Abu Nasr al-Forobiy
-XI asr mutafakkiri va mashhur olimi, faylasuf Abu Nasr al Forobiyning sharq musiqa madaniyatida qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning yaratgan asarlari falsafa, matematika, astronomiya, musiqa va aniq fanlarni qamrab olgan. Abu Nasr al-Forobiy taxminan 873-950-yillarida yashab ijod qilgan. To‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug ibn Tarxon al-Forobiybo‘lib, Forob shahrida (sirdaryo) tug‘ilib, bolalik davri shu shaharda o‘tgan. Bolalikdan adabiyot, musiqa, aniq fanlarga qiziqib, shu fanlarni mukammal o‘zlashtirish uchun samarqand, so‘ng Buxoro shaharlarda tahsil oladi. Manbalarda Forobiy hayoti va ijodiga oid kam ma’lumotlar berilgan, lekin uning iste’dodi, bilimdonligi va nihoyatda kamtarinligi to‘g‘risida ko‘p musiqashunos-tarixchilar o‘z asarlarida ko‘rsatib o‘tgan. Jumladan, taniqli musiqashunos O.Matyoqubov “Forobiy sharq musiqasi asoslari to‘g‘risida” asarida quyidagi dalillarni keltirilgan: Rivoyat qiladilarki, bir kuni Forobiy vazir sohib Abbad bilan uchrashish maqsadida Ray shahriga keladi. U nihoyatda oddiy kiyinganligi uchun hech kim tanimas edi. Bir muddat vazir va ashrofzodagonlar orasida o‘tirib, Forobiy xaltasidan “g‘ijjak” ni olib, turli kuylarni ijroetadi. Kuyning birinchi qismi shodlik,xursandchilikdan dalolat berardi, ikkinchi qismi esa qayg‘u hissiyotini keltirardi va oxirida ohang ta’sirida barcha shinavandalarga uzoq uyqu baxsh etardi. Forobiy musiqa asbobining dastasiga “Forobiy keldi, ishtirok etdi va ketdi” degan so‘zlarni yozib ketadi. Uyqudan turgan vazir sohib Abbad Forobiy kelganligi va ketganligini bilib, afsusda qoladi. Ushbu fikrlar shundan dalolat beradiki, Forobiy o‘z bilimi va iste’dodi bilan sharq xalqlari orasida mashhur bo‘lib, ‘’ikkinchi o‘qituvchi” nomini olgan. Yillar davomida Forobiy qadim yunon olimlari Pifagor, Aristotel, Ptolomey, Aristoksen asarlarini o‘rganib, mutafakkirlarning estetik qarashlar, falsafiy tadqiqotlari bilan tanishib chiqadi. Forobiyning yaratgan asarlarida Yunon olimlarining fikrlari o‘z o‘rnini topadi. Forobiy tomonidan musiqa sohasiga bag‘ishlangan asarlar bebahodir. Jumladan, “Kitob-ul-musiqa-ul-kabir”(Katta musiqa kitobi), “Kitob -ul-iqo‘”, “Kalom fil musiqa”, Kitob-fi-iqsa ul-iqoat”, “Kitob fi iqsa al-ulum” Ushbu asarlardan musiqa madaniyatida yuqori o‘rin olgan “Kitob-ulmusiqa-ul-kabir”(Katta musiqa kitobi) dir. Forobiy bu asarni xalifa Rozining vaziri Karxiy taklifi bilan yaratgan. Bu asarga musiqashunoslar tomonidan yuqori baho berilib, ensiklopedik asar hisoblanadi va asl nusxalari beshta bo‘lib, jahondagi nufuzli kutubxonalarda saqlanadi. Asar ikki katta qismdan (ikki kitob) iborat, birinchi qism sakkiz bobdan, ikkinchi qism to‘rt bobdan iborat bo‘lib, quyidagi tartibda shakllangan.
«Kitob-ui-musiqa-ul-kabir»(Katta musiqa kitobi) ning qisqacha tahlili Birinchi qism - musiqa san’atiga kirish.
Birinchi bob:
1. Kuy, musiqa so‘zlarining ahamiyati.
2. Musiqa san’atining turlari. Nazariy va amaliy bilimlar.
3. Ijro uslubi.
4. Kuylarning yaratilishi.
5. Kuylarning yaratilishi va ijrodagi munosabatlari.
6. Kuylarning turlari va ularning belgilari.
7. Kuylarning kelib chiqishi, ahamiyati va xususiyatlari.
8. Musiqa asboblarining yaratilishi. ”Ud” musiqa asbobigacha yaratilgan musiqa asboblar to‘g‘risida.
9. Amaliy mashg‘ulotlarini olib borish. Nazariy va amaliy bilimlarning mushtarakligi.
10. Musiqa ilmining rivojlanishi.
1l. Musiqa va she’riyatning tuzilishi. musiqa va matematika.
12. Tajriba, natija va uning isboti.
13. Musiqa olimi to‘g‘risida.
Ikkinchi bob - musiqa san’atining muqaddimasi.
1. Inson idroki uchun tabiiy bo‘lgan kuylar, an’analar.
2. Kuylarning asosiy omillari, kuylarning to‘ldirishi va ularning bezatilishi,
3. Tovushlarning tabiiy balandligi, balandlik darajasi.
4. ”Ud” musiqa asbobining tabiiy tonlarini taqsimlanishi.
5. Kuyning takomillashtirish omillari.
6. Intervallar va ularning muhokamasi.
7. Intervallarning bo‘linishi (Jinslar).
8. Qattiq va yumshoq jinslar.
9. Intervallarning tafovuti.
10. Musiqa san’atining nazariy asoslari.
11. Musiqa amaliyotining o‘nta ohangdoshligi. musiqa bezaklari.
Ikkinchi qism - musiqa san’ati.:
1. Tovushlarning paydo bo‘lishi.
2. Tovush balandligining sabablari.
3. Tovush balandligi va farqi.
4. Intervallar to‘g‘risida.
5. Barcha intervallarning bo‘linish orqali paydo bo‘lishi.
6. Intervallarning ohangdoshligi va noohangdoshligi.
7. Qoldiq intervallar, intervallarni hisoblab chiqarish va joylashtirish.
8. Tovush qatorining ketma-ketligi.
9. Tonlarning joylashuvi. Funksiyaning ahamiyati.
10. Tabiiy funksiyalar.
11. Funksional asoslari.
12. Intervallar va tonlarning almashuvi.
13. Jins almashuvi natijasida paydo bo‘lgan tonlarning soni.Ikkinchi bob: Keng tarqalgan musiqa asboblari.
Xarakterli intervallar to‘g‘risida.
1. Ud musiqa asbobi to‘g‘risida va uning tuzilishi.
2. Ud musiqa asbobining tizimi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Forobiy o‘z asarida musiqa nazariyasi va amaliyoti, musiqa asboblari bilan birgalikda maqomlar to‘g‘risida ma’lumot beradi. Forobiy o‘rta osiyo va sharq xalqlarining musiqiy ijodiyoti va an’analarini, o‘z zamondoshlari va qadim yunon olimlarini asarlari bilan yaqindan tanishganligi sababli, nazariy va amaliy bilimlar ushbu asarida o‘z isbotini topgan. Mutafakkirning so‘ngi umr kunlari Aleppo shahrida o‘tgan va shu yerda vafot etgan. Forobiyning musiqiy-nazariy merosi olimlar tomonidan уillаr davomida o’rganilib kelmoqda. Forobiyning shoh asari kelajakda musiqa sohasida yaratiladigan asarlarga poydevor bo‘lib kelmoqda
Ana shunday xalqchil va ustozona qatlamlar orqali bizgacha yetib kelgan musiqiy madaniyatimiz tufayli tarixan juda qisqa muddatlarda O`zbekistonda yanada yangicha, ko`p ovozli milliy kompozitorlik ijodiyoti o`zil - kesil shakllandi, o`z qiyofasiga ega bo`ldi, jadal ravnaq topdi. Bunda xalq musiqamiz, ayniqsa, maqomchilik an’analari faqat hayotbaxshlikni taxminlabgina qolmay, balki mahsuldor zamin bo`lib xizmat qildi.
Ma’lumki, ulug‘vor maqom san’ati milliy ma’naviy mulkimizning eng qimmatli va ardoqli xazinasidir. Uning asl namunalaridan necha-necha avlodlar bahramand bo`lib kelishmoqda. Hatto keng ko`lamli targ‘ibot uchun rasman taqiqlangan paytlarda ham maqomlarning mavqei, amaliy-hayotiy mohiyati saqlanib qolaverdi. Xalqimizning yuksak ongi, didi, ruhiy talab va ehtiyojlariga bastakorlik ijodiyoti, ustozona hofizlik va sozandalik ijrochiligi ma’naviy ozuqa berib kelgan. Shu bois bunday san’at ustalari el - yurtimiz orasida hamisha qadrlanganlar va ezozlanganlar.
Buyuk istiqlol tufayli musiqiy madaniyatimiz eski siyosiy - mafkuraviy tazyiqlardan xolos bo`ldi. Shu bilan birga, u ko`xna mumtoz an’analarimizning to‘la tiklanishiga, ayniqsa, yosh avlodlarni bilimdon, savodxon, ma’naviy barkamol darajada tarbiyalashga misli ko`rilmagan imkoniyat yaratdi. Xususan, biz aynan mustaqillik davrida ko`xna maqom ijrochiligi va an’anaviy ijodkorligida yuzaga kelgan yangicha ijodiy salohiyatning tiklanishini kuzatishga muyassar bo`lmoqdamiz.
Diniy-falsafiy ashulalar masalasiga kelsak, bular, avvalo bizning tarixiy boyligimizdir. Kimgadir g‘ayri tabiiy tuyo`lsa ham, bu yo`nalishga to`siq bo`lmaslik aslida ozodlik, erkinlik, yuksak madaniyatga xos chinakam demokratik tamoyillarning amaldagi yaqqol ifodasi bo`lsa kerak. Chunki mumtoz sharq she’riyatida bitilgan ilohiy, tasavvufona mavzular o`tmish musiqamizda o`zining ohanrabo, ta’sirchan ifodasini topgan va qadrlangan. Bunday ashulalarning o`z tinglovchilari, asosan, keksalar orasida shinavandalari, muhlislari bor. Buni albatta, hisobga olish zarur bo‘ladi.
Kezi kelganda shuni ham ehtirof etish kerakki, Ovrupaga turdosh zamonaviy musiqa ijrochiligi bo`yicha, jumladan, fortepiano, torli, damli va zarbli cholg’ular, akademik uslubdagi xonandalik ixtisosliklaridan ko`plab iqtidorli yosh musiqachilarimiz voyaga yetmoqda. Ularning aksariyati respublika va chet mamlakatlarda nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtirok etishib, sovrindorlikni qo`lga kiritishayotgani quvonarli holdir.
Xulosa qilib aytganda, musiqiy madaniyatimizning xalq ma’naviy hayotidagi o`rni beqiyosdir. Musiqiy madaniyat xalq ma’naviy dunyosining ajralmas qismi bo`lib, uning ma’naviy ehtiyojini barcha davrlarda qondirgan va har doim hamdard bo‘lgan, beminnat xizmat qilgan. Zero, bugungi mustaqillik davrimizda ham o`zining ma’naviy burchini muqaddas bilib, xalqimizga xizmat qilmoqda. Shuning uchun ham musiqa madaniyatimiz bugungi kunning ulkan ijod maydoniga aylandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Bekmatov S. Hofizlik san’ati. O`quv-uslubiy qo`llanma.2007 y.135b.
2. I.Rajabov. Maqom asoslari. T., 1992.10-15 betlar
Xorijiy adabiyotlar
1.Michael Pilhofer, Holly Day. Music Theory for Dummies. 2007. 10-12.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. pedagog .uz
2. www. Google. uz
3. www. mail uz
4. www. tdpu. uz
5. www. Ziyonet. uz
6. www. edu. Uz
Do'stlaringiz bilan baham: |