Yor — yor va kelin salom. Xotin qizlarning qiz uzatish bahona o'zlari
to'qigan yor-yorlarida qiz bolaning qismati, uning baxtini tilash, epli - sepliligini
ta'kidlash, qizlarning taqdirga tan berishi, ko'nikishi kerakligi haqidagi momolar
o'giti ifodalangan quyidagi turli viloyat va tumanlardan yozib olingan (1-ilova).
Kelin salom. Kelin salom kelin tushgan kunning ertasiga ertalab, kelinni kuyovning
ota-onasi va qarindoshlariga ko'rsatish, tanishtirish, salomlashish uchun
o'tkaziladi.
Kelinning yuziga parda yopib, ro'molcha to'sib xonadon ostonasiga olib
chiqadilar va kelin salom aytadilar:
Assalomu alaykum kelin salom
Avvalambor ikki olam sarvari
Yaratgan egamga salom!!
Do'stlaringiz bilan baham: |