«Bahs - munozara» metodi. Bahs - munozara
- o‗quvchilarni ikki guruhga
bo‗lgan holda, biror mavzu bo‗yicha o‗zaro bahs, fikr almashinuv tarzida
o‗tkaziladigan o‗qitish metodi.
Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida
muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu metod qo‗llaniladi. Bahs -
munozarani boshqarib borish vazifasini o‗quvchilarning biriga topshirish mumkin.
Bahs - munozarani erkin holatda olib borish va har bir o‗quvchini munozaraga jalb
etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod olib borilayotganda o‗quvchilar orasida
paydo bo‗ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak.
Bahs - munozara metodining afzalliklari:
- o‗quvchilarni mustaqil
fikrlashga undaydi; - o‗quvchilar o‗z fikrining to‗g‗riligini isbotlashga harakat
qiladilar; - o‗quvchilarda eshitish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Bahs - munozarametodining kamchiliklari:
o‗qituvchidan boshqarish
mahoratini talab etadi; o‗quvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‗lgan
mavzu tanlash talab etiladi.
Bahs - munozara metodini o‘tkazish bosqichlari
:
O‗qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi.
Bahs - munozara
o‗qitish usulidan foydalanishdan maqsad nima uning afzalliklari
darsning samaradorligini oshirish tamoyillari nimadan iborat degan savolga
quyidagicha javob berish mumkin.
1. Noan‘anaviy o‗qitish eng sodda qulay usul. 2. Mustaqil fikrlashni
o‗rgatadi. 3. Ko‗p tarmokli. 4. Sodda va oson. 5. Bilim boyligini oshiradi.
6. Vaqtdan yutadi. 7. Qiziqarli o‗tadi. 8. Darsning samaradorligini oshiradi.
9. Dunyoqarashni kengaytiradi. 10. Tafakkurni rivojlantiradi. 11. O‗quvchilarining
27
diqqat e‘tiborini tortadi. 12. Har bir o‗quvchi bilan individual munosabatda
bo‗ladi. 13. Xotirani kengaytiradi. 14. Izlanishga chorlaydi. 15. O‗quvchilarni o‗z
ustida ishlashga chorlaydi.
Xulosa qilib aytganimizda, hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interaktiv
metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini
o‗quv jarayonida qo‗llashga bo‗lgan qiziqish, e‘tibor kundan – kunga ortib
bormoqda, chunki shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‗quvchi – talabalarni faqat
tayyor bilimlarni egallashga o‗rgatilgan bo‗lsa zamonaviy texnologiyalarda esa
ularni egallayotgan bilimlarini o‗zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‗rganib, tahlil
qilishlariga, hatto xulosalarini ham o‗zlari keltirib chiqishlariga o‗rgatadi.
Bunday jarayonda o‗qituvchi shaxsni rivojlanishi, shakllanishi bilim olishi
va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan birga, boshqaruvchilik,
yo‗naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ya‘ni ta‘lim jarayonida o‗quvchi – talaba
asosiy figuraga aylanadi.
Mazkur metodlar o‗quvchi – talabalarni bilimli etuk malakaga ega
bo‗lishlarini ta‘minlaydi.
Hozirgi vaqtda 5 - 7 sinf o‗quvchilarning ijodiy kasbiy tayyorgarligi sifat va
samaradorligini oshirishda quyidagi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash maqsadga
muvofiqdir:
1. O‗quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan
pedagogik texnologiya – muammoli ta‘lim, turli xil o‗yinlar.
2. O‗quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlashga
asoslangan pedagogik texnologiya.
3. O‗quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan
pedagogik
texnologiya
–
tabaqalashtirilgan,
individuallashtirilgan,
dasturlashtirilgan ta‘lim texnologiyalari, ta‘limning jamoa usuli, guruhli,
kompyuterli ta‘lim texnologiyalari.
4. Rivojlantiruvchi ta‘lim texnologiyalari – o‗quvchi shaxsining ijobiy
sifatlarini, ayrim sohadagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
28
Ta‘lim - tarbiya jarayonini loyihalash, loyihalangan pedagogik texnologiyani
pedagogik jarayonga tatbiq etish o‗qituvchidan
Do'stlaringiz bilan baham: |