Chaqqonlik – muvofiqlashtirish layoqatlarining
majmuaviy namoyonligi sifatida
Ko‘p yillar davomida ilmiy-usuliy bo‘lishi adabiyotlarda
«chaqqon» deganda nimani tushunish kerak, uni qanday belgilari mav- judligi, chaqqonlikning insondagi boshqa xususiyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi masalalari keng munozaraga sabab bo‘lib kelmoqda (N.A. Bronshteyn; V.M. Zatsiorskiy; V.I.Lyax; va boshq.). Lekin hozirgi kungacha olimlar orasida chaqqonlikning aniq ta’rifi mavjud emas. Turli va juda qarama-qarshi fikrlar mavjud. Bir hollarda chaqqonlik muvofiqlanganlik, muvofiqlash layoqatlari bilan belgilansa, boshqa hollarda muvofiqlash layoqatlari ko‘rsatkichlarining hosilasi, uchin- chi holda muvofiqlash layoqatlarini namoyon bo‘lishini chegaralov- chi, insonning psixomotor xususiyatlari bilan bog‘laydilar. Bunda, chaqqonlikning o‘lchovlari sifatida turli belgilar ishlatiladi.
Insonning bu sifatini tabiatini o‘rganishda N.A.Bronshteynning
«Chaqqonlik va uni rivojlanishi» (1991) nomli kitobining o‘rni katta. Chaqqonlikning muvofiqlash, uning o‘ziga xos belgilari, namoyon bo‘lish shakllari to‘g‘risida keltirilgan nazariy g‘oyalar va qarashlar
«chaqqonlik» tushunchasini hajdaqi aniqlash va ma’nosini tushu- nishga imkon yaratdi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, chaqqonlik faqat sharoitning kutilmagan va og‘irlashgan vaziyatlarida, insondan bunday vaziyatlardan tez, aniq harakatlar kutilayotgan, to‘satdan va oldindan aytib bo‘lmay- digan hollarda namoyon bo‘ladi.
Chaqqonlik muvofiqlash layoqatlarining integral ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Muvofiqlash layoqatlari va chaqqonlikning farqi shundaki, muvofiqlash layoqatlari xaraktlarning muvofiqlashtirilgan- ligini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha turlarida, chaqqonlik esa harakatlarni tez o‘zgartirish, zukkolik bilan kutil-
magan harakat qilish kerak bo‘lgan vaziyatlarda namoyon bo‘ladi. Bulardan kelib chikqan holda chaqqonlikka insonning ixtiyoriy kutilmagan harakat vazifasini to‘g‘ri, unumli yechish xususiyati deb qarash mumkin.
Chaqqonlik – insonning murakkab va majmuaviy psixofizik sifati. Uning rivojlanganlik darajasi murakkab muvofiqlash masalalarini yechishda qatnashuvchi psixomotor imkoniyatlarning rivojlanganlik saviyasi bilan aniqlanadi. Bunday masalarni yechish uchun inson ham jismoniy, ham ruhiy tayyor bo‘lishi lozim. Yaxshi rivojlangan chaqqonlik sifati – harakatlarni boshqarishning oliy shakllaridan biri. Bejiz emaski, N.A. Bronshteyn harakat chaqqonligi – harakatlarni boshqarish malikasi deb ta’kidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |