Jismoniy tarbiyaning umumiy asoslari. Bu bo‘limning mazmuni jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fanda asosiy oqim bo‘lib qoladi. Bu erda jismoniy tarbiyaning asosiy belgilari va qonun qoi- dalari ta’lim va tarbiyaviy maqsadlaridan jismoniy madaniyat foyda- laniladigan jarayoni, bunda hal etiladigan asosiy vazifalar, ularni hal qilish uchun qo‘llaniladigan vositalar va uslublar, mashg‘ulotlarning tuzilish usullari va shu kabilar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Jismoniy madaniyatdan foydalanishning tipik yo‘nalish- lari va shakllarining tasnifi. Bu bo‘limda jismoniy madaniyat jami- yatda, inson hayoti tarkibida, ayniqsa, hayotiy faoliyatining asosiy sohalarida foydalanuvchi turli yig‘ilishlar va unga mos shakllarining xususiyatlari o‘rganiladi. Aniqrog‘i bu bo‘limda jismoniy madani- yat umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorlash tizimda mehnatni ilmiy tashkil etish tizimidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlarini o‘rganib boradi. Shuningdek, sport jismoniy madaniyatning asosiy komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifa- tida (sport mashg‘uloti, musobaqalar) tahlil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |