Abdulla sher axloqshunoslik


Anbar Otin. Tanlangan asarlar. Т., G ‘.G ‘ulom nom idagi Adabiyot va san ’at



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

Anbar Otin. Tanlangan asarlar. Т., G ‘.G ‘ulom nom idagi Adabiyot va san ’at
nashriyoti, 1970, 9 4 -9 5 -b .
2 0 ‘sha manba, 1 0 4 -1 0 5 -b .
www.ziyouz.com kutubxonasi


deb qabul qilish nojoiz. Chunonchi, u soTiylik tariqatlarining hammasini 
m o h iy a ta n reak sio n , degan fikrni ilgari suradi va s o ‘fiy la rn i 
mustamlakachi amaldorlar ra’yiga qaraydigan rasmiy din peshvolari 
bilan chalkashtirib yuboradi. Lekin, shunga qaramasdan, Anbar otinning 
asarlari, ayniqsa, «Qarolar falsafasi» risolasi hozirgi kunda ham ijtimoiy- 
axloqiy ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Bundan tashqari, Anbar otin shoira va faylasuf olima sifatida ham , 
shaxs sifatida ham kishini hayratga soladigan darajada matonatli, pokiza 
inson, yuksak axloq egasi b o ‘lgan. U um rini Turkiston xalqlari 
m a’naviyatini yuksaltirishga bag‘ishladi, nogiron bo‘lishiga qaram ay, 
adolat lashkarining pahlavoni bo‘lib kurashdi. Bugungi kunda mustaqil 
0 ‘zbekistonimizga bu tom m a’nodagi qahramon ayol orzu qilgan kunlar 
keldi, Anbar otinning olimona va shoirona bashorati amalga oshdi.
Abdulla Avloniy. 
Turkiston m a’rifatparvarlari orasidagi yana bir 
mutafakkir ta ’limshunos, pedagog va axloqshunos Abdulla Avloniydir 
(1887-1934). Uning XX asr boshlarida Turkistonda mashhur bo ‘lgan 
«Turkiy guliston yoxud axloq» (1913) asari axloqiy m uammolarga 
jadidchilik nuqtayi nazaridan yondashishi, ko‘pchilikka tushunarli tilda 
yozilgani bilan ajralib turadi. Agar Anbar otinning «Qarolar falsafasi» 
risolasida dolzarb axloqiy muammolar majoziy-falsafiylik, ilmiy-nazariy 
xulosalar orqali yoritilsa, Avloniy asarida fazilatlar va illatlarga ko‘proq 
ta ’rif berish, ularni sharhlash yo‘li ustuvorlik qiladi.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida an’anaviy- 
falsafiy yondashuv bo'lm ish antropologik nuqtayi nazar bo‘rtib ko‘zga 
tashlanadi. Ammo bu yondashuvning yangilangan mohiyati shunda ediki, 
tadqiqot obyekti sifatida makon va zamondagi umumiy mavhumiy inson 
emas, balki, muayyan, XX asr boshlaridagi, milliy ozodlikka, yangicha 
hayot tarziga intilishni o ‘z oldiga niyat qilib qo‘ygan Turkiston fuqarosi 
olinadi. Ana shu yangi inson tarbiyasi bosh masala tarzida o ‘rtaga 
tashlanadi.
Faylasuf-pedagog, aw alo, millatni tarbiyalashni o ‘z ustiga olgan 
tarbiyachi muammosiga to ‘xtaladi: otalar — to ‘ychi, uloqchi, bazm chi, 
ilm q ad rin i b ilm ag an , m u allim lar — o 'z la ri tarbiyaga m u h to j, 
dorilmualliminni tugatishi kerak bo‘lgan, mudarrislar esa — darslari 
beimtihon, isloh yaqiniga yoiamaydigan kishilar. Shu bois millat yoshlari 
ta rb iy a s in i u su li ja d id ta ra fd o rla ri — t a ’lim -ta rb iy a tiz im in i 
zamonaviylashtirishga, isloh qilishga intilayotgan ziyolilar qo‘lga olishlari 
kerak. Avloniy Rusiya hukumati u yer-bu yerda yangicha m aktablar
www.ziyouz.com kutubxonasi


ochgani — shunchaki jahon jamoatchiligini chalg'itish ekanini, ochiq 
bo lmasa ham, ishora bilan aytib o ‘tadi. H ukum at ham m aning otasi, 
о z fuqarosining bolalarini tarbiya qilm og‘i lozim. Rusiya hukumati 
esa о gay; o ‘gay b o ‘lsa ham, u yer-bu yerda maktab ochib, bolalarni 
tekin o'qitadi, deydi u. Avloniy ana shu «o‘gay tarbiyadan» ko‘ra milliy 
tarbiyamiz usullarini yangilashni afzal biladi va o ‘z davrini «tarbiyaning 
zamoni» — tarbiyaning ayni vaqti deb ataydi. U ning bu boradagi 
qarashlari hanuz o ‘z kuchini yo‘qotm aganligini; tarbiya — hozir ham 
jamiyat uchun dolzarb muammo ekanini Prezident Islom Karimov 
m ashhur nutqlaridan birida (1995-yil 23-fevral) Avloniydan mana 
bunday deb ko‘chirm a keltirish yo‘li bilan ta ’kidlaydi: «M a’rifatparvar 
bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek, «Tarbiya bizlar uchun yo hayot
— yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir»1.
Avloniy tarbiyani, qadimgilar va 0 ‘rta asrlar m usulm on Sharqi 
mutafakkirlari a n ’analariga suyanib, uchga b o ‘ladi: badan tarbiyasi, fikr 
tarbiyasi, axloq tarbiyasi. Shular orasidan axloq tarbiyasiga alohida ui^g‘u 
berib, uni «insonlarga eng m uhim , ziyoda sharaf, baland daraja 
berguvchi» tarbiya deb baholaydi. Fazilatlarni faylasuf-pedagog yaxshi 
xulqlar, illatlami esa — yomon xulqlar deb ataydi. Fatonat, diyonat, 
sharaf, hayo singari musulmon Sharqi uchun a n ’anaviy bo'lgan fazilatlar 
sharhi bilan birgalikda Avloniy vijdon, Vatanni suymak singari Turkiston 
mintaqasi uchun yangi talqinda taqdim etilgan fazilatlar haqida alohida 
to ‘xtaladi. Vatanni suymoq, lozim b o ‘lsa, uning yo‘lida jonini fido 
etmoq yuksak axloqiy insonga xos fazilatdir. Inson Vatanni tanlamaydi. 
«Biz turkistonliklar o ‘z Vatanimizni jonim izdan ortiq suydig'im iz kabi, 
arablar Arabistonlarini, qumlik issiq ch o 'llarin i, eskim o‘lar shimol 
taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda 
suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o ‘z 
vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi», — deb yozadi bir o ‘rinda Avloniy.2
Vijdon esa Avloniy nazdida, inson niyatlari va qilmishlarini aks 
ettiruvchi eng musaffo axloqiy ko‘zgudir, «inson aqli va fikrining haqiqiy 
mezoni».
Shuningdek, jadid axloqshunosligining allomasi intizom , iqtisod, 
idrok va zako singari o ‘sha davrlarda hali ko‘p quloq o'rganm agan

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish