jam oat tarzda yashashning eng oliy shakli hisoblanadi va nosiyosiy
b o ‘lgan barcha munosabatlarni o ‘z ichiga oladi. U nda shaxs erkinligi
«individning ochilishi» ixtiyoriy tarzda tuzilgan fuqarolar uyushmalari,
tashkilotlari va birlashmalari doirasida o ‘zini nam oyon qiladi; iqtisodiy,
diniy, m a’naviy, axloqiy-estetik, milliy, oilaviy v.b.
m unosabatlar davlat
idoralarining aralashuvisiz, o ‘z - o ‘zini boshqarish asosida am alga
oshiriladi.
3. Davlatning axloqiy mohiyati
Buyuk olmon faylasufi Hegel davlatni axloqiy g‘oyaning voqe b o iish i
deb ta ’riflaydi va tabiiy munosabatlarni m a’naviy m unosabatlar bilan
muqoyasa qilib, oilani - hissiyotga, fuqarolik
jam iyatini - asabning
ta ’sirlanish qobiliyatiga, davlatni esa o ‘zi uchun asab tizimiga o ‘xshatadi;
u o ‘z ichida botinan tashkil topgan, biroq uning yashashi o ‘zida ikki
holatning taraqqiy topishiga bog‘liq, bular - oila va fuqarolik jamiyati.
Davlat aqlning ro‘yobga chiqishi sifatida har bir shaxs ixtiyoriga mosdir.
Odatda, davlatning maqsadi o ‘z fuqarolarini baxtli qilish deb hisoblanadi.
A gar fu q aro lar qiynalsa, u la rn in g subyektiv e h tiy o j-m a q sa d la ri
q o n d irilm a sa, d av latn in g m ustahk am ligi sh u b h a o stid a q oladi.
Davlatning asosi — siyosiy tuzum. Uning taqdiri ham ana shu siyosiy
tuzumga bogMiq1.
Ko'pdan ko‘p turli-tum an boshqaruv va tashkiliy institutlardan iborat
bo'lgan davlatning eng muhim axloqiy vazifalaridan biri - tarbiya.
Davlat tom onidan maktabgacha bo'lgan tashkilotlarda,
maktablarda,
o ‘rta maxsus va oliy o ‘quv yurtlarida ta ’lim bilan qo‘shib olib boriladigan
tarbiya alohida aham iyatga ega. Agar m azkur tarbiyada om m abop
usullaming toshi bosib ketsa, u hoi maqtarli emas; yoshlam ing o ‘zligini
anglagan shaxs bo'lib yetishuvi mushkullashadi. Shu bois, imkon boricha,
tarbiyada individual yondashuvga intilish maqsadga muvofiq.
Demokratik tamoyillami amalga oshirish jarayonlarida davlat, hamma
fuqaro baravariga teng, degan usulda ish ko‘rmasligi lozim, ham m aning
huquqiy
tengligini tan olgan holda, ijtimoiy tenglashtirish tamoyiliga
yo‘l qo ‘ymaslik kerak.
Davlatning mavjud bo'lish sharti, eng aw alo , uning suverenitetida.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunda xalq tashqi olamga nisbatan mustaqil b o iad i va о z davlatini
shu mustaqillik asosida tuzadi. Shu bois suverenitet to ‘g‘risida alohida
to ‘xtalib o ‘tish joiz.
Davlat suvereniteti eng aw alo, millat suvereniteti demakdir.
U shaxs
mustaqilligini, huquqlarini kafolatlaydigan va millat hukmronligini to liq
ta ’minlaydigan ijtimoiy-siyosiy hodisadir. Millat suvereniteti birinchi
navbatda uning siyosiy jihatdan o ‘z -o ‘zini boshqarishida qadim dan
egallab kelgan hudud va undagi foydali qazilmalarga egalik qilishida,
o ‘zi tanlagan davlat hokimiyatida ham da milliy fuqarolikda nam oyon
bo‘ladi. Shuningdek, inson suvereniteti
ham davlat suverenitetining
m uhim qism i h iso b lan ad i. U fu q aro n in g yashashga, m u sta q il
dunyoqarashga bo‘lgan huquqi bilan belgilanadi va zulmga, adolatsizlikki,
ochlikki, shaxs erkinligining buzilishiga qarshi kafolatlar majmuini о z
ichiga oladi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning quyidagi
so‘zlari davlat va uning fuqarosi o ‘rtasidagi munosabatlarni zamonaviy
talqin etishda muhim ahamiyatga ega.
«Inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda inson manfaatlari ustuvor
bo'lishi kerak — deb yozadi Islom Karimov. —
Davlat hokimiyatining
barcha tarmoqlari o ‘z faoliyatini inson huquqlarini himoya qilish va
qo'riqlash ishiga safarbar qilgandagina o ‘z vazifasini to ‘g‘ri aido etgan
hisoblanadi. Bu qoidani hamma tan olishi, bu qoidaga ham m a itoat
qilishi shart»1.
Shunday qilib, suveren davlat inson huquqlarini,
shaxs nomusi va
qadr-qim m attini himoya qilishni o ‘zining asosiy vazifasi deb biladi,
uning yuksak axloqiy mohiyati ham ana shunda.
Biz mustaqillikka erishganimizdan keyin o ‘z davlatimizni qadimiy
davlatchiligim izning eng yaxshi a n ’analari bilan birga zam onaviy
dem okratik tam oyillar asosida qurishga kirishdik. Davlatimiz ham
m a ’naviy-axloqiy, ham jism oniy tarbiyaga katta aham iyat berib
kelmoqda. 2000-yilning «Sog‘lom avlod yili», 2001-yilning «Onalar va
bolalar yili», 2008-yilning «Yoshlar yili»
deb atalgani bejiz emas, yosh
avlod tarbiyasi bizda davlat siyosati darajasiga ко tarilgan. M ana,
ko‘rinishidan juda oddiy bir misol. 0 ‘zini eng insonparvar davlat deb
e ’lon qilgan Sho‘rolar Ittifoqi bunyodga kelganidan boshlab, deyarli
yarim asr mobaynida bola tug‘ilgach, onani uch oy ishdan ozod qilardi,
Do'stlaringiz bilan baham: