Telba, tentak, aqli zaif bo’lganlargina boshqalarning savol va
qiziqishlarini kutib turmasdan, gap boshlab yubora beradilar.
(Qutadg’u bilig. 28-bet)
Ushbu gapdagi telba, tentak, aqli zaif sinonim so’zlari “devona” dоminanta
so’zi atrofida birlashib, bir sinonimik qatorni tashkil qiladi. Mazkur sinonimik
qatorda “aqli zaif” so’ziga nisbatan “tentak”da, o’z navbatida “tentak’ka
qaraganda “telba”da ekspressiv bo’yoqdorlik ko’proq. Telba so’zining
ma’nodoshlari sanalmish tentak, aqli zaif so’zlarini ma`noni kuchaytirish va
badiiylikni oshirish maqsadida qo`llagan. Ijodkor sinonim so`zlardan o`rinsiz
takrorlarning oldini olish maqsadida foydalangan.
Kishi ezgulik qilishi kerak. Ezguning har bir qadami chiroyli, har bir
qadami go’zal.
(Qutadg’u bilig. 19-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: |