Guruh yaratishning avtomatik usuli orqali bir paytning o'zida bir nechta guruh yaratish mumkin. Bu usul orqali guruh yaratish uchun Шаблон название (Qolib nomi), Количество групп/участников (Guruhlar/foydalanuvchilar soni), Распределить участников (Foydalanuvchilarni taqsimlash) maydonlarini zaruriy ma‘lumotlar bilan to'ldirib, Отправить (Yuborish) tugmasini bosish kerak.
Guruh yaratishning import qilish usuli orqali ham bir paytning o'zida bir qancha guruh yaratish imkoiyati mavjud. Bu usulning avtomatik guruh yaratish usulidan farqi shuki, yaratilishi kerak bo'lgan guruh ro'yxati matnli fayllardan yuklanadi. Bu usul orqali guruh yaratish uchun Импорт (Import qilish) maydonini zaruriy ma‘lumot bilan to'ldirib, Импортировать групп (Guruhlarni import qilish) tugmasini bosish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |