Tabaqalashtirib o‘qitish turlari
Tabaqalashtirilgan ta‘limning quyidagi turlari ma‘lum:
Qobiliyatlar bo‗yicha
Qobiliyatsizliklar bo‗yicha
Qiziqishlar bo‗yicha
Balog‗at yoshidagilarning kasbini loyihalashtirish bo‗yicha.
Qobiliyatlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan ta‘limda o‗quvchilar quyida keltirilgan bilimlarning biri bo‗yicha guruhlarga taqsimlanadi.
Umumiy qobiliyatlar bo‗yicha
Xususiy faoliyatlari bo‗yicha.
Birinchi holda barcha o‗quvchilar o‗tgan yilda erishgan o‗zlashtirish natijalariga muvofiq bir necha guruhlarga bo‗linadilar. Birinchi guruhga eng yuqori ball to‗plagan o‗quvchilar kiradi, ikkinchi guruhga kamroq va o‗rtacha ball to‗plagan o‗quvchilar kiradi va h.k. Bu holda sinflar «A», «B», «V» va h.k harflar bilan belgilanadi.
Maktabda sinflarni ana shunday bo‗lish har yili o‗tkazilishi shart. Pedagogik amaliyotning ko‗rsatishicha, masalan, «B» sinfidan «A» sinfiga o‗tkazish amalda mumkin emas. «V» sinfdan «A» sinfga o‗tkazish haqida gapirmasa ham bo‗ladi. Bu yerda gap shundaki, ushbu sinflarda o‗zlashtirish bo‗yicha erishilgan daraja «A» sinfga nisbatan sezilarli darajada pastdir. Va teskari «A» sinfdan «B» sinfga, «B» sinfdan «V» sinfga o‗tish imkoniyatlari mavjud.
Ikkinchi holda o‗quvchilar qobiliyatlari bo‗yicha u yoki bu o‗quv predmetlari guruhiga ajratiladi. Masalan, Fransiya litseylarida (o‗rta maktablarida) gumanitar, tabiiy - matematika, texnika fanlariga qobiliyatlari bo‗yicha tabaqalashtiriladi. Bunga gumanitar fanlar bo‗yicha qobiliyatni aniqlashda asosiy belgi tillar (fransuz, lotin, ingliz)ni yaxshi o‗zlashtirish hisoblanadi. Gumanitar sinflarga kirmay qolgan o‗quvchilar ozmi - ko‗pmi ixtiyoriy tarzda tabiiy matematik va texnik sinflar o‗rtasida taqsimlanadi. Eng muhimi, gumanitar, tabiiy matematik va texnik bo‗limlarning o‗quv rejalari va dasturlari bir - biridan keskin farq qiladi. Bu esa o‗quvchilarni bir bo‗limdan ikkinchi bo‗limga o‗tishiga hech qanday o‗rin qoldirmaydi.
Qobiliyat bo‗yicha ta‘limni tabaqalashtirishga baho berib, shuni ta‘kidlash joizki, u pedagogik fikr - mulohazalar jihatdan to‗g‗ri kelmaydi. Qobiliyatlilar sinfiga qabul qilingan bola istasa - istamasa o‗zini saralangan, imtiyozli deb his qiladi. Bu esa tarbiyaviy jihatdan kutilmagan chetga chiqishlarga olib kelishi mumkin. Qobiliyatsizlar sinfiga qabul qilingan o‗quvchilar esa har soniyada o‗zlarini noraso, ijobiy xislatlari etarli darajada bo‗lmagandek his etadilar. Bu esa bolaning nafaqat ma‘naviy kayfiyatini (bu esa milliy pedagogikamizning insonparvarlik xislatlariga mutlaqo to‗g‗ri kelmaydi), balki uning o‗qishga bo‗lgan munosabatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Bundan tashqari inson qobiliyati bir umrlik abadiy va o‗zgarmas narsa emasligini ko‗zda tutish lozim. Turli insonlarning individual rivojlanishi ustida o‗tkazilgan ko‗plab tadbirlarning ko‗rsatishicha, insonning shaxsiy sifatlari (shu jumladan o‗qishga bo‗lgan qobiliyati) biologik irsiyati ham ijtimoiy muhitga bog‗liq ekan. Bu ayniqsa bolalar va o‗smirlarda yaqqol namoyon bo‗ladi.
N.P. Dubinning ta‘kidlashicha, «Hatto bir tuxumli genotipi bir - biriga o‗xshash bo‗lgan egizaklar, turli ijtimoiy sharoitlarda rivojlantirilganda, ular jismoniy o‗xshashliklarini saqlagan holda turli ma‘naviy shaxs sifatida shakllanishi mumkin». Nihoyat, qobiliyat turli odamlarda, turli yoshda namoyon bo‗lishini ham yoddan chiqarmasligimiz lozim. Umuman aqliy, amaliy, axloqiy, missiy va boshqa faoliyat sohalari turli bolalarda turli yoshda shakllanadi va notekis shakllanadi.
Shuning uchun o‗quvchilarni qobiliyat bo‗yicha guruhlaganda ya‘ni o‗quvchilarni qobiliyatli guruhga qo‗shganda ham, qobiliyatsiz guruhga qo‗shganda ham xatoga yo‗l qo‗yish ehtimoli hamma vaqt ham bo‗ladi. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, qobiliyat bo‗yicha tabaqalash bu og‗ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qobiliyat bo‗yicha tabaqalashtirishning ko‗rinishlari aql - zakovat bo‗yicha tabaqalashtirishdir. Mazkur tabaqalashtirishning mohiyati quyidagilardan iborat:
Bola tuzilishi bilan ma‘lum qobiliyatga ega bo‗ladi.
Bolalar ta‘lim olishi uchun qobiliyatlari bo‗yicha tabaqalashishi zarur. Bolalarning qobiliyatlarini namoyon qilishi uchun "IQ" deb ataladigan testlar ishlab chiqilgan. Test bolani maktabga kirishi bilan o‗tkaziladi. Mazkur testlar bir talay topshiriqlardan iborat bo‗lib, o‗quvchilar ularni ma‘lum vaqt oralig‗ida bajarishi kerak. Odatda, test topshiriqlari shundayki, ularni muvaffaqiyatli chiqishi uchun o‗quvchi yaxshi so‗z boyligiga, rivojlangan nutqqa ega bo‗lishi atrof - muhit bilan tanish bo‗lish kerak, Boshqacha aytganda, bolaning yaxshi umumiy rivojlanishi talab etiladi.
Bolalarning "IQ" test natijalari aniqlangandan so‗ng ular qobiliyatli, o‗ta qobiliyatli va qobiliyatsizlar guruhlariga taqsimlanadilar. Ta‘lim jarayoni esa guruhlarga mos ravishda taqsimlanadi. I-X sinflarda bu tabaqalashtirish ifodalanmagan. Chunki barcha o‗quvchilar predmetlarni bir xil nomda o‗rganadilar. Biroq ushbu predmetlarning mazmuni turli guruhlarda bir xil emas. Qobiliyatli bolalar bilan ularning bilimiga bo‗lgan yuqori talablarini qondiradigan, jiddiy mashg‗ulotlar olib boriladi. Ushbu bolalar o‗qishning birinchi yilidanoq kollejdagi o‗qishga yo‗naltiriladi.
O‗quvchilarning juda katta asosiy qismi uchun boshqa ta‘lim dasturi tayyorlanadi. Ushbu bolalarga nazariya, fan asoslarini bilish shart emas, deb hisoblanadi. Ushbu kategoriyaga kirgan o‗quvchilar o‗rganadigan maktab predmetlari uchun nazariy materiallar olib tashlangan.
IX sinfda majburiy o‗qish muddati tugaganda AQSHning aksariyat shtatlarida 16 yoshgacha majburiy ta‘lim haqida qonun qabul qilingan. IX sinfni bitirgan o‗quvchilarning bir qismi maktabdan ketadilar, qolgan qismi esa X-XII sinflarda o‗qishni davom ettiradilar.
O‗rta maktabning yuqori bosqichida tashqi tabaqalashtirish mavjud. Bu akademik va noakademik ixtisosliklarga ajratilgan. Noakademik ixtisoslikda umumiy, sanoat, savdo, qishloq xo‗jalik ixtisosliklari kabi turli yo‗nalishlar mavjud.
O‗quvchilarning ixtisosliklar bo‗yicha taqsimlanishi, odatda ularning elementar maktabda "IQ" guruhlariga bo‗lish bilan mos tushadi. Yuqori "IQ" ga ega bo‗lgan va kollejga yo‗naltirilgan o‗quvchilar akademik ixtisoslikka kiradi. O‗quvchilarning katta qismi (75% atrofida) noakademik ixtisoslik dasturi bilan shug‗ullanadi.
Akademik ixtisoslik o‗quvchilari oliy o‗quv yurtiga kirib o‗qishni davom ettiradilar. O‗quvchilar fizika, kimyo, algebra, geometriya, chet tillarni, bir so‗z bilan aytganda, rivojlangan mamlakatlar zamonaviy o‗rta maktab dasturini tashkil etgan barcha fanlarni o‗rganadilar.
Noakademik ixtisoslik dasturida asosiy e‘tibor bilimlar va amaliy majburiyatlarga qaratilgan.
Yuqorida biz o‗quvchilarni qobiliyat bo‗yicha tabaqalashtirishning mavjud shakllarini qarab chiqdik.
O‗quvchilar ta‘limini tabaqalashtirishning akademik shakli, ularning iqtidorini rivojlantirish muammosi bilan bog‗langan.
Mazkur muammo O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi
Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta‘kidlangan. Jumladan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da "Iqtidorli bolalarni va iste‘dodli yoshlarni aniqlash va o‗qitish uslubiyati, psixologik - pedagogik tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma‘lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‗quv dasturlar va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi.
O‗quv - tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroklari ta‘minlanadi", deb belgilab qo‗yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |