MIKROBIOLOGIYA
Stafilokokklar oʼz ichiga uch turni qamrab olgan Staphylococcus avlodiga kiradi: Staphylococcus aureus va S. Yepidermidis va S.saprophyticus. Ular grammusbat, fakulьtativaerob kokklardir. Streptokokklar oʼz ichiga yettita turni qamrab olgan Streptococcus avlodiga kiradi: Streptococcus pyogenes, S.pneumoniae, S. sanguis, S.Sali-varis, S.mitis, S.mutans, S.agalactiae. Ular grammusbat, fakulьtativ-aerob kokklar boʼlib, sof hosila surtmasida zanjir holatda joylashadi. Streptokokklar ichida mikroaerofil turlari ham uchraydi. Kokklar nafaqat morfologik xususiyatiga koʼra, balki asosan odam patologiyasidagi roli jihatidan ham birlashgan. Hamma yuqorida sanab oʼtilgan kokklar yiringli-yalligʼlanish kasalliklari qoʼzgʼatuvchilari hisoblanadi, shu sababli ularni yiring chaqiruvchi kokklar deb ham nomlashadi. Kokklar ichida patogen, shartli-patogen va saprofit turlari mavjud. Koʼpchilik kokklar shartlipatogen mikroblarga kiritiladi.
MIKROBIOLOGIYA
Oʼz navbatida, bu mikroblar odam va hayvonlar organizmi normal mikroflora vakillari hisoblanib, turli organizm biotoplarida koʼpayadi. Masalan, odam organizmida stafilokokklar terida dominantlik qilsa streptokokklar, peptokokklar, peptostreptokokklar, veylonellalar ogʼiz boʼshligʼi va yuqori nafas yoʼllarida koʼplab uchraydi; enterokokklar va anaerob kokklar yoʼgʼon ichakda koʼpayadi.
Peptokokklar
peptostreptokokklar
veylonellalar
MIKROBIOLOGIYA
Organizmni immunreaktivlik holati buzilganda yoki boshqa organizm rezistentligi susaygan hollarda kokklar, boshqa shartlipatogen bakteriyalar kabi oʼzlarining yashash biotoplarini tark etib, butunligi buzilmagan teri va shilliq qavatlar orqali oʼtib, organizmning ichki steril muhitida koloniyalar hosil qilish, koʼpayish bilan yiringli-yalligʼlanish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Barcha kokklar, patogeni ham va shartli-patogeni turi ham klinikalarda keng tarqalgan yiringliyalligʼlanish kasalliklari qoʼzgʼa-tuvchilari hisoblanadi. Yiringli-yalligʼlanish kasalliklari barcha jarrohlik kasalliklarini 30-35%ni tashkil qiladi, bu esa har uchta bemordan bittasi yiringli-yalligʼlanish kasalliklariga mubtalo boʼlgan demakdir. Shuningdek, shartli-patogen mikroblar bilan chaqirilgan yiringli-yalligʼlanish kasalliklari klinikalarda boshqa soha kasalliklarida ham uchrab turadi: akusher-ginekologik, otorinolaringologik, oftalьmologik, stomatologik va boshqa-larda va bu oʼz navbatida bu muammoni zamonaviy tibbiyotda eng dolzarb mummolardan biriga aylanishiga sabab boʼlmoqda.
MIKROBIOLOGIYA
Hozirgi vaqtgacha kokklar yiringli-yalligʼlanish kasalliklari rivojlanishiga asosiy sabab boʼlib hisoblanar edi. Hozirda yiringli-yalligʼlanish kasalliklarini rivojlanishida grammanfiy tayoqchalar va spora hosil qiluvchi anaeroblarning roli ham mavjudligi aniqlandi. Shunday boʼlsa ham, odam patologiyasida, grammusbat va grammanfiy, aerob, anaerob, shuningdek mikroaerofillardan tashkil topgan yigʼma mikrob guruhi-kokklarga yetakchilik roli mansub. Manbalarga koʼra, barcha yiringli-yalligʼlanish kasalliklarini 25-50% etiologiyasiga koʼra kokk mikroflo-rasidan kelib chiqqanligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |