yuz berdi. Yuzlab ayollar (asosan kolxozchilar) og‘ir jism oniy m ehnat,
q u v o n ch siz shaxsiy h a y o t, rea k sio n u r f - o d a tla r , tu rm u s h d a g i
yetishmovchiliklar tufayli hayotdan ko‘z yumdilar. U lar ixtiyoriy o ‘limni
qabul qildilar. Bunday o ‘lim aslida yashashni istamaslik emas, balki
aksincha, Shopenenhauyer aytganidek, yashash istagi tufayli yuz beradi,
ya’ni o ‘zini o'ldirayotgan odam yashashni istaydi, faqat o ‘zi yashayotgan
hayotdagi shart-sharoitdan, jam iyat qoidalaridan norozi, hayotni emas,
ana shu noinsoniy sharoitni tark etish m aqsadida shunday qiladi,
kimlargadir yoki jamiyatga achchiqm a-achchiq hayotdan ko‘z yumadi.
Ixtiyoriy o‘limning ikkinchisi ko‘proq inson salomatligini yo‘qotishi,
k u ch li jism oniy o g ‘riq la rd a n xalos b o ‘lishga in tilish i, y u q o rid a
aytilganidek, o'lim ni mangu orom , totli abadiyat sifatida qabul qilishi
bilan izohlanadi. Bunday o ‘lim ko‘pincha tibbiyot odobi masalalari
bilan bog'liq. Masalan, surunkali jismoniy og‘riq natijasida, faqat kuchli
narkotik dorilar bilan uyquga ketadigan og'ir ahvoldagi bem or, oxir-
oqibat b ir-ik k i oym i, b ir-ik k i yildan key in m i, b a rib ir, o ‘lim ga
m ahkum ligini his etgach, tibbiyot xodim idan o ‘zini dori dozasini
kuchaytirish orqali o ‘ldirib qo‘ya qolishni iltimos qiladi. Tibbiyot xodimi
qanday qaror qabul qilishi kerak? B em orni o ‘ldirish orqali og‘ir
azoblardan qutqarish axloqiylikka kiradimi yoki axloqsizlikkami? Bu
m uam m olar hali uzil-kesil hal etilgan emas. B undan tashqari h ar ikki
holatdagi o ‘limda o ‘z xohishi bilan o ‘limni barvaqt istagan, Xudo bergan
umrni o ‘zi qisqartirishga ahd qilgan odam axloqlimi yoki axloqsizmi?
0 ‘zini o ‘zi o ‘ldirish gunoh, lekin o ‘zini ham , oila a ’zolarini ham
qiynab yashash-chi? Ikkinchi holatda u m atonat, m ardlik ko'rsatib,
«o‘ladigan kasalning o ‘lgani, b o ‘ladigan ishning b o ig a n i m a’qul» degan
maqolga amal qilgani axloqiylikmi yoki axloqsizlikmi? Bu savollarga
birdan va bir tomonlama, q at’iy javob berish hozir ham mushkul, barcha
davrlarda ham mushkul b o ‘lib kelgan.
O iim borasidagi mulohazalarda yana bir muhim masalaga to ‘xtalmoq
joiz. Xo‘sh o‘lim, odatda qabul qilingan tarzida, eng ulkan yovuzlikmi?
Bunga dialektik yondashuv orqali javob berish lozim . 0 ‘lim og‘ir
yo‘qotish. «Lekin o ‘z-o ‘zicha u tabiiy hodisa — yovuzlik em as... U
uzoq davom etgan biologik evolutsiya m obaynida foydali va zaru r
ahamiyatga ega bo‘ldi»'.
Do'stlaringiz bilan baham: