kelasi safar kech qoladi, kech qolganlar esa yanada kechroq kelishadi.
M enejerlar vakolatlarni bo‘ysunuvchilarga ishonmuganliklari sababli
taqsimlamaydilar.
Lekin bo‘ysunuvchilar faqat tajribasi va ko'nikmalnri orqaligina rahbar
ishonchiga kirishlari mumkin. M enejerlar qog‘ozlami csdan chiqarmaslik
uchun stol ustida qoldiradilar. Lekin vaqt o ‘tishi bilan bu qog‘ozlar o ‘z
ahamiyatini yo‘qotadi yoki y o ‘qoladi. Menejer qancha ko‘p ishxonada qolsa,
shuncha ko‘p charchaydi va qilinishi kerak bo‘lgan ishlari ortib boradi.
Ulaming aksariyati operativlik va samarani chalkashtirib yuborishadi. Ulami
ishni bajarish tartibi tartibli ish bajarishdan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradi.
0 ‘z vaqtingizni tejashning asosiy yo‘li rejani hayotga tatbiq etishdir.
Juda ko‘p insonlar nima zarurligini bilishadi, lekin sustkashlik qilishadi.
Asosiy ishni kun tartibi tuzishdan boshlang. Zarur ishlaringizni bir soat
tartibga solish qo‘shimcha vaqtni paydo qiladi. Muvaffaqiyatga erishgan
xodimlar o ‘z fikrlarini mujassamlashtira olganlar, barcha ishni bir martada
yakunlaganlar.
Xat, hisobot, m a’ruza yozishdan oldin barcha m a’lumotlami to‘plang.
Barcha hujjatlarga faqat bir marta e ’tibor qaratish siz uchun qoida bo‘isin.
Xat o ‘qiyotganda javobini xayolingizdan o ‘tkazing. M ushohada qilish
zarur bo ‘lsa g ‘oyalami yozing. B o‘ysunuvchilaringizning fikrini so‘rang.
Shuningdek, punktual, qisqa va lo‘nda bo‘ling. Ko‘p gap ko‘p sarflangan
vaqtdir. Vaqtida so‘zlab, vaqtida jim turing.
Tadqiqotlar shuni ko ‘rsatadiki, tinglangan narsaning uchdan ikki
qismi darhol yoddan chiqadi. Boshqalar vaqtiga e ’tiborli bo‘ling. Tash
rif buyuruvchilar tez-tez oldingizga qatnashlariga barham bering.
Uchrashmoqchi bo‘lgan sherigingiz bilan oldindan vaqtni belgilang. Bitta
suhbat uchun bir necha masalani toping.
Majlis o ‘tkazmoqchi bo‘lsangiz oldindan majlis kun tartibini tarqating.
Majlisda reglamentga qattiq rioya qiling. Telefonda suhbat vaqtidan samarali
foydalaning, kerakli m a’lumotlarni yozib oling.
So‘zga chiqqanda o ‘zingizni tanishtiring va tezda muhokama qilina
yotgan masalaga o ‘ting. Samarasiz o ‘qishdan o ‘zingizni tiying.
M a’muriyat va kotiba sizga referat hamda rezyumelar tayyorlasin. Xat,
hisobot va boshqa m a’lumotlami faqat bir marta o ‘qing va javob yozing.
Unchalik zarur bo‘lmagan qog‘ozlami tanaffusda va y o ‘lda o ‘qing. Ishlar
bilan band bo‘lsangiz eshikni qulflab oling.
Xodimlaringizni sizga m a’lum vaqtda murojaat qilishga o ‘rgating. Bu
jarayonni tartibga soling. Ish kuni oxirida bajarilgan ishlami tahlil qiling,
ertasi kuni sizning vaqtingizni o ‘g‘irlashlariga yo‘l qo‘ymang va ertangi
kun rejasini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: