Anor yuzlaringni kimga tutasan. (Cho‘lpon)
Berilgan she’riy parchada qo‘llangan badiiy tasvir vositasini toping.
A. mubolag‘a
B. jonlantirish
C. sifatlash
D. o‘xshatish
3. Qaysi uslubda jonlantirish, mubolag‘a, sifatlash, o‘xshatish kabi badiiy-tasviriy vositalar ishlatiladi?
A. so‘zlashuv uslubi
B. badiiy uslub
C. rasmiy uslub
D. publitsistik uslub
4. Vulgarizm nima?
A. odobsiz so‘z
B. xorijiy so‘z
C. ma’nodosh so‘z
D. rasmiy so’z
5. Ey farzand, bilki, ota-ona mo‘tabardir. (Kaykovus)
Ushbu gapdagi undalmani toping.
A. farzand
B. Ey
C. Ey farzand
D. bilki
6. Qaysi qatorda inversiya hodisasi yuz bergan?
A. Daryo uzoqdan jimirlab ko‘rinardi.
B. Shovulladi tun bo‘yi shamol.
C. Ona o‘g‘lini intizor kutdi.
D. Chaqimchining tilidan ilon zahar oladi.
7. Navoiy aytganidek: “…ingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik keltirasan”. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
A. mehnat B. ishq C. so’z D. Sabr
8. Yozuv o’zining taraqqiyot bosqichida qanday shakllarda namoyon bo’lgan?
1. piktografik 2. stenografik 3.kriptografik 4. fonografik 5. ideografik 6. orfografik 7. orfoepik 8.logografik
A. 1,4,5,8 B. 1,3,5,8 C. 2,3,6,7 D. 1,2,4,8
9. Tilning lug`at tarkibi nechta manba asosida boyiydi?
A. 2 B. 3 C. 4 D.5
10. Kalkalab o`zlashtirish orqali o’zlashgan so’zlar qatorini toping.
A. sinch, devor, yana, rubob
B. daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport
C. Traktorist – traktorchi, tabelshik – tabelchi
D. sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin
11. Ko`pchilik turkum xalqlar tilida qo`llanadigan, barcha turkiy tillar uchun umumiy bo`lgan so`zlar qanday so`zlar deyiladi?
A. O`zlashgan qatlam
B. O`zbekcha so`zlar
C. umumturkiy so`zlar
D. O`z qatlam
12. Xitoy tilidan o’zlashgan so’zlar qatorini toping.
A. iqlim, marvarid, marmar, ark
B. choy, lag’mon, shiypon
C. Kitob, maktab, xalq, maorif
D. samolyot, stol, stul, tok
13. Shevada qo’llanadigan “bodrak” so’zining ma’nosi nima?
A. yong`oq B. narvon C. varrak D. mushuk
14. Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan dabdabali so`z va iboralar nima deyiladi?
A. jargon B. atama C. neologizm D. dialektizm
15. Termin so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
A. qadimgi B. chek,chegara C. maxsus so’z D. yangi
16. Terminlar necha xil usul bilan yasaladi?
A. 2 B. 3 C. 4 D. 5
17. His-hayajonsiz gap qaysi qatorda?
A. Eh, qanday go‘zal bu yoshlik!
B. Yoshlik, qanday beg‘ubor fasilsan!
C. Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot.
D. Naqadar baxtlidir ona bechora!
18. Tildagi qaysi atama arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Unda ishga hujjat topshirayotgan shaxs to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi?
A. Annotatsiya
B. Rezume
C. Ma’lumotnoma
D. Tarjimayi hol
19. Ilmiy uslub namunasi bo‘lib, qandaydir masala bir yoki bir nechta manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinuvchi yozma nutq namunasini toping.
A. Annotatsiya
B. Rezume
C. Referat
D. Taqriz
20. Qaysi qatorda taqrizga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A. Voqea - hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib beruvchi informatsion janr.
B. Arab tilidan oligan bo‘lib ijobiy baho degan ma’noni anglatuvchi adabiy tanqid janri. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili.
C. Fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Unda ishga hujjat topshirayotgan shaxs to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
D. Badiiy, ilmiy, metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda ko‘- tarilgan asosiy masalani ko‘rsatishga qaratilgan qisqa xabardir.
21. Qaysi qatorda annotatsiyaga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A. Voqea - hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib beruvchi informatsion janr.
B. Arab tilidan oligan bo‘lib ijobiy baho degan ma’noni anglatuvchi adabiy tanqid janri. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili.
C. Fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Unda ishga hujjat topshirayotgan shaxs to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
D. Badiiy, ilmiy, metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda ko‘- tarilgan asosiy masalani ko‘rsatishga qaratilgan qisqa xabardir.
22. Qaysi qatorda rezumega to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A. Voqea - hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor yoritib beruvchi informatsion janr.
B. Arab tilidan oligan bo‘lib ijobiy baho degan ma’noni anglatuvchi adabiy tanqid janri. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili.
C. Fransuzcha so‘zdan olingan bo‘lib, qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Unda ishga hujjat topshirayotgan shaxs to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi.
D. Badiiy, ilmiy, metodik asarlarning muallifi, mavzusi, manbasi, unda ko‘tarilgan asosiy masalani ko‘rsatishga qaratilgan qisqa xabardir.
23. Adabiy tanqidning qaysi janrida asarning bibliografik tavsifi, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy - badiiy xususiyatlari, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi.
A. Annotatsiya
B. Taqriz
C. Referat
D. Maqola
24. Nuqtalar o‘rniga qo’yiladigan ko‘makchilarni ketma-ketligi bo‘yicha toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |