bem or o ‘z qalbi ehtiyojlarini hisobga olmagani uchun kasallikka
chalinadi, degan xulosaga keldi.
Froyd inson ruhiy hayotida uch bosqichni ajratib ко rsatadi. ong
yoxud onglanganlik, ongoldi, va
ongtubi yoxud onglanmaganlik, ya ni,
ongga aylanmagan holat. Onglanmaganlik va ongoldi ongdan nazorat
(senzura) degan o ‘rta bosqich orqali ajralib turadi. Nazorat ikki vazifani
bajaradi: birinchisi, shaxs o ‘ziga maqbul ko‘rmagan va qoralagan his-
tuyg‘ular, fikrlar, tushunchalarni onglanm aganlik hududiga siqib
c h iq a ra d i; ik k in c h is i, o n g d a o ‘z in i n am o y o n e tish g a, ya ni,
onglanganlikka, intilgan faol onglanmagan holatga qarshi kurashadi.
Onglanmaganlikda fikrlar, his-tuyg‘ular umuman yo‘qolib ketmaydi,
biroq xotiraga chiqishi uchun yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bois ular ongda
bevosita emas, balki bilvosita —
bilmay gapirib yuborish, xato yozib
yuborish, tush, nevrozlar singari g‘alati harakatlar orqali namoyon
bo‘ladi. Shuningdek, onglanmaganlikning sublimatsiyasi - taqiqlangan
intilishlarning ijtimoiy jihatdan maqbul harakatlarga aylangan tarzda
ko‘rinishi ham ro‘y beradi. Onglanmaganlik g‘oyat yashovchan, vaqtga
bo'ysunmaydi. Undagi fikrlar, istaklar, his-tuyg‘ular nazorat tufayli,
hatto o ‘n yillardan so‘ng
ongga chiqsalar-da, o ‘z ehtiros quw atini
yo'qotmaydilar. Ongoldi holatini muvaqqat onglanmaganlik, deyish
mumkin, uning ongga aylanish imkoni bor, u onglanmaganlik bilan
ong o ‘rtalig‘ida b o iib , ongning kundalik ishida xotira ombori vazifasini
bajaradi.
Shunday qilib, qalb qa’rida yotgan, tiyiqsiz ehtiroslar hisoblangan
onglanmaganlik intilishlariga diqqatni qaratib, Froyd inson qalbining
«qora» tom onlarini tahlilga oladi. Bu tahlil,
insonning qanchalik zohiriy
axloqiylashuviga qaramay, unda tabiiy jinsiy aloqada o‘zini namoyon
qiladigan uyatsiz, aksilaxloqiy, «yomon» tom onlar mavjudligini isbotlab
beradi. Bu tom onlarni Froyd tushlarda aks etishini ко rsatadi, zero,
tushda ongning nazorati g'oyatda zaiflashishi tufayli ular о zlarini ramziy
ta rz d a n a m o y o n eta d ila r. Shu vajdan buyuk ta h lilc h i-fa y la su f
Aflotunning, yaxshi odam yomon odam o ‘ngida qilgan ishlarni tushda
ko‘rish bilangina cheklanadi, degan fikrini eslatib o‘tadi.
F royd o n g la n m ag an lik n i in son qalbidagi b arch a yovuzliklar
saqlanadigan hovuzga o'xshatadi. Tushlardagi madaniy kishini dahshatga
soladigan tuban, hayvoniy holatlar — jamiyatdagi axloqiy talablar bilan
hisoblashish natijasida real hayotda amalga oshmagan shaxs xohish-
istaklarining evaz, tovon tarzida yuzaga chiqishi.
Inson faqat fikran,
www.ziyouz.com kutubxonasi
tushlarida, xayolan va orzularida onglanmaganlik intilishlariga, «yomon»
ibtidoga beriladi, real hayotda esa o ‘zining ochiq jinsiy hirsini yoki
tajovuzkorligini ko‘rsatib, yom on otliq bo‘lmaslikka, yaramas odam
degan nom olmaslikka, boshqalaiga hayoli, halol, muloyim shaxs sifatida
ko‘rinishga urinadi. Bu urinish birovlarni ikkiyuzlamachilikka yoki
mavjud hayotiy qadriyatlarni va axloqiy qoidalarni so‘zsiz, notanqidiy
qabul qilishga olib kelsa, boshqalar uchun u ruhiy nosog‘lomlikka,
insonni ichdan kemiradigan, lekin tashqaridan bilinmaydigan asabiy
kasallikka aylanadi. Froydning fikriga ko‘ra, tushlardagi «yovuz» niyatlar
va «yaramas» istaklarni
hozirgi zam ondan emas, ko‘proq kechm ishdan
izlash kerak, zero, ular «faqat infantilizm ni», etn ik ibtidom izga
qaytganimizni o ‘zida aks ettiradi. Ana shu jihatlar axloqiy m uam m olam i,
xususan, axloqning kelib chiqishi, insoniyat sivilizatsiyasi tarixida yuzaga
kelgan turli xil axloqiy qoidalar va talablarni ko‘rib chiqishda Froyd
uchun qo‘l keladi.
Shuni aytish kerakki, Froyd insondagi ezgu ibtidoni, olijanob
intilishlarni inkor etmaydi. Uning axloqiy qarashlarini tushunmaganlarga,
uni yovuzlikni mutlaqlashtirishda ayblaganlarga qarshi Froyd, bizning
insondagi barcha yovuzliklarni ta ’kidlab ko‘rsatishimizga sabab shuki,
boshqalar ularni inkor etadi; bu ta ’kidlashdan
insonning ruhiy hayoti
yaxshilanmasa ham , har holda u tushunarli bo 'lad i; agar biz b ir
tom onlam a axloqiy baholashdan yuz o'girsak, u holda, shubhasiz, inson
tab iatid ag i ezgulik va yov uzlik n in g o ‘zaro m un osab ati sh ak lin i
aniqlashimiz mumkin, degan fikrni bildiradi. H aqiqatan ham Froyd
axloqiy qarashlarining o ‘ziga xosligi aynan ana shunga asoslangan. Biroq,
Froyd, barcha illatlarning va vijdon, qo ‘rquv, aybni his qilish, tazarru
singari fazilatlarning kelib chiqishini, faoliyatini,
deyarli barcha axloqiy
hodisalarni asosan «Edip kompleksi»ga olib borib taqab qo‘yadi.
Zigmund Froydning o ‘zi bir o'rinda: «Yangi harakatni to 'x tatib
bo lmasligiga dushmanlarim ishonch hosil qilganlari kabi, menga ham
bundan buyon uni o ‘zim chizib bergan yo‘ldan olib ketish m um kin
emasligiga ishonishimga to ‘g ‘ri keldi», — degan e d i1. D arhaqiqat, ruhiy
tahlilning keyingi taraqqiyoti — froydchilik va yangi froydchilik bosh-
qacha yo‘ldan, ruhiy tahlil asoschisi nazariyalarini tanqidiy o ‘rganish
Do'stlaringiz bilan baham: