3.
Holat tayyorgarliksiz va qo‘shimcha manbalarsiz amalga oshiriladi,
lekin tinglovchi qanday bilimlar, m a’lumotlar yetishmayotganligi va ulami
qaysi manbalardan olish mumkinligini aniqlay olishi kerak.
Aniq holatlardan foydalanish bilan bog‘liq m ashg‘ulotlami olib borishda
m ashg‘ulot olib boruvchi oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
- holatni qisqa
va aniq qilib tushuntirish, shakllantirish, tinglovchilar
uchun vazifani aniq q o‘yish va uni asoslab berish;
- m ashg‘ulotni o ‘tkazish uchun zaruriy materiallami tayyorlash;
- tinglovchilar uchun mavzuga oid savollar tuzish.
Tinglovchilar uchun taklif qilinayotgan mashq savollari mavzuidan qat’i
nazar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Sizga taklif qilinayotgan holatda nima sodir bo‘ldi va siz uni qanday
baholaysiz? Siz shunday holatga duch kelganmisiz?
2. Qanday qoida, tamoyil va qonunlar buzilgan? Holat ishtirokchilari
qanday direktiv va m e’yoriy xujjatlarga, dalolatnomalarga asoslanishi kerak
edi?
3. Ushbu holatda kim qanday xatoga y o‘l qo‘ydi? Ushbu xatolarga
nimalar sabab bo‘ldi?
4. Agar siz shunday holatga tushib qolsangiz
qanday qaror va xatti-
harakatlar qilgan bo‘lar edingiz?
5. Bunday holatning oldini olish uchun qanday tadbirlar taklif qilasiz?
6. Holatni tahlil qilish davomida o'zingiz uchun foydali bo‘lgan qanday
xulosalar qildingiz?
7. Holatni tahlil qilish davomida olgan tajribangizdan o ‘z ishingizda
qanday foydalanasiz?
Yuqorida keltirilgan savollardan tashqari aniq holatning mazmunidan
kelib chiqadigan o ‘ziga xos savollarni ham tayyorlab qo‘yish kerak. Lekin
savollar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak. Har bir holatga o‘rtacha 4-5 ta savol
va topshiriq berish tavsiya etiladi.
Birinchi amaliyot davrida m ashg'ulot olib boruvchi m ashg‘ulotning
maqsadi va tartibini hammaga tushuntirib berishi lozim. Bunda ushbu
qo‘llanmada keltirilgan aniq biror holat misolida tushuntirish maqsadga
muvofiqdir.
A niqbirorholatnitahlilqilishyokiko‘ribchiqishdaam aliym ashg‘ulotlami
olib borish bir nechta bosqichda tashkil qilinishi mumkin:
1. 0 ‘rganilayotgan mavzuning kirish qismida (10-15 min.) m ashg‘ulot
olib boruvchi mazkur mavzuning dolzarbligi, murakkabligini asoslab berishi,
ushbu holat hal qilinishining ijtimoiy va iqtisodiy
ahamiyatiga talabalar
e’tiborini qaratishi, ushbu mavzuning ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati
bilan bog‘liq aspektlarini ko‘rsatib o ‘tishi kerak.
2. Masalani topshirish (5-10 min.). 0 ‘quv guruhi 4-5 ta kichik guruhlarga
bo‘linadi. Har bir kichik guruhga boshliq tayinlanadi va holat, savol-
112
topshiriqlar yozilgan varaq topshiriladi. Shuningdek, mustaqil ishlashning
tartib-qoidalari tushuntiriladi va vaqt belgilanadi.
3. Holat ustida ishlash (30-35 min.). M ashg‘ulot olib boruvchi kichik
guruhlar ishini kuzatib turadi, holat yuzasidan paydo bo‘lgan
savollarga
javob beradi va berilgan vaqt ichida guruhlarni nazorat qiladi. Zarur
hollarda avvaldan tayyorlab qo ‘yilgan m a’ruza konspektlari, darslik,
direktiv va m e’yoriy xujjatlar, m a’lumotnomalar va boshqa materiallardan
foydalanishlarini tavsiya qiladi.
4. Guruhli munozara (20-25 min.). Har bir kichik guruh vakili navbatma-
navbat qilingan ishlaming natijasi to ‘g ‘risida axborot beradi. Bu vakil har
bir holat bo‘yicha umumiy tushuntirish beradi, qo ‘yilgan
savollarga javob
topadi va taklif qilinayotgan qaromi asoslaydi. So‘ngra umumiy munozaralar
boshlanadi: nuqtai nazarlar muhokama qilinadi, tahlil natijalari baholanadi
va har bir holat uchun eng optimal qaror tanlanadi.
5. Yakuniy suhbat (10-15 min.). M ashg‘ulot olib boruvchi har bir holat
bo‘yicha jam oa tomonidan qilingan umumiy ishlaming ijobiy natijalarini
ajratib ko‘rsatishi, tahlil qilish jarayonida har bir kichik guruhning tutgan
pozisiyasini real amaliyot bilan taqqoslab berishi, to ‘g ‘ri va noto‘g ‘ri nuqtai
nazarlami ajratishi lozim bo‘ladi. 0 ‘qituvchi oldindan har bir holat
b o ‘y ich a
optimal javoblar tayyorlab qo‘yishi kerak.
Holatlardan foydalangan holda amaliy m ashg‘ulotlar o ‘tkazishning yana
bir varianti bor. Bunda o ‘qituvchi holat, masala va ularni yechish bo‘yicha
savollam iketm a-keto‘qib beradi. Talabalaresao'zlarining nuqtai nazarlarini,
fikrlarini aytadilar. Har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi. M ashg‘ulot olib
boruvchi o ‘zining ishchi daftarida javoblarni qayd etib boradi.
Amaliy m ashg‘ulotlarga ajratilgan soatlar hajmiga qarab m ashg‘ulot
olib boruvchi birinchi variant bo‘yicha ajratilgan vaqtni tartibga solishi,
shuningdek, holatlardan
foydalanib, m ashg‘ulotlarning 1- yoki 2- variantini
tanlashi mumkin. Bundan tashqari, m ashg‘ulot olib boruvchi variantlar
tanlashda talabalar guruhining alohida xususiyati, ulaming bilim darajalari
va ish tajribasini hisobga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: