ко rsatilishiga sabab shuki, u istisnoli holatlarda o'zining odatiy-kundalik
hayotiy majburiyatlarini va munosabatlari darajasini ixtiyoriy ravishda
oshira olish qudratiga ega bo‘ladi. Fidoyi inson boshqalar m anfaati
yo'lida o ‘z qonuniy manfaatlarini, b a’zan esa hatto hayotini qurbon
qilishga tayyorturadi va zarurat tug'ilganda qurbon qiladi ham ; jam iyat
uchun umumiy bo‘lgan oliy maqsad va ideallarni deb o ‘zidan kechadi.
Bunga Ikkinchi jahon urushi qahram oni mard o'zbek yigiti T o'ychi
Eryigitovning fidoyiligi yorqin misol bo‘la oladi. U dushman pulemyotiga
ko‘ksini qalqon qilishi bilan o ‘nlab, balki yuzlab o ‘ziga o'xshash odam lar
hayotini
saqlab qoldi; bu odam lar esa o ‘z navbatida jaho nd a fashizm
g‘alabasining xavfini kamaytira borib, oxir-oqibat yo‘qqa chiqardilar;
ularning zurriyotlari esa hozir ham dunyoning yangilanishi, o ‘zgarishi
uchun, oliy maqsadlar uchun xizmat qilmoqdalar. To‘ychi Eryigitovning
nomi biz bilan birga, hech qachon xalq yodidan chiqmaydi.
Shuni ham aytish kerakki, fldoyilik tamoyilining mazmuni turli tarixiy
davr va ijtimoiy jarayonlarda turlicha muayyanlashadi; u m a’lum bir
davrlarda om m aviylashishi yoki kam ayishi m um kin. C h u n o n c h i,
mustaqillikka erishganimizdan so‘ng dastlabki paytlarda o 'tish davriga
xos bo‘lgan — fidoyilikka nisbatan xudbinlik tamoyilining kuchayganini
ко rdik.
Hozirga kelib esa, aksincha, asta-sekinlik bilan jam iyatim izda
fldoyilik ustuvor tamoyil m aqom ini egallab bormoqda; Prezident Islom
Karimovning fldoyilik tamoyili m ohiyatini to ‘la anglatadigan «Elim
deb, yurtim deb yonib yashash kerak!» degan so‘zlarini axloqiy shior
qilib olgan jam iyatim iz a ’zolarining ilg‘o r qismi to b o ra k o ‘payib
bormoqda. Ana shu ko‘payib borish jarayoni qancha tezlashsa, biz
qurayotgan davlatning shakli-shamoyili shuncha muayyanlik kasb etadi.
Ziyolilik. Ziyolilik tamoyili hozir biz anglaydigan tushuncha m a’nosida
nisbatan uzoq tarixga ega emas. U jadidchilik harakati bilan biiga yuzaga
keldi desak, xato qilmagan bo'lam iz. Lekin bu tam oyilning inson
faoliyatidagi dastlabki unsurlari 0 ‘rta asrlar va undan keyingi davrlardagi
m a’rifatparvarlar hayotida shakllanganini e ’tirof etmoq lozim. Y a’ni, u
insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual — aqliy taraqqiyot bilan
bog‘liq. Shu bois uni inson paydo bo‘lganidan ancha keyin vujudga kelgan
axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga muvofiq. XX asr allom alaridan
biri, buyuk olmon faylasufi, «Frankfurt maktabi»ning namoyandasi Teodor
Adorno Ikkinchi jahon urushidagi genotsiddan so‘ng, ziyolilik — axloqiy
kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi.
Shuni alohida ta ’kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha — tam oyil
www.ziyouz.com kutubxonasi
sifatida murakkab va ko‘pyoqlamalik tabiatiga ega. Ba’zilar ziyolilik
deganda oliy m a’lumotli kishiga xos bo‘lgan fazilatni tushunadilar.
Vaholanki, ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma nolarini
anglatmaydi. Oddiy fermer - dehqon ham,
haydovchi ham, farrosh
ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofdagilar tomonidan.
«Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli odam-da», degan yuksak ljtimoiy
bahoga loyiq boiishlari mumkin. Bunda u odam ning kasbidan qat i
nazar, ham bilim, ham fahm-farosat, ham oliy maqsadlar egasi ekani
tushuniladi. Shunday qilib, ziyolilik asosida insonning m a’naviy-ma’rifiy
yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham
nurlantira oladigan ziyosi
bilan belgilanadigan xatti-harakatlar yotadi.
Ziyolilik tamoyiliga hukm ron-m a’muriy doiralar va Xalq tom onidan
o ‘ziga xos munosabatlar mavjud. Chunonchi, birinchi toifadagilar ко p
hollarda ziyolilikka um um iy tarzda ijobiy munosabatda bo‘ladilar, lekin
m asala m uayyan ziyoli shaxslarga borib taq algan d a, m anfaatlar
to ‘qnashuvi ro‘y beradi: ziyolilar hukmronlar toifasini ziyolilik tamoyili
asosida yashashi va ish yuritishini talab qiladi, bu esa ularga, tabiiyki,
yoqmaydi, buni hokimiyat ishlariga aralashish deb ijirg‘anadilar, turli
bahonalar topib, zimdan ziyolilarga qarshi kurashadilar. Bunga Lev
Tolstoydek buyuk, pokiza insonning cherkov tom onidan la’natlanishi
yoki norasmiy Turkiston Ligasining rahbari,
istiqlol fidoyisi, mard
sarkarda, haqiqiy ziyoli, ch o r armiyasi general-m ayori J o ‘rabek
Qalandarqori o‘g‘liga suiqasd uyushtirilishi - Qorasuvdagi o ‘z yozgi
bog‘ida sirli ravishda o ‘ldirilishi hodisalari yaqqol misol bo la oladi.
M ustamlakachilikka va totalitar tuzumlarga asoslangan mamlakatlarda
ziyolilik tamoyiliga sodiq kishilar to ‘g‘ridan to ‘g‘ri, ochiq qatag on
qilinadilar. Bunga misol qilib, Fitrat, Qodiriy, C ho‘lpon kabi jadidlarni
va Stalin-Hitler konslagerlarida halok boigan minglab ziyolilami keltirish
mumkin.
Ziyolilik tamoyiliga oddiy fuqarolaming munosabatida esa ikki xil
yondashuv ko‘zga tashlanadi. Ularning faol va ilg‘or qismi, millatning
o ‘zagini tashkil etadigan ko‘pchilik odamlar ziyolilarga havas bilan
qaraydilar, ziyolilaming xatti-harakatlarini nafaqat ma qullaydilar, balki
o ‘z farzandlari va yaqinlariga nam una qilib ko'rsatadilar.
Ammo oddiy
aholilik majburiyatidan boshqa narsani bilmaydigan, tarixdan «omma>>
deb atalib kelinadigan ijtimoiy qatlam kishilari, ularning ma lumotlari
oliy yoki o ‘rtaligidan qat’i nazar, ziyolilarga istehzo bilan, «hokimiyat
bilan o ‘ynashgan esi pastlar» deb qaraydilar. Ana shu xudbin va mahdud
www.ziyouz.com kutubxonasi
«omma» qaysi yerda kamayib borsa, o ‘sha jamiyatda taraqqiyot yuksak
darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng m a’nodagi fidoyilikdir. Shu
bois mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq bizda ziyolilik tam oyilini h ar
bir fuqaroga singdirish uchun m untazam kurash olib borilm oqda. U ni
singdirish esa m a’naviyatni yuksaltirish orqali ro'yobga chiqadi. Bu
k u rash te p a sid a m a ’n a v iy a tn i u s tu v o r so h a d eb e ’lo n q ilg a n
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: