Abdurauf Fitrat (1886-1938) - Abdurauf Fitratning hayoti haqida qisqacha
- Abduruf Abdurahibiy oʻgʻli siyosiy faoliyati
- Birinchi oʻzbek professori va unga boʻlgan eʼtirof.
1917 yili Fevral voqealaridan so’ng siyosiy faoliyat bilan shug’ullandi. “Yosh buxorolilar” inqilobiy partiyasiga sarkotib bo’lib saylandi. Samarqandlik ilg’or yoshlarning “Hurriyat” (1917) gazetasida keskin maqolalar bilan chiqdi. Ko’p o’tmay, unga redaktorlik qildi. (1917 yil 27-sondan 1918 yil
Biroq, bir tomondan, amir va u suyangan mutaassib a’yonlar, ikkinchi tomondan, chor kalonial siyosatining bolsheviklar tomonidan o’zgarishsiz qolishi Yosh buxorolilarning mustaqillik va demokratiya haqidagi orzulari amalga oshishiga yo’l bermadi. Shu sababli “bolshevik balosi” bosh ko’targan 1917 yilning Oktyabrini “Yurt qayg’usi” deb baholadi. Shunga qaramay, u kelajakdan umid uzmadi. 1917 yilgi Turkiston muxtoriyatini so’ngsiz mehr bilan qarshi oldi. U e’lon qilingan 27 noyabrni “Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi. 1918 yil 19-20 fevralidan Turkiston muxtoriyati sovetlar tomonidan qonga botirildi va u “Qo’qon voqeasi” nomi bilan tarixga kirdi.
Fitratning Toshkentdagi eng yirik ishlaridan biri “Chig’atoy gurungi” jamiyatini tashkil etishi bo’ldi. Jamiyat o’zbek tili va adabiyotinigina emas, umuman o’zbek madaniyatining shakllanish va taraqqiyot tarixini yangi, zamonaviy ilm asosida o’rganishga asos soldi. Fitrat 1920 yil 9 aprelida “Tong” jurnalining 1-sonini bosmadan chiqardi. Jurnalda “Chig’atoy gurungi” a’zolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, uning 3-soni chiqib, to’xtab qoldi
1920 yili Fitrat Buxoroga keladi. 1921 yildan xalq maorifi noziri, yana bir yil o’tgach, Xorijiya noziri, xalq xo’jaligi yig’ilishining raisi, jumhuriyat MIK o’rinbosari. Xalq nozirlari sho’rosining muovini, Hukumat plan va smeta tashkiliy hay’atining raisi, BXShJ Mehnat kengashining Prezidium a’zosi vazifalarini olib boradi. Jumhuriyat ijtimoiy-madaniy hayotining hamma masalalarida faol ishtirok etadi.
1930 yildan unga siyosiy ayb qo’yila boshlandi. 1937 yil 24 aprelda hibsga olindi va bir yarim yillik qiynoqlardan so’ng 1938 yil 4 oktyabrida otib o’ldirildi.
1923-24 yillarda Fitrat Moskvadagi sobiq Sharq tillari (1921 yildan Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot) institutida ishladi, ilm bilan shug’ullandi. Leningrad Davlat universitetining Sharq fakultetida Sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma’ruzalar o’qidi, professorlikka saylandi. Fitrat O’zbekistonga 1927 yili qaytib keldi. Samarqandda yangi tashkil topgan Oliy pedagogika instituti (hozirgi SamDU)da ish boshladi. U o’z hayoti davomida yuzlab jangovor maqolalar, o’nlab ijtimoiy-siyosiy risolalar yaratdi. Birgina Turkiston matbuoti emas, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, Kavkaz, Volgabo’yi matbuotida faol ishtirok etdi.
Fitrat asarlari u hayotlik paytidayoq yuksak baho olgan, boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni qayta “tanitish” 80-yillarning ikkinchi yarmida boshlandi. O’zMU professori B. Qosimov 1994 yili “Fitrat” monografiyasini e’lon qildi. H. Boltaboev “20 asr o’zbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi” (T., 1996), I. G’aniev “Fitrat dramalari poetikasi” (T., 1998) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning ijodiy merosi B. Ergashev, D. Toshqo’ziev kabi faylasuflar, huquqshunoslar tomonidan ham o’rganilmoqda
Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko’chalar, maktablar bor. Tug’ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |