo’lgan farzandi bilan toju taxt talashib mag’lub bo’lganida, bularning qay biriga ishonadi. Yozuvchi qahramonining shu kabi iztiroblari, o’y –xayollarini uning ko’z nigohi va ichki nutqi bialn qo’shib kitobxonni voqealarning shiddatkor fojiali nuqtalariga yetaklaydi.
Agarda yozuvchi muallif yoki boshqa qahramon nigohida jangga hozirlik ko’rayotgan amiru lashkarboshilar “avrasi movut savsar va tulki po’stin, boshlarida la’l va inju qadalgan qunduz telpak, bellarida kumush va oltin kamar” va hokazo kiyib olishgan, deb quruq bayon berganida Ulug’bekning jang oldidagi qiyofasi bu qadar jonli chiqmagan bo’lardi.
Yozuvchining mahorati tufayli yuqoridagi tasvirda ham Ulug’bekning qiyofasi, ham amiru sarkardalar qiyofasi badiiy til vositasida, portretda o’ziga xos ma’no kasb etib turibdi.
Demak, yozuvchi portret yaratish jarayonida faqatgina muallif nutqiga tayanmay, balki bu vazifani qahramonning ichki nutqiga, nigohiga yuklashi mumkin. Qahramon esa bu vazifani bajarishda muallifning ko’magida boshqa obrazlarning qiyofalarini o’z ichki tuyg’ulari va kechinmalari bilan qo’shib quruq so’z bilan emas, balki portret tasvirida badiiy yoritib beradi. Bu degan so’z, ya’ni muallif o’z vazifasini qahramon nutqiga yuklashi, muallifning tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga, qahramonlariga loqaydligi emas, balki badiiy asarda tasvir xilma-xilligini ta’minlab, xarakterlar ruhiyatini bir-birining nutqi bilan baholaydi.
“Ali Qushchi xayolini chulg’ab olgan tumandan qutulmoqchi bo’lganday boshini qattiq silkib, ko’zini ochdi. Shahzoda uning ro’parasida turar, uning kirtaygan ko’zlarida soxta tabassum jilva qilardi” (219-bet).
Mana shu kichkina tasvirda Ali Qushchining nuqtai nazarida, padarkush shaxzoda Abdullatifning qiyofasi berilayapti. Qizig’i shundaki, o’z padari, pushti-panohi bilan saltanat talashgan, tojutaxt deb uni qatl etgan shaxzoda Ali Qushchining oldida go’yo o’zini oqlamoqchi bo’ladi. Uning ahvol-ruhiyatidagi tashqi detallarni u bilan yonma-yon turgan, uning ayanchli taqdirini oldindan sezib turgan, his qilgan Ali Qushchidan boshqa hech kim ilg’ay olmasdi.
O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” romanini o’qib tahlil qilar ekanmiz, muallif nutqi yetakchiligida juda xilma-xil portret tasvirlariga duch kelamiz.
Mavlono Muhiddinning qizi Xurshidabonu, Abdullatif va Abdulazizlarning portretlari bir xil vaziyatda ichki kechinmalari bilan uyg’unlashtirilib beriladi.
Xurshidabonu ham otasidek ilmli, bilimli, aql-zakovatli, ammo qo’rqoq emas. U Ulug’bekning o’limi xabarini eshitganda (ayollarga xos!) alamdanmi, faryoddanmi ro’molining uchini barmoqlariga o’rab lablarini himarib (yig’lamoqchi) osmondagi oyga tikilib qolgan edi. (go’yoki Ulug’bek tirikligida osmondagi oy misol edi).
Abdulaziz – Ulug’bekning o’g’li, faqat kasalmand-telba. Uning portreti asar voqeasidan ham ko’ra dahshatli qilib chiziladi. Chunki ota o’limini eshitgan farzandning tishlari bir-biriga tegmay shaq-shaq qilishi, iyagi osilib vujudi ayanchli tus olishi tabiiy.
Mirzo Abdullatif ham farzand. Ammo u farzandlarning padarkush, mal’un toifasidan.
Bu tahlillardan ko’rinib turibdiki, qahramonlarning ichki dunyosini chuqur yoritishda tashqi ko’rinish va holat tasvirining ahamiyati katta. Ayniqsa, yozuvchi muallif nutqi yordamida qahramonlarning o’zlari izhor etib berolmaydigan jihatlarini yuz harakatlari, ko’z holatlari orqali yorqin tasvirlaydi. Natijada qahramonning xarakteri to’liq gavdalanadi.
Padarkush Abdullatifning vahimadan katta-katta bo’lib ketgan ko’zlari uning ruhiyatidagi vasvasani bo’rttirib ko’rsatayapti.
Demak yozuvchi “Ulug’bek xazinasi” romanida muallif nutqi yordamida qahramonlarning xarakter xususuiyatlarini ochib berishda hamda voqealarni keskin rivojlantirishda portretdan unumli foydalanadi. Shu bilan go’zallik va ezgulikni ulug’lab, xunuklik va yovuzlikni rad etishga intiladi.
“Ulug’bek xazinasi” romanida Ulug’bekning ma’naviy xazinasi – qirq yil saltanat tebratib orttirgan boyligi – rasadxonada yaratgan ilm-fan, jang’argan, bitilgan kitoblar taqdiri, ularni johil gumrohlardan asrab, kelgusi avlodga qoldirish masalasi syujet to’qimasini tashkil etadi.
Ulug’bek saltanatining inqirozi, padarkush Abdullatif davrida ilm-fan, madaniyatning oyoq osti qilinishi bilan bog’liq fojiali voqealar, kurashlar, aloqalar zaminida harakat qilgan obrazlar mazmuni ana shu ma’naviy xazinaga munosabatda yoritiladi.
Yozuvchi asardagi eng muhim voqealar, obrazlar talqinida tarixiy faktlarga tayanadi. Asar Ulug’bek hukmronligi davrining inqirozga yuz tutgan so’nggi tahlikali kunlaridan boshlanadi.
Yozuvchi Amir Temurning Keshda ajoyib “Bog’i Bihishtni” barpo qildirgan va bu bog’ning Ulug’bek xotirasiga saqlanganini aytar ekan, uning hozirgi taqdiri Ulug’bekka qorong’u ma’lum bo’ladi. Bog’ xayoliga berilib ketgan Ulug’bek hamma narsani unutadi. O’ziga kelganda esa “Oftob botgan bo’lsa kerak, tevarak qorong’ilashib qolgan, havo sovib, yana kechagiday etni junjuktiruvchi izg’irin esa boshlangan edi” (47-bet).
Paytni bildirishda tabiat holati bilan birgalikda personajlarning kiyimlari ham yordamga keladi.
Mirzo Abdullatif taxtga o’ltirgach, uni tan olib, ”barcha zoti shariflar, arkoni harb va arkoni davlat, a’yon va boyonlar, bek va bekzodalar Ko’ksaroyga tashrif buyurishadigan bo’ldi”. ”Egnilariga la’l va dur qadalgan zarbof to’n, avrasi kimxob, tulki tumoq va oltin rang suvsar po’stin, boshlariga qimmatbaho qunduz telpak, tulki tumoq va oltin rang suvsar bo’rk kiygan bu kibru havo asilzodalar” (180-bet) ning bu kiyim-boshlari orqali voqealar o’tayotgan fasl anglashiladi.
Personaj holati peyzaj bilan uyg’unlashganda, har ikkala komponent bir-birini ta’kidlashga ko’maklashib turadi. Odil Yoqubov ”Ulug’bek xazinasi” romanida badiiy tasviriy vositalardan bo’lmish peyzajdan imkoniyatlarini inkishof etadi. Yozuvchi o’z qahramonlari – Ulug’bek va Ali Qushchilar orqali hayotni, hayot go’zalligini ulug’lab, zamonamiz uchun ahamiyatli bo’lgan muammolarni tadqiq etadi.

Download 421 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish