Abdulla sher axloqshunoslik


Ruhiy tahlil mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

2. Ruhiy tahlil mutafakkirlarining axloqiy ta’limotlari
Ruhiy tahlil usulining vujudga kelishi juda katta shov-shuvlai^ga sabab 
bo ldi. XX asr arafasidan to bugungi kungacha bu shov-shuvlar goh 
kuchayib, goh susayib davom etm oqda. U lar bejiz emas. Zero, m ing 
y illard an buyon o ‘q itilib va a m aliy o td a q o ‘llan ib k e lin ay o tg a n
ruhshunoslik fani bir zarb bilan taxtdan tushirildi. Ana shu zarb egasi 
avstriyalik olim 
Zigmund Froyd 
- Zigismund Shlomo (1856-1939) 
edi.
G ap shundaki, akademik ruhshunoslik tabiiy fanlar laboratoriyasining 
usullarini qo‘llab, vijdon, qadriyatli mulohazalar, ezgulik va yovuzlikni 
bilish — ruhshunoslik m uam m olari tizimiga kirmaydigan m etafizik 
tushunchalar, deb hisoblab, asosan, odatdagi «ilmiy usul» bo'yicha qabul 
qilingan mayda masalalar bilan shug‘ullanib kelardi; u o ‘zining asosiy 
obyekti — qalbni nazardan qochirib, umumiy, yoshga, kasbga doir ruhiy 
holatlar hamda reaksiyalar va tabiiyyatlarning shakllanishiga, ya’ni ruhiy 
«murvatlar»ga e ’tiborni qaratib, yuqorida aytganimizdek, inson uchun 
nihoyatda muhim bo‘lgan m uhabbat, aql, vijdon, qadriyatlar singari 
hodisalami chetlab o ‘tdi. Froyd esa kuzatuvlar, aql va o ‘z kechinmalariga 
suyanibgina, axloqiy muammolarga murojaat qilmasdan ruhiy kasallikni 
muvaffaqiyatli davolash m uam m osini hal etib b o ‘lmasligini aniqladi va
www.ziyouz.com kutubxonasi


bem or o ‘z qalbi ehtiyojlarini hisobga olmagani uchun kasallikka 
chalinadi, degan xulosaga keldi.
Froyd inson ruhiy hayotida uch bosqichni ajratib ко rsatadi. ong 
yoxud onglanganlik, ongoldi, va ongtubi yoxud onglanmaganlik, ya ni, 
ongga aylanmagan holat. Onglanmaganlik va ongoldi ongdan nazorat 
(senzura) degan o ‘rta bosqich orqali ajralib turadi. Nazorat ikki vazifani 
bajaradi: birinchisi, shaxs o ‘ziga maqbul ko‘rmagan va qoralagan his- 
tuyg‘ular, fikrlar, tushunchalarni onglanm aganlik hududiga siqib 
c h iq a ra d i; ik k in c h is i, o n g d a o ‘z in i n am o y o n e tish g a, ya ni, 
onglanganlikka, intilgan faol onglanmagan holatga qarshi kurashadi. 
Onglanmaganlikda fikrlar, his-tuyg‘ular umuman yo‘qolib ketmaydi, 
biroq xotiraga chiqishi uchun yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bois ular ongda 
bevosita emas, balki bilvosita — bilmay gapirib yuborish, xato yozib 
yuborish, tush, nevrozlar singari g‘alati harakatlar orqali namoyon 
bo‘ladi. Shuningdek, onglanmaganlikning sublimatsiyasi - taqiqlangan 
intilishlarning ijtimoiy jihatdan maqbul harakatlarga aylangan tarzda 
ko‘rinishi ham ro‘y beradi. Onglanmaganlik g‘oyat yashovchan, vaqtga 
bo'ysunmaydi. Undagi fikrlar, istaklar, his-tuyg‘ular nazorat tufayli, 
hatto o ‘n yillardan so‘ng ongga chiqsalar-da, o ‘z ehtiros quw atini 
yo'qotmaydilar. Ongoldi holatini muvaqqat onglanmaganlik, deyish 
mumkin, uning ongga aylanish imkoni bor, u onglanmaganlik bilan 
ong o ‘rtalig‘ida b o iib , ongning kundalik ishida xotira ombori vazifasini 
bajaradi.
Shunday qilib, qalb qa’rida yotgan, tiyiqsiz ehtiroslar hisoblangan 
onglanmaganlik intilishlariga diqqatni qaratib, Froyd inson qalbining 
«qora» tom onlarini tahlilga oladi. Bu tahlil, insonning qanchalik zohiriy 
axloqiylashuviga qaramay, unda tabiiy jinsiy aloqada o‘zini namoyon 
qiladigan uyatsiz, aksilaxloqiy, «yomon» tom onlar mavjudligini isbotlab 
beradi. Bu tom onlarni Froyd tushlarda aks etishini ко rsatadi, zero, 
tushda ongning nazorati g'oyatda zaiflashishi tufayli ular о zlarini ramziy 
ta rz d a n a m o y o n eta d ila r. Shu vajdan buyuk ta h lilc h i-fa y la su f 
Aflotunning, yaxshi odam yomon odam o ‘ngida qilgan ishlarni tushda 
ko‘rish bilangina cheklanadi, degan fikrini eslatib o‘tadi.
F royd o n g la n m ag an lik n i in son qalbidagi b arch a yovuzliklar 
saqlanadigan hovuzga o'xshatadi. Tushlardagi madaniy kishini dahshatga 
soladigan tuban, hayvoniy holatlar — jamiyatdagi axloqiy talablar bilan 
hisoblashish natijasida real hayotda amalga oshmagan shaxs xohish- 
istaklarining evaz, tovon tarzida yuzaga chiqishi. Inson faqat fikran,
www.ziyouz.com kutubxonasi


tushlarida, xayolan va orzularida onglanmaganlik intilishlariga, «yomon» 
ibtidoga beriladi, real hayotda esa o ‘zining ochiq jinsiy hirsini yoki 
tajovuzkorligini ko‘rsatib, yom on otliq bo‘lmaslikka, yaramas odam
degan nom olmaslikka, boshqalaiga hayoli, halol, muloyim shaxs sifatida 
ko‘rinishga urinadi. Bu urinish birovlarni ikkiyuzlamachilikka yoki 
mavjud hayotiy qadriyatlarni va axloqiy qoidalarni so‘zsiz, notanqidiy 
qabul qilishga olib kelsa, boshqalar uchun u ruhiy nosog‘lomlikka, 
insonni ichdan kemiradigan, lekin tashqaridan bilinmaydigan asabiy 
kasallikka aylanadi. Froydning fikriga ko‘ra, tushlardagi «yovuz» niyatlar 
va «yaramas» istaklarni hozirgi zam ondan emas, ko‘proq kechm ishdan 
izlash kerak, zero, ular «faqat infantilizm ni», etn ik ibtidom izga 
qaytganimizni o ‘zida aks ettiradi. Ana shu jihatlar axloqiy m uam m olam i, 
xususan, axloqning kelib chiqishi, insoniyat sivilizatsiyasi tarixida yuzaga 
kelgan turli xil axloqiy qoidalar va talablarni ko‘rib chiqishda Froyd 
uchun qo‘l keladi.
Shuni aytish kerakki, Froyd insondagi ezgu ibtidoni, olijanob 
intilishlarni inkor etmaydi. Uning axloqiy qarashlarini tushunmaganlarga, 
uni yovuzlikni mutlaqlashtirishda ayblaganlarga qarshi Froyd, bizning 
insondagi barcha yovuzliklarni ta ’kidlab ko‘rsatishimizga sabab shuki, 
boshqalar ularni inkor etadi; bu ta ’kidlashdan insonning ruhiy hayoti 
yaxshilanmasa ham , har holda u tushunarli bo 'lad i; agar biz b ir 
tom onlam a axloqiy baholashdan yuz o'girsak, u holda, shubhasiz, inson 
tab iatid ag i ezgulik va yov uzlik n in g o ‘zaro m un osab ati sh ak lin i 
aniqlashimiz mumkin, degan fikrni bildiradi. H aqiqatan ham Froyd 
axloqiy qarashlarining o ‘ziga xosligi aynan ana shunga asoslangan. Biroq, 
Froyd, barcha illatlarning va vijdon, qo ‘rquv, aybni his qilish, tazarru 
singari fazilatlarning kelib chiqishini, faoliyatini, deyarli barcha axloqiy 
hodisalarni asosan «Edip kompleksi»ga olib borib taqab qo‘yadi.
Zigmund Froydning o ‘zi bir o'rinda: «Yangi harakatni to 'x tatib
bo lmasligiga dushmanlarim ishonch hosil qilganlari kabi, menga ham
bundan buyon uni o ‘zim chizib bergan yo‘ldan olib ketish m um kin 
emasligiga ishonishimga to ‘g ‘ri keldi», — degan e d i1. D arhaqiqat, ruhiy 
tahlilning keyingi taraqqiyoti — froydchilik va yangi froydchilik bosh- 
qacha yo‘ldan, ruhiy tahlil asoschisi nazariyalarini tanqidiy o ‘rganish

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish