hukumat- aholi (G2C);
- hukumat — biznes (G2B);
- hukumat — hukumat (G2G)
Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
Mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari veb-saytlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda.
Mamlakatning 2012-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2013-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan 2013-yil 18-yanvardagi Hukumat majlisida Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatda «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhimligini qayd etib o‘tgandi.
Davlat organlari rahbarlari va mutaxassislaridan tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan mazkur yo‘nalishda dunyo yetakchisi bo‘lmish Korea Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning «elektron hukumat» borasidagi ilg‘or tajribalarini inobatga olinib, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo‘yicha Konsepsiya va Kompleks dasturni, shuningdek, 2013-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini ishlab chiqish amalga oshirilmoqda.
Elektron hukumat tizimini joriy etishga mas’ul organ va muassasalar:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – elektron hukumat sohasidagi vakolatli organ bo‘lib, elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi – Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashni ta’minlaydi.
Davlat organlari elektron hukumat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.
«Elektron hukumat» tizimini shakllantirish bo‘yicha Konsepsiya va Kompleks dastur davlat organlarining o‘zaro va aholi hamda tadbirkorlik subyektlari bilan munosabatlarining bugungi holati va yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha asosiy vazifalarni belgilaydi. «Elektron hukumat» tizimini joriy etish bo‘yicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash uchun davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar ishlab chiqilgan.
«Elektron hukumat» tizimi joriy etilishi natijasida to‘liq tranzaksiyalangan xizmatlarga o‘tilishi kutilmoqda, bu esa, aholi va biznes vakillarining davlat xizmatidan foydalanishda turli instansiyalarga qatnashni va davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqotda bo‘lishni istisno etadi. Bu, o‘z navbatida, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga va biznes yuritish sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda, «Elektron hukumat»ning samarali unsurlari sifatida, 20 dan oshiq loyihalar amalga oshirildi. Ular sirasida:
Gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali, u tashkilotlar, shuningdek, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi elektron-axborot munosabatlari infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi unsuri sanaladi. Har qanday fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili bu yerdan O‘zbekiston davlat hokimiyatining barcha unsurlari haqida to‘liq ma'lumot olishi, shuningdek, bevosita gov.uz portali orqali u yoki bu hokimiyat organiga elektron shaklda rasmiy so‘rov yuborishi mumkin. Bu portalda, shuningdek, Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari to‘liq reestri chop etilgan.
«e-kommunal.uz» portali – kommunal xo‘jalik sohasidagi umumiy axborot infratuzilmasi bo‘lib, aholi, nazorat organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek, kommunal xizmatlar o‘rtasida axborot almashinuvini soddalashtiradi. Ushbu portalda qulay shaklda O‘zbekiston uy-joy va kommunal xo‘jalikka oid barcha masalalar bo‘yicha ma'lumotlar joylashtirilgan. Har bir xohlovchi portalda kommunal xo‘jalik borasidagi u yoki bu muammo haqida axborot, fotosurat joylashtirish mumkin, bu muammolar davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Statistika, soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan elektron ko‘rinishda yig‘ish va qayta ishlash tizimi (stat.uz, soliq.uz). Davlat soliq qo‘mitasi saytida istalgan soliq to‘lovchi, ham yuridik, ham jismoniy shaxs maslahat olish, elektron ko‘rinishda soliq hisoboti yoki daromadlar haqida deklaratsiya topshirish yoki o‘z STIRini tasdiqlash kabi qator xizmatlardan foydalanishi mumkin. Davlat statistika qo‘mitasi sayti orqali har bir tadbirkorlik subyekti statistik hisobotni elektron ko‘rinishda topshirishi mumkin.
25 mingdan ziyod me'yoriy hujjatlarni erkin foydalanish uchun yig‘gan O‘zbekiston Milliy qonunchilik bazasi (lex.uz). Lex.uz milliy tizimining asosiy maqsadi aholining huquqiy madaniyatini yuridik va jismoniy shaxslarning me'yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanishini ta'minlash orqali yuksaltirish, aholini huquqiy axborot bilan ta'minlashni takomillashtirishdan iborat.
Elektr energiya iste'molchilarining har biri uchun o‘z shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanishini ta'minlovchi elektrenergiya iste'molchilari shaxsiy kabinetlari (uzbekenergo.uz).
Chet el fuqarolarining O‘zbekistonga viza rasmiylashtirishlari uchun onlayn-so‘rovnoma (mfa.uz). Tizim O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi veb-saytining bir qismi bo‘lib, hozirda o‘zbek, ingliz va rus tillarida ishlamoqda.
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari va ruxsat berish taomillari ro‘yxati, litsenziya, ruxsatnoma va boshqalarni olish uchun talab qilinadigan hujjatlar haqida axborot olish imkonini beruvchi umumiy litsenziyat portali (license.uz). O‘zbekistonda litsenziyalanadigan faoliyat turlari ro‘yxati muntazam qisqarmoqda va ularni olish taomili soddalashmoqda. Ushbu loyiha barcha axborotni olish va zarur litsenziyalarni olishdagi qog‘ozbozlik darajasini qamaytirish imkonini beradi.
O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni o‘tkazish, bunda interaktiv xizmatlar bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatini o‘rganish, va takliflar ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.
Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish.
Texnik topshiriq ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.
Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.
Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda.
Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk, ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki dasturga bo‘lish mumkin. Birinchi dastur – O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi dastur – “elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |