Abdulla sher axloqshunoslik


Ideal, hayotning ma’nosi, baxt, o ‘lim va o ‘lmaslik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

5. Ideal, hayotning ma’nosi, baxt, o ‘lim va o ‘lmaslik
Biz yuqorida ko‘rib o ‘tganlarimiz — asosiy mezoniy tushunchalarning 
barchasi baholash tabiatiga ega. Yana qator m uhim axloqiy tushunchalar 
borki, ular o ‘z yechimini talab qilishi bilan, ya’ni muam m olik xususiyati 
bilan ajralib turadi. Ideal, hayotning m a’nosi, baxt, o ‘lim va o'lm aslik 
tushunchalari shular jumlasidandir.
Ideal. Bir qaraganda, idealda ham baholash xususiyati mavjuddek 
tuyuladi. Lekin aslida u qiyoslashga asoslanadi. A ntiqa tom oni shundaki, 
idealda nomavjud, xayoldagi insonga voqelikdagi real, mavjud inson, 
hayotdagi hodisalar qiyoslanadi, ya’ni b o r narsa y o ‘q narsa bilan 
o ich an a d i. Zero, ideal hayotda mavjud b o ‘lishi m um kin emas — bu 
ham m aga ayon gap. Buning ustiga, ideal, yirik m a’noda, hozirgi 
zam onda ham, kelajakda ham bo‘lmaydi, uning mavjudlik sharti — 
o ‘tgan zamon. Shunday qilib, idealga intilish shaxsning o ‘z zamonasidagi 
odatiy sharoitga sig‘maslik, uni tezroq kengaytirish uchun qilingan xatti- 
h arak atid ir. Bu x atti-h ara k at uchun n a m u n a n i in so n , hozirgina 
aytganimizdek, kelajakdan topolmaydi, chunki nam una tarixiylikni, 
tajribaviylikni talab etadi; axloqiy idealga aylangan shaxs tarixiy 
tajribadagina mavjud bo‘ladi va muayyan zam onga kelib, u m a’lum 
m a’noda mubolag‘aviy ham da afsonaviy ta ’rif-tavsif bilan boyitiladi, 
ya’ni ideallashtiriladi. Bunga ideal odil podsho N o ‘shiravon, odil yoki 
ideal saxovat egasi, jo ‘mard inson H otam Taiy Yamaniy siymolari yorqin 
misol bo‘la oladi.
Inson ideal sari intiladi, o ‘z hayotini unga qiyoslaydi, unga taqlid 
qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy ta lab k i, uning bajarilishi 
shaxsni kom illikka yetkazadi. A lbatta, h a y o td a bunga to ‘la erishib 
b o ‘lm aydi, lekin inson ana shu kom illikni o ‘ziga n am u n a bilib, 
idealga intilib yashashi jaray o n id a n isb iy -h ay o tiy kom illikni q o ‘lga 
kiritadi.
Dunyoviy ideal bilan, aniqrog‘i, ijtim oiy-axloqiy ideal bilan diniy 
ideal, bir qaraganda, o ‘xshashdek ko‘rinsa-da, aslida keskin farq qiladi. 
C h u n o n c h i, m u su lm o n lar u ch u n — M u h a m m a d alay h issalo m ,
www.ziyouz.com kutubxonasi


nasroniylar uchun - hazrati Iso, yahudo dinidagilar uchun - hazrati 
Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida hech qachon o ‘zgarmaydi, 
boqiy. Ijtimoiy-axloqiy ideallar esa o ‘zgarishi mumkin va ко p hollarda 
o‘zgarib turadi. Masalan, sho‘rolar davrida o ‘sha tuzum asoschisi Lenin
— eng yuksak axloqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko‘pchilik tom onidan 
shunday qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch - adolatda!» degan shiorni 
hayotining m a’nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Tem ur ко pchilik 
tom onidan ijtimoiy-axloqiy ideal, adolatli davlat rahbarining namunaviy 
timsoli tarzida qabul qilinadi. Demak, muayyan tuzum talablaridan va 
jamiyat ravnaqidan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-axloqiy ideallar
o‘zgarishi mumkin.
Biroq har bir tuzumning umri umumiy tarixiy jarayonda nisbatan 
qisqa vaqtni o ‘z ichiga oladi. Yolg‘on, ko‘zbo‘yamachilik va zo‘ravon- 
likka asoslangan tuzum esa uzoq muddat yashay olmaydi. Chunki, 
zimdan axloqiylikni inkor etgan siyosatning bir kunmas bir kun albatta 
asl basharasi ochiladi. Shu bois faoliyati niqoblangan axloqsizlikdan 
iborat bo‘lgan Lenin, Stalin, H itler kabi ijtimoiy ideallaming umri 
uzoq bo'lm adi - aldangan ko‘pchilik qisqa vaqt mobaynidagina ularm 
ideal deb bildi.
Bunday salbiy hodisalaiga qaramay, ideal, umuman, jamiyatda, shaxs 
hayotida ijobiy hodisa. U insoniyat tarixida yorug1 mayoq vazifasim 
o ‘tab kelmoqda, bundan keyin ham uning asosiy vazifasi shunday bo‘lib 
qolajak. Chunki idealda har bir inson o ‘z baxtining hissiyotli ifodasini 
ko'radi, hayotining m a’nosini unga qarab intilishda deb biladi.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish