Abdunabi Haydarov. Har ismda bir hikmat mujassam!


Familiya va ota ismi xususida



Download 139,21 Kb.
bet3/3
Sana12.04.2022
Hajmi139,21 Kb.
#547123
1   2   3
Bog'liq
Abdunabi Haydarov maqola

Familiya va ota ismi xususida
“Familiya” asli lotincha so‘z bo‘lib, bizning tilimizda “oila”ni bildiradi. U qadimgi Rimda qarindosh-urug‘lar va qullardan iborat xonadonning xo‘jalik-huquqiy munosabatlarini o‘zida jam etgan. Hozir esa familiya o‘zgartirilganda, nikoh tuzilganda, bola tug‘ilganda yoki farzandlikka olinganda qabul qilinadigan va nasldan-naslga o‘tadigan oilaviy nom sanaladi. Odatda shaxs ismiga qo‘shilib kelib, uning naslini anglatadi.
Ilk familiyalar ularni bola tug‘ilgan yoki “nasliy merosi” joylashgan maskan nomiga nisbatlash yo‘li bilan yasalgan. Bu usul G‘arbiy Yevropada XV asrdan e’tiboran joriy etilgan va asosan yuqori tabaqa orasida tarqalgan. Bizda esa ilgari hozirgi ko‘rinishdagi familiya bo‘lmagan. Faqat VI-VII asrlardan ota ismi ortidan “o‘g‘li”, “qizi”, keyinchalik ularning “ibn”, “binti” kabi arabcha muqobillari qo‘llanilgan. Sharq fan-madaniyati namoyandalari esa turli narsalar va sifat-xususiyatlarga, hayot tarzi yoki qismatiga ishora sifatida (Navoiy, Lutfiy, Bobur, Munis, Zavqiy, Gadoiy, Uzlat, Furqat), tug‘ilgan yoki turarjoyi, mashg‘uloti-yu kasbi (Buxoriy, Koshg‘ariy, Nasafiy, Xorazmiy, Yassaviy, Gulxaniy, Charxiy) va boshqa omillarga qarab, o‘zlariga taxallus tanlashgan yoki olishgan.
O‘zbekcha ism-shariflar o‘tgan asr boshlarida ham asosan Falonchi Pistonchi o‘g‘li yoki qizi tarzida yuritilgan. Gohida ziyolilarning ota ismiga “zoda”, “iy”, “viy”, “iya”, “viya” qo‘shish orqali ism, familiya yoki taxallus yaratilgan. Ba’zan hech qanday qo‘shimchasiz farzand va ota ismi ketma-ket yozilgan. 30-yillar o‘rtasi va 40-yillarda -ov, (-ova), -ev (-eva) hamda -ovich (-ovna), -evich (-evna) qo‘shimchalari ko‘magida familiya va ota ismi yasash qonunlashtirilib, boshqa barcha milliy-mahalliy shakllarini rasman yozish taqiqlangan. Bu tartibga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) va pasport bo‘limlarida qat’iy rioya qilingan.
Til – tafakkur mahsuli, so‘z esa uning ko‘rki!
Eng achinarlisi, sho‘rolar zamonida o‘zbekcha-musulmoncha otlar tarkibidagi “shoh”, “bek”, “to‘ra”, “eshon”, “xo‘ja”, “said”, “mir”, “boy”, “abdu”, “qul”, “begim”, “oyim”, “bonu”, “otin” so‘zlari eskilik sarqiti yoki diniy aqidaparastlikka yo‘yildi va kishi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘pincha tushirib qoldirildi. Ustiga-ustak, aksariyat go‘zal-pur’mano ismlarimizni ruschada nechog‘li buzib talaffuz etishsa, shundayligicha yozishlar avj oldi. Alaloqibat, ular Abыd, Aman, Astan, Arыp, Akil, Adildjan, Altibay, Altыnbek, Davkara, Kurban, Kadыr, Nadыr, Kushak, Karabay, Giyas, Ilyas, Gani, Gayrat, Gulyam, Gapur, Gappar, Sadыk, Rafыk, Xadji, Tadji, Redjab, Muxamed, Kabul, Shadman, Yadgar, Patta, Faragat, Ugilay, Kunduz singari masxaraomuz shaklga kelib, jozibasini yo‘qotdi. Buyam yetmaganday, ayrimlari mustabid mafkura nuqtai nazaridan batamom teskari talqin qilindi. Masalan, azaliy arabcha ismlar sirasiga kiruvchi “Shokir”ni olaylik. Uni o‘zbekchaga o‘girsak, “shukur qiluvchi”, “yaxshiliklarni biluvchi”, “minnatdor inson” degani bo‘ladi. Dahriylar esa unga mutlaqo boshqacha mazmun berib, o‘z nazdilarida olamshumul “kashfiyot” yaratdilar. Ishonmasangiz, eshiting, men bir vaqtlar “Turkiston” gazetasining 1924 yilgi 8 sentyabr sonidagi “Inqilobiy ism” sarlavhali xabarda quyidagi satrlarni o‘qiganman:
Toshkent Eski shahar birinchi raykom yoshlar uyushmasining Minor yangi shahar yacheykasi qaysi kundagi majlisida komsomol a’zosi Saidahmad Mavlon o‘g‘lining bolasiga ot qo‘yish masalasini qarab chiqib, unga Shokir ismini berdi. Bu inqilobiy so‘z-iboralardan qisqartirib oling‘on bir ismdir. “Sharq”dan “Sh”, “Ozodlik”dan “O”, “Karl Libknext”dan “K”, “Inqilob”dan ”I”, “Roza Lyuksemburg”dan “R” harflari olinib, “Shokir” yasalg‘ondir”.
O‘sha davrlarda yo‘qsillar daholarining otlari yoki ularning bosh harflaridan tashkil topgan, inqilobiy o‘zgarishlarni madh etuvchi, xalqimiz tili va ruhiyatiga yetti yot begona ismlar ham paydo bo‘lgan. Ularni-ku, mayli, yaqin o‘tmishning ham kulgili, ham achinarli qora dog‘lari deylik. Ammo bugun tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 25 yil to‘layotganiga, Istiqlolni qarshilaganimizga 23 yildan oshganiga qaramay, hali-hanuz Boboyevni Babayev, Yoqubovni Yakubov, Ortiqovni Artыkov, Soatovni Sagatov, G‘oyibovni Gaipov, Qosimovni Kasыmov, Tog‘ayevni Tagayev, Xoliqovni Xalыkov, Xoltoyevni Xaltayev, Qozoqboyevni Kazakbayev, Xolto‘rayevni Xalturayev, Qulto‘rayevni Kulturayev ko‘rinishida yozishlar davom etayotganini, kishini noqulay ahvolga solib qo‘yadigan bir qancha ism-familiyalar hamon hujjatdan-hujjatga, nashrdan-nashrga ko‘chib yurganini qanday izohlaysiz? Gapimga qo‘shilmasangiz, do‘st-birodarlaringiz va yaqinlaringiz pasporti yoki guvohnomalarini sinchiklab o‘qing. Jilla qursa, o‘zbekcha gazeta-jurnallarimizga birrov nazar tashlang. Ularning sahifalarida ham shunday holatlar ko‘p kuzatiladi. Qizig‘i, jurnalistlar xatoni tuzatishga chog‘lanishsa, mualliflar ko‘nishmaydi. “Men bu maqolani ish hisobotimga qo‘shib topshiraman. Undagi ism-familiyam pasportdagisi bilan bir xil bo‘lmasa, inobatga olinmaydi!” deya rad etishadi.
Holbuki, joriy qonunlarimizda muayyan sabablarga ko‘ra familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, yoqimsiz yoki millatga nomunosib bo‘lsa, ularni milliy-tarixiy an’analarga monand qilib yozdirishdan tashqari, noaniqliklar va imloviy xatolarni to‘g‘rilash ham mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Bu ish talabgorning yashash joyidagi yoki dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan hududdagi FHDYo bo‘limi tomonidan Oila kodeksi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari va FHDYo organlarida ish yuritish tartibi haqidagi yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
Bundan hammamiz yaxshi xabardormiz. Shunday esa-da, ba’zilarimiz negadir otimiz, familiyamiz va otamiz ismi bitigidagi qusurlarni yo‘qotishga, qachonlardir yo‘l qo‘yilgan, uzoq yillardan buyon g‘ashga tegib kelayotgan lug‘aviy-imloviy puturotlarni bartaraf etishga qunt-hafsala qilmayapmiz. O‘z ism-sharifimizni, nasl-nasabimiz va sulolamizni or-nomus darajasida qadrlashni, ularning musaffoligi uchun qayg‘urishni o‘ylamayapmiz. To‘g‘ri, ushbu jarayon unchalik oson kechmaydi ham. Unga jazm etgan kishi, avvalo, allaqancha joydan qo‘shimcha ma’lumotnoma va dalolatnoma keltirishi lozim. Keyin esa, ma’lumoti va ixtisosi haqidagi shahodatnomasi-yu diplomiga, harbiy biletiga, nikoh pattasi-yu mehnat daftarchasiga, uyi, oila a’zolari hujjatlariga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritish zarurati tug‘iladi. Aks holda, ular rasman tan olinmaydi, bir-biriga mos tushmasa, qonuniy hisoblanmaydi. Mahalla, qishloq fuqarolar yig‘inlari, FHDYo va pasport bo‘limlarida esa yangi hujjatlarni avvalgisi bo‘yicha to‘ldirish an’anaga aylangan. Inchunin, bu idoralar xodimlari xato, nuqson va chalkashliklarni o‘z tashabbuslari bilan tuzatishga jur’at etisholmaydi. Qarabsizki, hammasi eski tos, eski hammomligicha qolaveradi.
Qandayligidan qat’i nazar, biz erinchoqlik qilmasligimiz kerak. Negaki, ilgari erkimiz qo‘limizda emasdi, ism-sharifimizni aslicha yozishni talab qilsak, millatchiga chiqarilishdan qo‘rqardik. Endi bu borada hadik-xavotirga zarracha o‘rin yo‘q. Eng muhimi, rasmiy hujjatlarimiz bizning Mustaqil O‘zbekiston fuqarosi ekanligimizni, millatimiz, kasb-korimiz, lavozim-vazifamizni tasdiqlovchi asosiy manba hisoblanishini teran tushunishimiz zarur. Ayni chog‘da, barcha so‘zlar qatori har qaysi ismda ham bir ramz-hikmat borligini, aqalli bitta harfi yozilmay qolsa yoki o‘rni almashib ketsa, tub mazmun-mohiyatiga jiddiy putur yetishini zinhor-bazinhor unutmasligimiz darkor.
Binobarin, ezgulikning erta-kechi, savobli ishning katta-kichigi bo‘lmaydi! O‘zligini anglagan, ajdodlari nomini ulug‘lagan, nasl-nasabini e’zozlagan, milliy tili va yozuvini asrab-avaylagan kishi hech qachon afsus-armonda qolmaydi!
Download 139,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish