Abdukodir
Toshkulov
Abduqodir Hamidovich Toshqulov
Abduqodir Hamidovich Toshqulov
(
1976-yil
29-avgust
,
Surxondaryo viloyati
Boysun
tumani
) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri.
[1]
[2]
[3]
. Iqtisodiyot
fanlari doktori.
[4][5][6]
1998-yil
Termiz universitetining
moliya va kredit mutaxassisligini tamomlagan. Oʻqishni
tamomlagach
universitetning
moliya va soliq tizimi kafedrasida oʻqituvchisi, katta
oʻqituvchisi vazifalarida ishlagan.
2002-2004
Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
ilmiy tadqiqotchisi
,
Bozor islohotlari ilmiy-
tadqiqot instituti
ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib borgan.
2004-2006 -
Termiz davlat universiteti
Moliya kafedrasi mudiri, Fuqarolik jamiyatini
oʻrganish instituti Surxondaryo viloyati filiali rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Toshqulov Abduqodir Hamidovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
29-avgust
1976-yil
Surxondaryo viloyati
Boysun tumani
Fuqaroligi
Oʻzbekiston
Maʼlumoti
Termiz universiteti
Mukofotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
Mansabda
2021-yil
14-yanvar
—
Hukumat boshligʻi
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi
Inomjon Majidov
Tarjimai holi
2006-yildan oʻzining mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatini Surxondaryo viloyati
hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi vazifasidan boshlagan. 2010-
yilgacha ushba lavozimda ishlagan, bir vaqtning oʻzida ilmiy-pedagogik faoliyatini ham
davom ettirib, oʻrindoshlik asosida
Termiz universiteti
moliya kafedrasi mudiri vazifasida
faoliyat yuritgan. 2010-yildan boshlab mamlakat siyosiy hayotidagi jarayonlardagi
ishtirokini boshlagan.
2010-2019 —
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
Qonunchilik va
sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi,
2019-2021 -
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Xalqaro munosabatlar, tashqi
iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi sifatidada
faoliyat koʻrsatgan.
2017-2021 -
Termiz davlat universiteti
rektori lavozimida ishlagan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 14-yanvardagi 6141-son farmoni bilan Oliy
va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
[7]
lavozimiga tayinlangan.
Oliy taʼlim
tizimida
oʻqituvchi
vazifasidan
rektor
lavozimigacha ishlagan.
Termiz davlat
universitetida
moliya va soliq tizimi
kafedrasi
oʻqituvchisi
, katta oʻqituvchisi (1998 — 2020
yy.), iqtisodiyot-moliya fakulteti
dekani
oʻrinbosari (2004 — 2005 yy.), moliya kafedrasi mudiri
(oʻrindoshlik asosida, 2006 — 2010 yy.) vazifalarida ishlagan. 2002 — 2003-yillarda
Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
ilmiy tadqiqotchisi, 2003 — 2004-yillarda
Bozor islohotlari
ilmiy-tadqiqot instituti
ilmiy xodimi
sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan. 2017 — 2021-yillarda
Termiz davlat universiteti
rektori lavozimida ishlagan.
AQSH
,
Yevropaning
qator davlatlari,
Yaponiya
,
Turkiya
va
Rossiya Federatsiyasida
ilmiy malaka oʻtagan.
Germaniya
,
Yaponiya
,
Xitoy
va
Polsha
kabi davlatlarda oʻtkazilgan ilmiy anjuman va simpoziumlarda oʻz ilmiy
maʼruzalari bilan ishtirok etgan. 100 dan ortiq ilmiy ish, jumladan, 3 ta
monografiya
, 4 ta oʻquv
va uslubiy qoʻllanma, 70 dan ortiq ilmiy maqola va
tezislar
muallifi, 20 dan ortiq xalqaro
sertifikatga ega. Iqtisodiyot fanlari doktori.
Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (OʻzLiDeP)
aʼzosi. 2005-yildan
Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
ketma-ket ikki marta
deputat
boʻlib
saylangan. (70-Termiz
saylov okrugidan
saylangan).
Qonunchilik palatasining
Qonunchilik va
sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2010- 2017-yillar).
2016-yilgi
saylov oldi jarayonlarida
prezidentlikka
nomzod
Shavkat Mirziyoyevning
Surxondaryo viloyatidagi
ishonchli vakili
Ilmiy-pedagogik faoliyati
Siyosiy faoliyati
boʻlgan. 2018-2019-yillarda
Oʻzbekiston Respublikasi Senati
aʼzosi. 2020-2021-yillarda
ikkinchi marta
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
aʼzosi. 2013-yilda oʻtkazilgan
Tojikiston Respublikasi
Prezidenti saylovida hamda 2020-yil 20-fevralda
Tojikiston
Respublikasi
Parlamenti deputatligiga oʻtkazilgan saylovda Shanxay hamkorlik tashkilotining
xalqaro kuzatuvchisi (Dushanbe shahri) sifatida qatnashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining
Reglament va odob komissiyasi hamda Senatning
prokuratura
organlari
faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi aʼzosi va
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi
huzuridagi jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati
Kengashi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat
vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi
viloyat Ishchi guruhi rahbari, Xalk deputatlari viloyat Kengashi, Mahalliy byudjetni
shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni
rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi hamda Xalq deputatlari Surxondaryo
viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyaci raisi sifatida
jamoatchilik ishlarida faol boʻlgan.
Oilali. Toʻrt nafar farzandning otasi.
Doʻstlik ordeni
(2020-yilda)
1.
Vazir etib tayinlandi (https://kun.uz/uz/news/2021/01/14/rasman-abduqodir-toshqulov-oliy-talim-vazi
ri-etib-tayinlandi-qator-otmlar-rektori-ozgardi)
2.
Vazirlik rasmiy sahifasida (https://edu.uz/uz/staff/index/1)
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
4.
Men Abdukodir Tashkulovni sinab koʻrdim — prezident yangi oliy taʼlim vaziri haqida. (https://www.ga
zeta.uz/uz/2021/01/19/toshkulov/?utm_source=push&utm_medium=telegram/)
5.
Deputatlar oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga yangi nomzodni maʼqulladi. (https://kun.uz/ne
ws/2021/01/14/deputatlar-oliy-va-orta-maxsus-talim-vaziri-lavozimiga-yangi-nomzodni-maqulladi)
.
Rasman: Abdukodir Tashkulov oliy taʼlim vaziri etib tayinlandi, qator OTMlar rektori oʻzgardi. (https://k
un.uz/news/2021/01/14/rasman-abduqodir-toshqulov-oliy-talim-vaziri-etib-tayinlandi-qator-otmlar-rek
tori-ozgardi)
Oilasi
Mukofotlari
Manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |