Abdulla sher axloqshunoslik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

Adolat. 
Axloqshunoslikning yana bir asosiy tushunchasi — adolat. 
Uning ezgulik va yovuzlik ham da yaxshilik va yomonlikdan asosiy farqi 
shundaki, adolatning o ‘zi biror-b ir qadriyatni anglatm aydi, lekin 
qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega. 
Shu bois unda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor; unda ham 
axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Uni m a’lum m a’noda 
axloq sohasidagi miqdor o ‘lchovchi ham deyish mumkin: u talab bilan 
taqdirlashni o'lchab turadigan tarozidir. Adolat borjoyda ijtimoiy jabrga, 
beboshlikka yo‘l yo‘q.
M a’lumki, axloqdagi eng oddiy, ibtidoiy fazilatlar, chunonchi, 
m ehribonlik, shafqat, m u ru w at hayvonlarda ham mavjud. Lekin, 
hayvonlarda ular o‘z guruhiga, eng awalo, o ‘z zurriyotiga qaratilgan 
bo‘ladi. Odamzod esa o‘ziga qondosh-qarindosh bo‘lmagan o ‘zgalarga
— qavmdoshlariga ham ushbu hissiyotlarni namoyish etadi. Shunday 
qilib, axloqning ba’zi unsurlari hayvonlarda ham mavjud, faqat ular 
insondagidek aqlga emas, tabiiyyatga asoslangan. Buni adolat mezoniy 
tushunchasida yaqqol ko‘rish mumkin. Albatta, hayvonlar uni tushuncha 
sifatida anglamaydilar, lekin u tabiiyyat tarzida hayvonlar xatti-harakatida 
namoyon bo‘ladi. Masalan, Afrika savannalarida yoki changalzorlarida 
qurg‘oqchilik mavsumida hayvonlarning suvloqdagi xatti-harakatini olib 
ko'raylik. Unday paytda suvloq hududida vahshiy hayvonlar, qanchalik 
och bo‘lmasin, o‘z oMjalariga tashlanmaydilar: adolat yuzasidan ularning 
ham chanqoqlarini qondirishlariga yo‘l qo‘yib beradilar — barcha 
hayvonlar bir-birlari tom onidan tashna jonzotlar sifatida qabul qilinadi. 
Biroq suvloqdan m a’lum masofa nariga o‘tilgach, yana o ‘sha hayot — 
kushanda va o'ljaning yashash uchun kurashi boshlanadi. Demak, 
adolatning ibtidoiy ko‘rinishini hayvonlarda ham uchratish mumkin 
ekan. Qizig‘i shundaki, u yakka holda emas, ko'pchilik hayvonlar — 
tashna jonzotlar jamoasida ro‘y beradi. Bu hodisa adolat tushunchasining 
ijtimoiylik xususiyatiga xos b a’zi holatlar insoniyat jam iyatidan ham 
ibtidoiyroq ekanini, uning tarixi yanada qadimiyroqligini ko‘rsatadi.
Adolatning mezoniylik xususiyati, ayniqsa, huquqda darhol ko'zga 
tashlanadi. H uquq vazirligining hatto adliya vazirligi deb atalishi, 
jinoyatga yarasha jazoni belgilovchi, hukm chiqaruvchi idoralarning
www.ziyouz.com kutubxonasi


odil sud degan nomlar bilan yuritilishi buning dalilidir. Lekin adolatni 
faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish to ‘g‘ri emas. U, yuqorida 
aytganimizdek, keng qamrovli axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar 
orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jam iyat bilan shaxs 
o ‘rtasidagi aloqalar mezonini ham o ‘z ichiga oladi. Xalq orasida ming 
yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Deyarli bir yarim asr mobaynida adolatsizlikni, milliy kamsitishni, 
milliy iftixor hissining oyoqosti qilinishini, begona irodaning zo‘rlab 
qabul qildirilishi kabi holatlam i boshdan kechirgan xalqimiz, endilikda 
mustaqillikka erishib, adolatli fuqarolik jamiyati tuzishga kirishdi. Adolat 
bugungi kunda bizning m u staqil, kelajagi buyuk davlatim izning 
m ohiyatini anglatuvchi tushunchaga aylanib bormoqda.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish