4. Burch, vijdon, nomus, qadr-qimmat
Yana bir muhim mezoniy tushuncha — burch. Burch, mohiyatan,
jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat,
ular oldidagi majburiyat. U, yuqorida aytganimizdek, vijdon, e tiqod,
m as’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog liq. U m um an,
hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi —
burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi,
fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi singari
1 Qarang: Ш опенгауэр А. Свобода воли и нравственность. М ., «Республика»,
1992. С. 224-229.
www.ziyouz.com kutubxonasi
keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo‘lgan tushunchalari
ham , jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy
odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud.
Burch tushunchasining o ‘ziga xos jihatlaridan yana biri - uning
vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. C hunonchi, bir tuzum
yo jam iyatda ijobiy hisoblangan burch talablari ikkinchi bir tuzum yoki
jam iyat uchun salbiy m a’no kasb etishi m um kin. Sobiq sho‘ro lar
fuqarosining o ‘sha davrdagi mavjud tuzum oldidagi burchi hozirgi kunda
o‘ta salbiy hodisa sifatida baholanishi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Harbiylashgan va o ‘ta mafkuraviylashgan, ya’ni, yagona mafkura
hukm ronlik qilgan jamiyatlarda esa burch om m a ham da shaxs hayotida
fojeiy hodisaga aylanadi. ОЧа ustalik bilan yo‘lga q o ‘yilgan targ‘ibot
natijasida bunday jamiyatlar a ’zolarining ko'pchiligi oqni - qora, qorani
— oq deb qabul qiladilar. Buni umumbashariy va milliy qadriyatlam i
oyoqosti qilgan beshafqat sho‘rolar sotsializmi yoki fashistlarning milliy
sotsializmi yaqqol isbotlab berdi. Yuz minglab, hatto millionlab odam lar
aldandilar, keyinchalik, uzoq yillar mobaynida vijdon azobida yashadilar.
Demak, jamiyat qurilishida totalitarchilikka yo‘l qo‘yilishi o ‘sha jam iyat
a ’zolari tom onidan b u rchning n o to ‘g ‘ri tushunilishiga va buning
oqibatida b a’zi hollarda beixtiyor, omilik tufayli, b a’zan esa ixtiyoriy-
majburiy tarzda yuz beradigan ommaviy axloqsizlikka olib keladi.
Shunday holatlar ham bo ‘ladiki, unda burch shaxsning ko‘pgina
m ayl-istaklariga qarshi hodisaga aylanadi: uni h u zu r-h alo v atd an ,
turm ush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar
mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat-farog‘atda kechishi
m um kin edi. Lekin, u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb
muhojirlikning og‘ir qismatiga duchor b o ‘ldi: uni mustamlakachilar,
aw al aytganimizdek, m amlakat hududidan chiqarib yuborib, qayta
kiritmadilar. Furqat xorijda vafot etdi.
B a’zan burch tufayli odam lar o ‘z sevgisidan, jon-dilidan sevgan
kishisidan, hatto aka-ukasi, opa-singlisi yoki farzandidan kechishga
h am m ajbur b o ‘ladilar. X ullas, b u rc h ax lo q sh u n o slik m ezo n iy
tushunchalari ichidagi eng «qattiqqo‘l», eng «shafqatsiz»i.
V ijd o n . A x lo q s h u n o slik n in g n ih o y a td a t a ’s ir d o ira s i k en g
tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon — Zigmund Froyd ta ’biri bilan
aytganda, a ’lo men, men ustidan nazorat o ‘matib, uni boshqarib turuvchi
ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi,
jamiyatga bog‘liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichki o ‘z -o ‘ziga
www.ziyouz.com kutubxonasi
bog‘liqligini namoyon etadi. Bu ichki bog‘liqlik tashqi bog hqlikka
nisbatan teran va doimiydir: uyat m a’lum bir vaqt ichida odarnnmg о z
nojo‘ya harakati tufayli yuzaga kelgan o‘ng‘aysizligi bo‘Isa, vijdon azobi,
bu - oddiy o ‘ng‘aysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiyhkka
e ’tiqodning faryodi, talabi; uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob
to ‘xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, dengizdagi muz tog iga
aysbergga o'xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi
teranlikdagi qismidan yuz, balki ming barobar kichik.
Vijdon ham axloqshunoslikning boshqa ba’zi asosiy tushunchalari
kabi baholash xususiyatiga ega. Lekin bu baholash hech qachon obyektga
qaratilmaydi, u subyektning xatti-harakatlarini baholaydi, ya m unda
subyekt o ‘zi uchun ichki obyekt vazifasini o'taydi. Ba’zan jamiyat
talablari bilan vijdon o‘rtasida ixtiloflar chiqishi mumkin. Bunda vijdon
emas, jamiyat talablarining o ‘tkinchilik xususiyati, m a’lum ma noda
eskirganligi aybdordir. Zero, vijdon ko‘zga ko‘rinmas, lekin ulkan va
mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir.
Ko‘pincha vijdon tushunchasi o ‘rnida imon iborasmi uchratisn
m um kin. Im on aslida din iy tu sh u n ch a. Lekin h a y o td a vijdon
tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kim nidir birov
«imonli odam» deganida, uning m usulm onlikka im on keltirgan-
keltirmagani haqida o‘ylab o‘tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon
emas, nasroniy bo‘lishi ham mumkin. Chunki gap bu yerda о sha
odamning dindorligi haqida emas, balki vijdonli, halol, rostgo у ekanhgi
t o ‘g ‘risida ketyapti. Shu m a ’n o d a vijdon bilan im o n n i egizak
tushunchalar deyish mumkin. Diniy e’tiqodlarga munosabatlarnmg
rasm iy tild a «vijdon erkinligi» deb atalishi ham u la r orasidagi
chambarchas bogMiqlikdan dalolat beradi.
A fsuski, o d a td a , k o ‘p c h ilik a d a b iy o tla rd a v ijd o n m ezom y
tushunchasiga «subyektiv» hodisa tarzida qarab, adolat, burch, nomus
singari tushunchalarni unga qaraganda ijtimoiy aham iyatliroq deb
baholash, ularni «to‘rga chiqarish» hollari tez-tez uchrab turadi.
Vaholanki, vijdonsiz odam dan hech qachon adolatm ham , burchga
sadoqatni ham , or-nom usni ham kutish m um kin em as. Vijdonli
odam largina haqiqiy erkin, dem okratik fuqarolik jam iyatim yarata
oladilar. Z ero, vijdon, eng a w a lo , o ‘zgalarga nisbatan burch va
mas’uliyatni taqozo etadi.
Nomus. Asosiy tu sh u n ch alard an yana biri - n o m us. N om us
tushunchasi bir tom ondan, burch bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan,
254
www.ziyouz.com kutubxonasi
qadr-qimmat tushunchasiga aloqador. Zero, nomus mohiyatan shaxsning
о z qadr-qim m atini anglab yetishi, shu qadr-qim m atning jam iyat
to m o n id a n tan o linishi yoki olinm asligiga nisb atan b o 'la d ig a n
munosabati bilan belgilanadi.
Biroq, bu - nomus qadr-qim m at tushunchasi bilan bir xil m a’noga
ega, degani emas. C hunki qadr-qim m at shaxsdan o ‘zining boshqa
odamlarga nisbatan kamsitilmasligini, atrofdagilardan barcha insonning
teng huquqliligi tamoyilini o ‘ziga nisbatan qo'llashlarini talab qiladi.
N om us esa о z qadr-qim m atini bilishdan tashqari, har bir shaxsning
jamiyatda alohida, o'ziga xos tarzda egallagan mavqeyi va shu mavqeni
dog tushirm ay saqlash-saqlamasligi bilan bog'liq. Bu mavqe esa,
shubhasiz, o ‘sha shaxsning ijtimoiy hayotdagi o ‘m i, kasbi, yoshi va
unga nisbatan beriladigan axloqiy daraja bilan muayyanlashadi. Masalan,
uyingizda bir kun kelib oddiy ishlarni bajarib ketadigan mardikor bilan
nom i ketgan mashhur binokor-ustaning, bosh vazir bilan kotibaning,
bobo bilan nabiraning nomusni tushunishi bir xil emas. Shu m a’noda
qadr-qim m atni nomus tushunchasining dastlabki bosqichi, ibtidosi deb
aytish mumkin.
G ohida nomusni or tushunchasi bilan chalkashtirish hollari ham
uchrab turadi. Lekin, aslida, nomusga nisbatan or ancha to r qamrovdagi,
nisbatan zalvorsiz tushuncha. C hunonchi, oriyatli odam deganda, o ‘z
so zining ustidan chiqadigan, sadaqa tarzida qilingan m uruw atlardan
baland turadigan shaxs tushuniladi. Beor odam — o ‘z sha’niga aytilgan
gaplarga parvo qilmay, ishini bajarib ketaveradigan, aytilgan-aytilmagan
joylarga suqilib kiraveradigan surbetnam o kishi. N omusning esa toshi
og‘ir — ijtimoiylik xususiyatiga ega, keng qamrovli. N om us yo‘lida
inson hatto o ‘z hayotidan kechishi mumkin, odam lar o ‘z nomusi, oila
nomusi, millat nomusi deb kurashadilar. Bu haqda ko'plab badiiy asarlar,
p an d -o ‘gitlar yaratilgan.
M e h n at, sport singari so h a lard a ja m o a nom usi ham alo h id a
ahamiyatga ega; unda nomus o bro ‘ tushunchasi bilan bog'lanib ketadi.
Bularning hammasi o‘zini hurm at qilish, o‘ziga nisbatan atrofdagilarning
hurm at-izzatini yo‘qotmaslik uchun o ‘z -o ‘zini nazorat qilish hissidan
kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |