Abduqaxxorov Abduqodirjon



Download 1,02 Mb.
bet3/17
Sana26.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#583282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-4-5 amaliyot

Muvaffaqiyatli bog‘lanishni o‘rnatish algoritmini tushuntiring

Muvaffaqiyat bilan tugaydigan bog‘lanishlarni o‘rnatish algoritmiga 3.2 - rasmda keltirilgan misolni ko‘rib chiqamiz.

  1. Chaqiruvchi abonent trubkani ko‘taradi va ATSdan «Stansiya javobi» akustik signal javobini eshitadi.

  2. Chaqiruvchi abonent chaqiriluvchi abonentning telefon nomerini (impulsli terishda) teradi. ATS 7-son UKS Softswitch1 protokolining moduliga boshlang‘ich adresli xabar IAM uzatiladi. U adresat nomerining raqamini (yo barchasini yoki marshrutlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda) o‘z ichiga oladi. Unda o‘rnatiladigan bog‘lanishlarning xarakteri (aks-sado ajratgich bo‘lganda yoki bo‘lmaganda, yo‘ldoshli kanalning bog‘lanishida mavjudligi va boshqalar), bog‘lanishning xarakteri to‘g‘risidagi axborot va unga qo‘yiladigan spetsifik talablar (masalan, axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish zarurligi va ushbu uzatish usuli), chaqiruvchi tomon toifasi va boshqalar uzatiladi.

Bundan tashqari, IAM adresli xabar majburiy parametr – chaqiruvchi abonent raqamini o‘z ichiga oladi (o‘zgaruvchan uzunligi 4-12 bayt). Chaqiriluvchi abonent nomeri raqamining tahlili keyingi yo‘nalishni belgilaydi. IAM xabardagi qolgan axborotning tahlili axborotni etkazib berish vositasining tavsifi tanlanishini belgilaydi, masalan, kanal 64 Kbit.
Chaqiruvchi abonent nomeri to‘lovni keyinchalik hisoblash uchun o‘zaro hisob-kitob serverlaridan foydalaniladi. Softswitch1 MGC boshqarish qurilmasi adresli axborotni E.164 IP-adresga o‘zgartirish va chaqiruvni marshrutlash amalga oshiriladi.
I z o h. Softswitch 1 yoki Softswitch 2 tushunchasi ostida tegishli server tushuniladi.



  1. Softswitch 1 co‘rovlarni qayta ishlaydi, ma’lumotlar bazasi bo‘yicha B abonentni topadi va u Moskvada joylashganligini aniqlaydi. SHuning uchun chaqiruv Softswitch 1 SIP-T protokoli bo‘yicha bog‘langan boshqa Softswitch 2 texnologiyaga yo‘llanadi.

  2. Softswitch 1 ISUP:IAM xabarni SIP:INVITE so‘rovga o‘zgartiradi, ushbu so‘rov chaqiriluvchi abonentni (ushbu holatda Softswitch 2) aloqa seansida qatnashishga taklif etadi. Xabar, odatda, sessiyaning bayonini o‘z ichiga oladi, unda qabul qilinadigan axborot va axborotni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan parametrlarni (parametrlarning mumkin bo‘lgan variantlarining ro‘yxati) uzatiladi, shuningdek chaqiriluvchi foydalanuvchi uzatishni istagan axborot turini ko‘rsatishi mumkin. Ushbu xabarda abonentni autentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Softswitch 1 SIP:INVITE so‘rovini uzatish uchun Softswitch 2 transport IP-adresini bilishi kerak.

  3. Softswitch 2 so‘rov qayta ishlanganligini va qarshi (muqobil) uskuna taymerni qayta ishga tushirganligini bildiradigan SIP:100 Trying javoban yuboriladi. Ushbu javob, boshqa shu kabi javoblarga o‘xshab, mijozning SIP:INVITE xabarining takroriy terilgan signallari bilan kesishadi.

  4. Softswitch 2 SIP:INVITE so‘rovini qayta ishlaydi va chaqiriluvchi abonentning raqamiga muvofiq chaqiruvni marshrutlaydi hamda SIP:INVITE so‘rovini N.225,0:Setup xabariga o‘zgartiradi.




  1. Softswitch 2 N.225.0 signal kanali bo‘yicha chaqiriluvchi abonentning transport adresiga N.225,0:Setup bog‘lanish so‘rovini uzatadi. Ushbu xabar chaqiriluvchi uskunaning (N.323 terminali) 1720 umum ma’lum portiga uzatiladi.

  2. Bunga javoban terminal uskuna bog‘lanishni o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot olingan va chaqiruv xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilinganligini bildiruvchi N.225.0:Call Proceeding xabarini yuboradi.

  3. Uskuna chaqiruvni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lsa, u kira olish uchun so‘rovni RAS:RAQ tarmog‘ining resursiga uzatadi, ushbu tarmoqqa Softswitch2 RAS:ACF tasdig‘i bilan javob beradi. RAS:RAQ xabari RAS:RAQ, ya’ni N.323 terminalining xabarini yuborgan uskuna identifikatorini va RAS:RAQ, ya’ni Softswitch xabarini yuborgan uskuna bilan bog‘lanishni istagan uskunaning bog‘lanish uchun axborotini o‘z ichiga oladi. Uskunaning bog‘lanish uchun axboroti alias-adresni va/yoki signal kanalining transport adresini o‘z ichiga oladi, lekin odatda, RAS:RAQ so‘roviga chaqiriluvchi uskunaning alias-adresi joylashishi mumkin. Bundan tashqari, RAS:RAQ xabarida RTP/UDP/IP sarlavhalarni va boshqa xizmatga oid axborotni hisobga olmagan holda barcha nutqli va videokanallar bo‘yicha foydalanuvchining axborotini uzatish va qabul qilishning summar tezliklarining yuqori chegarasi ko‘rsatiladi. Aloqa vaqtida uskuna tomonidan uzatiladigan va qabul qilinadigan axborotning o‘rtacha summar tezligi sekundiga ushbu yuqori chegaradan oshmasligi kerak. Bu summar tezlikka boshqaruv va signal kanallar bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish kanali bo‘yicha axborotni uzatish va qabul qilish tezligi kirmaydi.

  4. N.225.0: Alerting xabari N.323 terminalidan Softswitch 2 texnologiyasiga kelib tushadi. U chaqiriluvchi uskuna band emasligi to‘g‘risida chaqiruvchi uskunani xabardor qiladi va foydalanuvchiga kiruvchi chaqiruv to‘g‘risida signal beradi.

  5. Softswitch 2 N.225.0:Alerting xabarini, Softswitch 1 texnologiyasiga To, From, Call-Id va Csed maydonini SIP:INVITE so‘rovidan nusxa olib, Softswitch texnologiyasiga uzatiladigan SIP:180 Ringing xabariga konvertlaydi. Ushbu xabar chaqi-riluvchi foydalanuvchining joylashgan o‘rni aniqlanganligini va chaqiriluvchi foydalanuvchi kiruvchi chaqiruv to‘g‘risidagi signalni qabul qilayotganligini bildiradi.

  6. Softswitch 1 butun ISUP:ASM adresini qabul qilishi to‘g‘risidagi xabarni uzatadi. ISUP:ASM xabarining umumiy formati ISUP:IAM xabarini (aks-sado ajratgich bo‘lganda yoki bo‘lmaganda, yo‘ldoshli kanalning bog‘lanishida mavjudligi va boshqalar) uzatishga o‘xshash bog‘lanishni o‘rnatish xususiyatini belgilaydigan 1 bayt qayd etilgan uzunlikning majburiy parametrini o‘z ichiga oladi. 2 bayt qayd etilgan uzunlikning boshqa majburiy parametri ISUP:IAM xabaridagi parametriga o‘xshaydi, lekin u, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatish imkoniyatlarini tasdiqlab va bunday uzatishning talab etilgan usulini qabul qilib (yoki muqobilni taklif etib), bog‘lanishning kiruvchi tomonining imkoniyatlarini xarakterlaydi. Bundan tashqari, ISUP:ASM xabari bog‘lanishning xususiyatlari to‘g‘risdagi ma’lumotlar bilan majburiy

bo‘lmagan (ISUP:IAM xabaridagi parametrga o‘xshash) parametrlarni va «foydalanuvchi-foydalanuvchi» (3-131 bayt uzunlikdagi) axborotni o‘z ichiga olishi mumkin.

  1. Chaqiriluvchi foydalanuvchiga kirish chaqiruvi to‘g‘risidagi vizual yoki akustik signal beriladi. ISUP:ASM xabarini ATS olgandan keyin «Chaqiruv signalini nazorati» (ChSN) akustik signalini chaqiruvchi foydalanuvchisiga yuboradi.

  2. Bundan keyin chaqiriluvchi foydalanuvchi kiruvchi chaqiruvni qabul qiladi, Softswitch 2 texnologiyasiga chaqiriluvchi uskunaning N.245 boshqaruv kanalining transport adresi bilan N.225.0:Connect xabari uzatiladi. Softswitch 2 ushbu adresni N.245 boshqaruv kanalining transport adresi bilan almashtiradi, keyin N.245 boshqaruv kanali ochiladi.

  3. N.245 boshqaruv kanali ochilgandan keyin uskunaning funksional imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvi boshlanadi.

I z o h: Rasmda signallar ko‘rsatilmagan, balki protseduralar ko‘rsatilgan.

Softswitch 2 texnologiyasidagi terminal va shlyuz qabul qilidigan axborotni dekodlash algoritmi ko‘rsatiladigan Terminal Capability Set xabarlari bilan almashadi. Terminal Capability Set xabarini boshqa uskunadan qabul qilgan uskuna Terminal Capability Set Ack xabarini uzatish bilan qabul qilinganligini tasdiqlaydi. Konferensiyaning aktiv kontrolleri ikkita qurilma bo‘lganda, konferensiyani tashkil qilishda ular o‘rtasida yoki bir vaqtda ikki yo‘nalishli mantiqiy kanallarni ochishga urinayotgan ikkita qurilma o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etish zarur bo‘lgan etakchi/ergashuvchi uskunani aniqlash tadbiridan keyin initsiatsiya qilinadi. Protseduraning borishida qurilmalar master Slave Determination xabari bilan almashadi. Olingan master Slave Determination xabariga javoban ikkita qurilma master Slave Determination Ack xabarini uzatadi, ushbu xabarda bog‘lanish uchun qaysi qurilma etakchi, qaysinisi ergashuvchi sanalishi ko‘rsatiladi. Funksional imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvidan va etakchi va ergashuvchi uskuna aniqlangandan keyin bir yo‘nalishli mantiqiy kanallarni ochish protsedurasi bajarilishi mumkin. Mantiqiy kanalni (bu holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri mantiqiy kanalni) ochish talabida open Logical Channel uskuna ushbu kanal bo‘yicha uzatiladigan axborot va kodlash algoritmining turi ko‘rsatiladi. Bu holatda mantiqiy kanal nutqni ko‘chirish uchun mo‘ljallangan, shuning uchun open Logical Channel xabari RTP paketlar uzatilishini nazorat qilish yordamida RTSR kanalining transport adresi ko‘rsatilgan open Logical Channel parametrini o‘z ichiga oladi. Open Logical Channel xabariga javoban uskuna RTP paketlari uzatilishi kerak bo‘lgan tomonga uzatiladigan transport adresi, shuningdek RTSR kanalining trasport adresi ko‘rsatiladigan open Logical Channel Ack tasdig‘i uzatilishi kerak.



  1. Softswitch 2 so‘rov muvaffaqiyatli bajarilganligi, chaqiriluvchi foyda-lanuvchi aloqa seansida ishtirok etishga roziligi to‘g‘risida SIP:200 OK javobini SIP:INVITE so‘roviga javob qilib yuboradi, tele javobda chaqiriluvchi foydalanuvchi uskunasining imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Softswitch 1 SIP:ASK so‘rovi bilan javobni qabul qilishni tasdiqlaydi.

  2. Softswitch 1 ISUP:IAM javobi to‘g‘risidagi xabarni chiquvchi ATSga uzatadi.




  1. Keyin so‘zlashuv sessiyasi boshlanadi, ya’ni chaqiruvchi abonent chaqiriluvchi abonent bilan bog‘lanadi, to‘lov yozilishi boshlanadi va so‘zlashuv amalga oshiriladi. Chaqiriluvchi foydalanuvchining uskunasi RTP/UDP/IP paketlarga so‘rovlangan nutqli axborotni, RTCP kanal yordamida RTP kanallar bo‘ylab axborotni uzatish nazorat qilinadigan shlyuzning RTP-kanali transport adresiga uzatadi. Shlyuz ushbu paketlarni o‘rovdan ochadi va raqamli ko‘rinishda chaqiruvchi ATSga nutqli axborotni yuboradi, ATS o‘z navbatida, uni foydalanuvchiga etkazadi. UfTf tarmog‘ining foydalanuvchisidan nutqli axborot teskari tartibda chaqiriluvchi abonentga uzatiladi.


  1. Download 1,02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish